Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/06 03:00 Braziliya 1-1 Marokash
14/06 06:00 Gaiti 0-1 Shotlandiya
14/06 09:00 Avstraliya 2-0 Turkiya
14/06 22:00 Germaniya 7-1 Kyurasao
15/06 01:00 Niderlandiya 2-2 Yaponiya
15/06 04:00 Kot-d'Ivuar 1-0 Ekvador
15/06 07:00 Shvesiya 5-1 Tunis
15/06 21:00 Ispaniya - Kabo-Verde
15/06 23:59 Belgiya - Misr
16/06 03:00 Saudiya Arabistoni - Urugvay
16/06 06:00 Eron - Yangi Zelandiya
16/06 23:59 Fransiya - Senegal

De Bryuynening agenti hibsga olindi. Mojaro futbolchi bilan bog‘liq

De Bryuynening agenti hibsga olindi. Mojaro futbolchi bilan bog‘liq

Baho:
+ | -

Taniqli agent, "Manchester Siti" yarim himoyachisi Kevin De Bryuyne manfaatlarini himoya qiluvchi Patrik De Koster Belgiyada hibsga olingan. Bu haqda Daily Mail xabar bermoqda.

Manbaga ko‘ra, De Bryuyne transferi tufayli De Kosterga qarshi tergov boshlangan. Sud majlisining boshlig‘i Bryussel tergov sudyasi Mishel Klizdir, u ilgari "Standard"da o‘tkazilgan tintuvlarni nazorat qilgan va agent Kristofer Enroteni futbolchilar transferi bo‘yicha moliyaviy kelishuvlarda ayblagan.

Xabarlarga ko‘ra, yangi tergov De Bryuyne "Volfsburg"da o‘ynagan (2014-2015) davr bilan bog‘liq. De Koster pul yuvish va qalbakilashtirishda gumon qilinmoqda. Ta’kidlanishicha, De Bryuynening "bo‘rilar" bilan shartnomasi bo‘yicha to‘lovlar Lixtenshteyn orqali noqonuniy ravishda amalga oshirilgan.

Qo‘shimcha qilamizki, De Koster hibsga olinishidan bir kun oldin uning uyi federal prokuratura tomonidan tintuv qilingan.

Ma’lumot uchun, 2018 yilning kuzida Belgiyada kelishuvlar va moliyaviy firibgarliklar bo‘yicha mojaro boshlandi. Keyin polisiya "Anderlext", "Bryugge" va boshqa klublarning ofislarida, shuningdek jinoiy harakatlarga aloqador bo‘lishi mumkin bo‘lgan boshqa shaxslarda tintuv o‘tkazdi. Gumon ostida, xususan, yarimhimoyachi Sofian Xannining "Anderlext"dan Moskvaning "Spartak" jamoasiga transferi ham bor edi.

Manba: sport24.ru
Kiritildi: 09:26, 29.08.2020.
O'qildi: 4170 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик