Londonning "Vest Xem" klubi himoya chizig‘ini "Sampdoriya" futbolchisi Omar Kolli bilan kuchaytirmoqchi. Bu haqda Italiya matbuoti yozmoqda.
Kolli 2018 yildan buyon Genuye klubi sharafini himoya qilib kelmoqda. Ungacha u "Genk" safida harakat qilgan.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan mavsumda futbolchi 31ta o‘yinda maydonga tushib, 2ta golga assistentlik qilgan.