Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/02 13:00 Iroq 2-4 Eron
05/02 17:00 Indoneziya 5-3 Yaponiya
07/02 00:45 Verona - Piza
07/02 01:00 Lids - Nottingem Forest
07/02 01:00 Selta - Osasuna
07/02 17:30 Man. Yunayted - Tottenhem
07/02 18:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
07/02 20:00 Bornmut - Aston Villa
07/02 20:00 Arsenal - Sanderlend
07/02 20:00 Byornli - Vest Xem
07/02 20:00 Fulhem - Everton
07/02 20:00 Vulverhempton - Chelsi
07/02 20:15 Barselona - Malyorka
07/02 22:00 Jenoa - Napoli
07/02 22:30 Nyukasl - Brentford
07/02 22:30 Sevilya - Jirona

Jamshid Saidov: «Yoshlarimiz o‘yindan o‘yinga tajriba va mahoratlarini oshirib borishmoqda»

Jamshid Saidov: «Yoshlarimiz o‘yindan o‘yinga tajriba va mahoratlarini oshirib borishmoqda»

Baho:
+ | -

"Buxoro" bosh murabbiyi Jamshid Saidov "Paxtakor"ga qarshi bo‘lib o‘tgan uchrashuvdan so‘ng o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

"Shubhasiz, «Paxtakor» O‘zbekiston futbolining bayroqdor jamoasidir, eng zo‘r futbolchilar jamlangan jamoa, baribir tajriba va mahorat o‘z so‘zini aytdi. «Paxtakor» jamoasiga Osiyo chempionlar ligasida omad tilayman, o‘z jamoamga esa o‘yin uchun rahmat deb qolaman. Birinchi davrada legionerlarimiz bor edi, biz ularga javob berib yubordik. Moliyaviy imkoniyatlarimiz juda ham past hozirgi paytda.

O‘ylashimcha, jamoaga keladigan legionerlar, qolganlardan ikki yoki uch bosh ustun bo‘lishi kerak, biz hozir yoshlarimizga katta e’tibor qaratyapmiz, ular o‘yindan o‘yinga tajriba va mahoratlarini oshirib borishmoqda. Ikkinchi davradan legioner olmaslikka qaror qildik, chunki kuchli va mahoratli legionerlar uchun, dastavval aytganimdek imkoniyatlarimiz yetarli emas.

Maydon markazida ko‘p to‘p yo‘qotdik, yosh o‘yinchilarimizda hayajon kuchlilik qildi, axir «Paxtakor»ga qarshi to‘p surishyapti. Besh himoyachi bilan biz ko‘pdan beri harakat qilyapmiz, ushbu o‘yinda ham himoyadan qarshi hujumga o‘tib o‘ynashga intildik, yigitlarimizda vaziyatlar sodir bo‘ldi, afsus foydalana ololmadik. To‘g‘risi, «Paxtakor» bizga o‘yin bermadi. Aytganimdek tajriba o‘z so‘zini aytdi.

Abdullayevda jarohat bor edi, u endi tuzalib maydonga tushyapti, shu sababli uni o‘yin davomida yoki bir taym o‘ynatishga qaror qilyapman, uning jismoniy holati hali to‘liq o‘yinda ishtirok etish uchun yetmaydi.

Sardorlik bog‘ichini yigitlarimiz o‘zlari Aziz Ibragimovga topshirishga qaror qilishdi, u ko‘p yillar «Buxoro»da to‘p surgan, jamoada o‘zining o‘rni bor.

Stadionimiz bu mavsumda tayyor bo‘lmaydi, menimcha kelasi mavsumgacha bitib qolishi kerak. Hozircha esa, barcha uy uchrashuvlarimizni Muborakda o‘tkazamiz", — dedi Saidov.

Manba: https://t.me/buxoropfc
Kiritildi: 22:42, 05.09.2020.
O'qildi: 1644 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.