Kirish Ro'yxatdan o'tish
29/03 18:00 Real Sosyedad 2-1 Valyadolid
29/03 18:30 Nasaf 0-0 Neftchi
29/03 19:00 Venetsiya 0-1 Bolonya
29/03 19:00 Komo 1-1 Empoli
29/03 20:00 Mash’al 1-0 So‘g‘diyona
29/03 20:15 Espanyol 1-1 Atletiko
29/03 20:30 Paxtakor 0-1 Dinamo
29/03 22:00 Yuventus 1-0 Jenoa
29/03 22:30 Alaves 0-2 Rayo Valyekano
30/03 00:45 Lechche 0-1 Roma
30/03 01:00 Real Madrid 3-2 Leganes
30/03 15:30 Kalyari - Monsa
30/03 17:00 Xetafe - Vilyarreal
30/03 18:00 Fiorentina - Atalanta
30/03 19:15 Barselona - Jirona
30/03 21:00 Inter - Udineze
30/03 21:30 Valensiya - Malyorka
30/03 21:30 Atletik Bilbao - Osasuna
30/03 23:45 Napoli - Milan
31/03 00:00 Betis - Sevilya
31/03 21:30 Verona - Parma
31/03 23:45 Lasio - Torino
01/04 00:00 Selta - Las-Palmas

Transfer olamidagi yangiliklar

Transfer olamidagi yangiliklar

Baho:
+ | -

Ushbu ruknimizdagi eng so‘nggi yangiliklar bilan tanishtirishda davom etamiz.

Koutino qoladimi?

Ispaniyaning taniqli nashri “Marca” Koutinoning kelajagi haqida rasmiy ma’lumot bermoqda. Unga ko‘ra, braziliyalik futbolchining hizmatlariga Ronald Kuman jiddiy qiziqib qolgan va jamoa uni o‘z safida olib qoladi.

Manbaning ma’lum qilishicha, “Barselona” faqat klublardan biri 100 million yevro taklif qilsagina o‘z qarorini o‘zgartirishi mumkin.

Esaltib o‘tamiz, ortda qolgan mavsumda Filipe 38 ta o‘yinda maydonga tushdi va 11 ta golga mualliflik qildi.

Silva APLda?!

Portugaliyaning “Portu” klubi futbolchisi Fabio Silva faoliyatini APLda davom ettirishi mumkin. 18 yoshli super iqtidor egasining hizmatlari bilan “Vulverhempton” jamoasi jiddiy qiziqib qolgan.

Klub tineyjer uchun 40 million yevro sarf etishga tayyor.

Eslatib o‘tamiz, “ajdarlar” ayni damdagi moliyaviy vaziyatdan chiqib ketish uchun o‘z futbolchilarini sotib yuborishga qaror qilgan.

Sancho qoladimi?

Dortmundning “Borussiya” klubi vingeri Jeydon Sanchoning boshqa klubga o‘tishi tobora qiyinlashib bormoqda.

“Daily Mail” nashrining ma’lum qilishicha, Sanchoning “Manchester Yunayted” bilan muzokaralari boshi berk ko‘chaga kirib qolgan. Bunga sabab sifatida Sancho va uning agenti tomonidan juda katta tavon puli va turli bonuslar talab etilayotgani ma’lum qilinmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq vinger “Chelsi” va “Liverpul”ning taklifini ham moliyaviy sabablar uchun rad etgan edi.

Kavani “Yuventus”da?!

Taniqli “Sky Sport” nashrining ma’lum qilishicha, Edinson Kavani “Yuventus” bilan shartnoma imzolashga juda yaqin turibdi.

Manbaning ma’lum qilishicha, Andrea Pirlo urugvaylik hujumchini o‘z safida ko‘rishni istamoqda.

Italiya nashrlarining ma’lum qilishicha, Turin super klubi agar Luis Suaresni qo‘lga kirita olmasa, bor e’tiborini aynan Edinson Kavaniga qaratadi.

Xavi Martines qaytmoqda

Myunhenning “Bavariya” jamoasi universal futbolchisi Xavi Martines faoliyatini Ispaniyada davom ettirishi aniq bo‘lib ulgurdi.

“Marca” nashri bergan ma’lumotlarga qaraganda, tajribali futbolchi “Atletik Bilbao” bilan ikki yillik shartnomaga imzo chekadi.

Eslatib o‘tamiz, taniqli transfermarket portali ispanni 13 million yevroga baholamoqda.

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 17:50, 06.09.2020.
O'qildi: 10712 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.
MyCounter - счётчик и статистика

Топ рейтинг www.uz