Kirish Ro'yxatdan o'tish
10/05 00:00 Real Sosyedad 2-2 Betis
10/05 15:30 Verona 0-1 Komo
10/05 17:00 Malyorka 1-1 Vilyarreal
10/05 18:00 Byornli 2-2 Aston Villa
10/05 18:00 Nottingem Forest 1-1 Nyukasl
10/05 18:00 Kristal Pelas 2-2 Everton
10/05 18:00 Cremonese 3-0 Piza
10/05 18:00 Fiorentina 0-0 Jenoa
10/05 19:15 Atletik Bilbao 0-1 Valensiya
10/05 20:30 Vest Xem 0-1 Arsenal
10/05 21:00 Parma 2-3 Roma
10/05 21:30 Real Ovyedo 0-0 Xetafe
10/05 23:45 Milan 2-3 Atalanta
11/05 00:00 Barselona 2-0 Real Madrid
11/05 23:45 Napoli - Bolonya
12/05 00:00 Tottenhem - Lids
12/05 00:00 Rayo Valyekano - Jirona
12/05 22:00 Selta - Levante
12/05 23:00 Betis - Elche

Rivaldo: «Messi «Barsa» safida 38 yoshgacha o‘ynashi mumkin»

Rivaldo: «Messi «Barsa» safida 38 yoshgacha o‘ynashi mumkin»

Baho:
+ | -

«Barselona» klubi sobiq futbolchisi Rivaldo kataloniyaliklar hujumchisi Lionel Messi bilan bog‘liq vaziyat yuzasidan o‘z fikrini bildirib o‘tdi.

«Messi o‘tgan haftada «Barselona»da qolishini e’lon qildi. Demak, u mavsum oxiriga qadar klubdan qoladi. Agar mavsum yakunlanganidan keyin ham u jamoadan ketmasa, hayron qolmayman.

Ushbu mavsumda ko‘p narsa ro‘y berishi mumkin, «Barselona» Ronald Kuman boshchiligida yangi hayot boshlamoqda. Klub prezidenti lavozimi uchun saylov esa mayrt oyida bo‘lib o‘tadi.

Messi hozirgi prezident Jozep Bartomeuni tanqid qildi. Mart oyida yangi prezident saylansa, Leo jamoada qolishi mumkin. Yangi prezident Lionel bilan til topisha olsa va klub to‘g‘ri yo‘ldan ketayotganiga ishontirsa, balki, Messi shartnomani uzaytirar.

Messi va uning oilasiga Barselonada yashash yoqadi. Shuningdek, muxlislar uni yaxshi ko‘rishadi. Bu — qolish uchun sabab. U «Barselona»ni yaxshi ko‘radi. Hozirda futbolchilar yuqori saviyada uzoq vaqt o‘ynash olishi mumkin. Messi esa 38 yoshgacha o‘ynay olishi mumkin.

Ko‘pchilik Messining sadoqatiga shubha bilan qaramoqda. Ammo ushbu mavsumda u o‘zini yaxshi tomondan ko‘rsata olishiga shubha qilmayman. U klub uchun bor kuchi bilan harakat qiladi.

Albatta, bunday muammolardan keyin u darhol yaxshi o‘ynab keta olmasligi mumkin, ammo u eng yomon mavsumida ham 30dan ortiq gol urgan», – dedi Rivaldo.

Manba: sports.ru
Kiritildi: 09:49, 12.09.2020.
O'qildi: 4039 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик