Kirish Ro'yxatdan o'tish
15/05 00:30 Real Madrid 2-0 Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa 4-2 Liverpul
17/05 15:00 Komo - Parma
17/05 15:00 Jenoa - Milan
17/05 15:00 Yuventus - Fiorentina
17/05 15:00 Piza - Napoli
17/05 15:00 Roma - Lasio
17/05 16:30 Man. Yunayted - Nottingem Forest
17/05 18:00 Inter - Verona
17/05 19:00 Everton - Sanderlend
17/05 19:00 Brentford - Kristal Pelas
17/05 19:00 Lids - Brayton
17/05 19:00 Vulverhempton - Fulhem
17/05 21:00 Atalanta - Bolonya
17/05 21:30 Nyukasl - Vest Xem
17/05 22:00 Rayo Valyekano - Vilyarreal
17/05 22:00 Atletiko - Jirona
17/05 22:00 Osasuna - Espanyol
17/05 22:00 Atletik Bilbao - Selta
17/05 22:00 Elche - Xetafe
17/05 22:00 Levante - Malyorka
17/05 22:00 Real Sosyedad - Valensiya
17/05 22:00 Sevilya - Real Madrid
17/05 22:00 Real Ovyedo - Alaves
17/05 23:45 Kalyari - Torino
17/05 23:45 Sassuolo - Lechche
17/05 23:45 Udineze - Cremonese

«Lids»ning APLdagi ilk o‘yini bo‘yicha taassurotlar

«Lids»ning APLdagi ilk o‘yini bo‘yicha taassurotlar

Baho:
+ | -

«Lids Yunayted»ning debyutiga ko‘pchilik qiziqqandi. Tajribali APLchilar eski xotiralar uchun, boshqalar Byelsa qanday jamoa tuzibdi ekan, degan o‘y bilan, buning ustiga raqib — «Liverpul».

Mana shu «Liverpul»ga «Enfild»da buncha golni faqat «Atletiko» urgan, adashmasam. Mezbonlarning to‘rttala goliyam standart vaziyatlardan bo‘ldi, buning ustiga, ikkitasi penaltidan. «Manchester Yunayted»ga salom!

Bilasizmi, Chempionship g‘oliblarining APLga adaptasiya jarayoni o‘xshash kechadi. Chunki qarang, bu jamoa o‘tgan yillarda aksariyat o‘yinlarni hujumda o‘tkazgan - tabiiyki, oldingi chiziqdagi bog‘lamlar yaxshi ishlaydi. Ko‘pchilik bo‘lib pozision himoyalanishda esa, muammolar kuzatiladi (ha, aynan pozision himoyalanish, chunki Liverpul gollarni qandaydir kuchli hujumlarda emas, yuqorida aytilganidek, standartlardan urdi). Qaysidir ma’noda, kichik top klub.

Ammo keyinchalik hammasi o‘rniga tushmasa, jamoa o‘z imkoniyatlari darajasida o‘ynashni o‘rganmasa, muammolar paydo bo‘lishi turgan gap.

Bugungi o‘yin qaysidir ma’noda, menga o‘tgan yilgi 1-turni, «Liverpul»ning o‘tgan yilgi debyutant «Norvich» bilan o‘yinini yodga soldi. O‘shanda «Norvich» ham ancha dadil o‘ynagan, to‘p nazorati, vaziyat yaratish borasida ko‘pchilikka yoqqandi. O‘yin 4:3 emas, 4:1 tugagani sababi, shunchaki, «Norvich» imkoniyatlardan foydalana olmagan, «Lids» ortig‘i bilan foydalandi.

Nafaqat o‘sha o‘yin, keyingi bir necha turda ham «Norvich» hayron qoldirgan. «Manchester Siti» ustidan qozonilgan g‘alabaning o‘zi katta ish. Pukki, Buendia (nega top klublar e’tibor bermayapti, jumboq men uchun), Kantvell kabi futbolchilar ko‘pchilikning og‘ziga tushishdi. Lekin o‘sha kerakli adaptasiya uchun nomlari tilga olingan futbolchilarda barqarorlik, tarkibda esa, tajribali futbolchilar yetishmadi. Aytaylik, «Vulverhempton» bu borada ancha ustun, Joau Moutinyo kabi Yevropa chempionlari to‘p surardi.

Ha, boshqa bir Yunayted «Sheffild» ham bor. Tarkib jihatidan «Norvich»ga yaqin jamoa juda qattiq o‘ynadi, yevrokuboklar yo‘llanmasi uchun kurashdi. Balkim murabbiy eng boshidan preoritetlarni to‘g‘ri qo‘ygani, o‘z salohiyatini to‘g‘ri baholaganida farq bo‘lgandir «Norvich» bilan.

«Lids» tarkibi yomon emas. Hatto «Valensiya» yulduzi olib kelindi,  debyut omadsiz chiqqan bo‘lsayam, potensiali yomonmas, Pablo Ernandes tajribali, Kox Bundesligada o‘ynab kelgan, Koshta o‘sha «Vulverhempton» veteranlaridan biri... Yomonmas. Lekin bunday tarkib Angliyada deyarli hammada bor.

Hammasi Marselo Byelsaning vaziyatni to‘g‘ri baholab, asosiy qadriyatlarni qayta ko‘rib chiqa olishiga bog‘liq. «Lids» yangi «Sheffild» ham, yangi «Norvich» ham bo‘lishi mumkin. Butunlay teskari bo‘lgan har ikki oqibat men uchun syurpriz bo‘lmaydi.

Qahramon ASLANOV.

Manba: https://t.me/asl_futbol
Kiritildi: 10:19, 13.09.2020.
O'qildi: 3454 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик