Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/04 00:00 Man. Yunayted 1-2 Lids
14/04 00:00 Levante 1-0 Xetafe
14/04 18:00 Xorazm 2-2 Qo‘qon-1912
14/04 20:15 Bunyodkor 0-1 Neftchi
14/04 23:59 Atletiko 1-2 Barselona
14/04 23:59 Liverpul 0-2 PSJ
14/04 23:59 Arsenal - Sporting
15/04 23:59 Bavariya - Real Madrid

Belgiyada futbolchi 1 metrdan bo‘sh darvozaga gol ura olmadi (video)

Belgiyada futbolchi 1 metrdan bo‘sh darvozaga gol ura olmadi (video)

Baho:
+1 | -2

Belgiya chempionatida bo‘lib o‘tgan «Mexelen» va «Ostende» jamoalari o‘rtasidagi o‘yinda hujumchi uchun alamli vaziyat yuzaga keldi.

Bahsning 67-daqiqasida (hisob o‘sha paytda 0:0 edi) «Mexelen»ning 17 yosh yarim himoyachisi Aster Vranks mutlaqo bo‘sh darvoza oldida to‘p bilan yolg‘iz qoldi. Unga hech kim xalal bermayotgandi. Ammo zarba berish chog‘ida to‘pni bosib oldi va yiqilib tushdi. Natijada darvozagacha yetib bormadi.

Vranksning xatosi «Mexelen»ga qimmatga tushdi. Qo‘shib berilgan daqiqalarda «Ostende» himoyachisi Jek Xendri gol urib, o‘z jamoasiga g‘alaba keltirdi.

«Juda afsusdaman, lekin ushbu vaziyat tufayli aqldan ozmoqchi emasman», — dedi Vranks o‘yindan keyin.

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 10:27, 13.09.2020.
O'qildi: 5506 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик