Kirish Ro'yxatdan o'tish
24/11 00:45 Parma 1-3 Atalanta
24/11 01:00 Selta 2-2 Barselona
24/11 15:00 Metallurg 1-0 Surxon
24/11 16:30 Jenoa 2-2 Kalyari
24/11 17:15 So‘g‘diyona 2-0 Lokomotiv
24/11 18:00 Osasuna 2-2 Vilyarreal
24/11 19:00 Sautgempton 2-3 Liverpul
24/11 19:00 Torino 1-1 Monsa
24/11 19:00 Komo 0-2 Fiorentina
24/11 20:15 Sevilya 1-0 Rayo Valyekano
24/11 21:30 Ipsvich 1-1 Man. Yunayted
24/11 22:00 Napoli 1-0 Roma
24/11 22:30 Leganes 0-3 Real Madrid
25/11 00:45 Lasio 3-0 Bolonya
25/11 01:00 Atletik Bilbao 1-0 Real Sosyedad
25/11 22:30 Empoli - Udineze
26/11 00:45 Venetsiya - Lechche
26/11 01:00 Nyukasl - Vest Xem

No‘’mon Hasanov: “Futbolchilarni munosabati bir-biriga yaxshi bo‘lishi kerak”

No‘’mon Hasanov: “Futbolchilarni munosabati bir-biriga yaxshi bo‘lishi kerak”

Baho:
+ | -
Superliganing 15-turidan o‘rin olgan "Lokomotiv" - "Navbahor"(1:0) uchrashuvidan so‘ng "lochinlar" katta murabbiyi No‘’mon Hasanov fikrlarini bildirib o‘tdi.

"Qiziqarli o‘yin bo‘ldi. Bu o‘yinda kim birinchi gol ursa, o‘sha g‘alaba qozonar edi. Birinchi bo‘limning dastlabki 15 daqiqasida yigitlar o‘ziga kela olmadi, chunki raqib o‘yinni yaxshi boshladi. Bo‘lim oxirlarida o‘yinimiz o‘xshadi. "Lokomotiv" jamoasini g‘alaba bilan tabriklayman. Xatolarimiz ustida ishlaymiz.

Tushunmayapman, futbolchilar yopis turgan futbolchiga pas berishmoqda yoki ochiq o‘yinchiga ataylabmi qattiq pas berishmoqda. 

– Jamoa so‘nggi o‘yinlarda g‘alaba qozona olmayapti. Bu futbolchilarning kayfiyatiga ta’sir o‘tkazmayaptimi?

Jamoaga kelganimga ko‘p bo‘lmadi. Klubdagi futbolchilar, rahbarlar kasallanishdi, koronavirus bilan kurashishdi. O‘sha payt futbolchilarda kuch yo‘q edi. "Lokomotiv" bilan o‘yinga tayyorgarlik yaxshi o‘tdi. Bitta o‘yinda yutib olsak hammasi ijobiy tomonga o‘zgarib ketadi.

– Maydonda futbolchilar bir-biri bilan urishib yuribdi. Jamoaning ichki muhiti ancha yomonga o‘xshayapti...

Futbolchilarni urushib ketishi va boshqa holatlar haqida bundan oldingi matbuot anjumanlarida gapirgan edim. Hozir ham yigitlarni oldiga kirib buni aytdim. Futbolchilarni munosabati bir-biriga yaxshi bo‘lishi kerak. Jamoa bir oila bo‘lishi kerak.  Vaziyatni to‘g‘irlashga harakat qilamiz.

– Nafaqat "Navbahor"da, balki barcha jamoalarda hujum chizig‘ida muammolar bor. O‘zbek futbolida hujumchilar yetishmovchiligi haqida nima deya olasiz? 

"Qo‘qon-1912" jamoasini boshqaruvini qo‘limga olganimda ham shu muammo bor edi. Yuqorida aytganimdek jamoaga yaqinda keldim, to‘g‘ri o‘ynash, qanotdan to‘g‘ri to‘pni oshirish emas, ochiq turgan futbolchi bilan o‘ynash kabilarni yo‘lga qo‘yamiz. Hujumchilar kam. To‘g‘risi, bizning paytda pas beradigan, gol uradigan hujumchilar ko‘p bo‘lardi. Anchadan beri hujumchilar kamligi ko‘rinib turibdi.

– Jamoa sardori Azim Ahmedov ko‘p o‘yinlarda ancha asabiy harakat qilyapti. Bu nima bilan bog‘liq deb o‘ylaysiz?

– Mashg‘ulotlarda Azim Ahmedovni orqaroqda o‘ynatayotgan edim. Ammo vaziyat o‘zgardi. U jamoa sardori, sardor murabbiyning yordamchisi bo‘lishi kerak. Bugun maydonda agressivlik qilmadi. Faqat, Golban va Davron Hoshimovning harakatlari uchun o‘yindan keyin urushdim. Bitta jamoada o‘ynab bunday ishlarni qilish kerak emas. 

– Jamoa bosh murabbiyi Andrey Kanchelskisning ahvoli qanday? 

– Kanchelskis bilan kecha gaplashdim, uning isitmasi bor. Futbolchilarni yig‘ib yo‘qlab kelishga jo‘natdim. U jamoada bosh murabbiy, biz uning yordamchilarimiz. Kanchelskis yaxshi inson. Sog‘lik tilayman. Biz bilan birga bo‘lmasada har kuni aloqada bo‘lib turibmiz",- deydi No‘’mon Hasanov.

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 22:44, 15.09.2020.
O'qildi: 1983 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.