Ushbu ruknimizdagi eng so‘nggi yangiliklar bilan tanishtirishda davom etamiz.
Yovich qoladimi?
Madridning “Real” klubi hujumchisi Luka Yovich faoliyatini boshqa klubda davom ettirmoqchi.
“Diario AS” nashrining ma’lum qilishicha, 22 yoshli serb hujumchisi Madridni tark etish maqsadida istalgan taklifni ko‘rib chiqishga tayyor.
Manbaning ma’lum qilishicha, “Real” ham Yovichni qo‘yib yuborishga qarshi emas, biroq uning transferidan ko‘proq daromad olish maqsadida avvaliga bir mavsumga ijaraga bermoqchi.
Kumanning rejasi bekor bo‘ladimi?
“Barselona” bosh murabbiyi – Ronald Kumanning asosiy transfer maqsadiga aylangan Memfis Depayni “Barselona” qo‘ldan chiqarib yuborishi mumkin.
Italiyalik jurnalist Janluka Di Marsio bergan ma’lumotlarga qaraganda, gollandiyalik futbolchi “Milan” bilan muzokaralar o‘tkazmoqda.
Jurnalistning fikricha, Kataloniya klubi Depay borasida “Lion”ga hech qanday taklif yubormagan.
Tosun RPLda?!
Angliyaning “Everton” klubi hujumchisi Jenk Tosun faoliyatini RPLda davom ettirishi mumkin.
“Ajansspor” nashrining ma’lum qilishicha, 29 yoshli turk futbolchisining hizmatlari bilan “Zenit” jiddiy qiziqib qolgan.
Manbaning ma’lum qilishicha, “Everton” Jenkni o‘z kelajak rejalariga kiritmagan. Shu bois, Tosun katta ehtimol bilan boshqa klubga ravona bo‘ladi.
Sarr “Liverpul”ga o‘tadimi?
Angliyaning “Liverpul” klubi “Uotfurd” yarim himoyachisi Ismail Sarr bilan shartnoma imzolash niyatida.
“DailyMail”nashrining ma’lum qilishicha, “mersisaydliklar” Sarr borasida rasmiy taklif yuborgan.
Manbaning ma’lum qilishicha, “Liverpul” “Uotfurd”ning Chempioshipga tushib ketgani uchun Sarrni arzonroq qo‘lga kiritishdan umid qilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, transfermarket nashri 22 yoshli futbolchini 36 million funtga baholamoqda.
Kosta Turkiyada?!
Turkiyaning “Fenerbahche” jamoasi “Atletiko Madrid” yetakchisi Diyego Kosta bilan shartnoma imzolash niyatida.
“DailyMail” nashrining ma’lum qilishicha, qilishicha, 31 yoshli futbolchi uchun “Fenerbahche” katta moash ko‘rsatilgan shartnoma taklif qiladi.
Manbaning ma’lum qilishicha, turklar jamoani tark etgan Vedat Murikining o‘rnini aynan Kosta bilan to‘ldirishni niyat qilgan.