Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/12 17:30 Manchester Siti 1-1 Everton
26/12 20:00 Bornmut - Kristal Pelas
26/12 20:00 Chelsi - Fulhem
26/12 20:00 Nyukasl - Aston Villa
26/12 20:00 Nottingem Forest - Tottenhem
26/12 20:00 Sautgempton - Vest Xem
26/12 22:30 Vulverhempton - Man. Yunayted
27/12 01:00 Liverpul - Lester

Andrey Kanchelskis: «Derbi — bu doimo derbi»

Andrey Kanchelskis: «Derbi — bu doimo derbi»

Baho:
+ | -

Coca Cola Cuperliga 16-turidan o‘rin olgan “Navbahor” – “Andijon” (0:0) uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanining ikkinchi qismida namanganliklar ustozi Andrey Kanchelskis ishtirok etib, OAV xodimlarining savollariga javob berdi. Quyida uning fikrlarini e’tiboringizga havola etyapmiz.

— Derbi — bu o‘z nomi bilan derbi. Birinchi bo‘limda shogirdlarim gol urishganida, o‘yin boshqacha kechgan bo‘lardi. Biroq yana ikkinchi 45 daqiqalikda gol urdik va ushbu gol inobatga olinmadi. “Surxon”ga qarshi kechgan bahsda ham hakamlar haqiqiy golni inobatga olishmagandi. To‘g‘ri, xatolar uchun hakamlarni diskvalifikasiya qilishadi va bu ish to‘g‘ri. Lekin shuning oqibatida  afsuski, bizga yo‘qotilgan ochkolarni hech kim olib bermaydi.

Nimayam derdim, yigitlar koronavirus kasalligidan keyin o‘zlarida mashg‘ulot o‘tkazish, maydonga tushib, to‘p surishga kuch, jasorat topa olishyapti. “Lokomotiv”ga qarshi o‘yin bilan solishtiradigan bo‘lsak, u uchrashuv payti men yo‘q edim, shifoxonada edim, bugun futbolchilarimiz nisbatan ancha yaxshiroq to‘p surishdi, asta-sekin o‘zlariga, avvalgi formalariga qaytishayotgani ko‘rinib turdi.

Ayrim odamlarga koronavirus bizni ham chetlab o‘tmaganini yetkazish oson bo‘lmayapti, bahona qidiryapti, deyishadi. Hayot davom etadi, oldinda “Nasaf” bilan o‘yin bor.

Afsuski, bugun ikki ochko yo‘qotdik. Bugungi o‘yinda toza golimiz inobatga olinmadi. Buni uchrashuv videoyozuvi orqali ko‘rib chiqdik.

Uch ochko jamoamizga juda muhim edi. Biroq yakunda 0:0 hisobidagi durang bilan kifoyalandik. “Nasaf”ga qarshi kechadigan bahsda jamoamizning ikki nafar yetakchi futbolchisi – jamoamiz sardori Azimjon Ahmedov va mahoratli himoyachi Xurshid Muxtorov hisoblaridagi sariq kartochkalari soni to‘rttaga yetganligi bois, maydonga tusha olishmaydi. Lekin nima bo‘lgan taqdirdayam, “Nasaf” bilan o‘yinga jiddiy tayyorgarlik ko‘ramiz.

Superligadagi tanaffusgacha shuningdek, “Buxoro” bilan ham uchrashuvimiz bor. Xullas, bugun yigitlar borlarini berib o‘ynashdi.

Shogirdlarim kiyim almashtirish xonasida 5-10 daqiqa o‘rnilaridan turmay o‘tirishdi. Baribir, kasallik o‘z so‘zini aytmoqda. Buni men boshdan o‘tkazgan kishi sifatida aytaman, ular esa yugurishmoqda, mashg‘ulotlarda qatnashishmoqda. Oson emas, tushuninglar. Gol urolmayapmiz, imkoniyatlardan foydalana olmayapmiz.

Shogirdlarimdan maydonda astoydil kurash olib borishayotgani uchun minnatdorman.

To‘g‘ri, “Andijon”da ham imkoniyatlar bo‘ldi, chunki biz oldinga o‘tganimizda, bo‘shliqlar yuzaga kelishi tabiiy. Futbolni tushunadigan odam, bizda yaxshi jamoa borligini biladi. Toshkentda markazlashtirilgan holda o‘tkazilgan o‘yinlarda futbolchilar COVID-19ga chalinishdi, shuningdek, men ham kasal bo‘ldim.

Shogirdlarimning ruhiy holatlari asta-sekin yaxshilanmoqda. “Nasaf” bilan o‘yingacha hali 5 kun vaqt bor va o‘sha o‘yinga jiddiy tarzda tayyorgarlik ko‘ramiz.

O‘tgan turda “Lokomotiv”ga qarshi kechgan bahsda tarkibni men tanlamaganman, bunga haqqim yo‘q edi, chunki futbolchilarning qanday holatda ekanliklarini bilmay turib, bunday qilolmayman. Shunchaki, Azimjon Ahmedovni markaziy himoyaga qo‘ymaslikni iltimos qildim. Shuningdek, markaziy himoyachilarni o‘zgartirmaslik kerakligini aytdim. O‘sha tarkibni No‘’mon Hasanov tanlagandi. Afsuski, “Lokomotiv” bilan bo‘lgan o‘yinda jamoamiz yaxshi o‘yin namoyish eta olmadi.

Imkoniyatlardan foydalanishda oqsayapmiz, hujumlarni gol bilan yakunlaydigan hujumchi yetishmayapti. Takrorlayman, endi “Nasaf” bilan o‘yinga tayyorlanamiz.

Ishlaymiz, mashg‘ulot o‘tkazamiz. Shifoxonada yotganimda ularning qanday shug‘ullanishganidan bexabarman. Ammo bularning bari o‘tmishda qoldi, endi kelgusidagi o‘yinlarga taraddud ko‘rishimiz lozim.

“Navbahor” PFK matbuot xizmati.

Manba: pfcnavbahor.uz
Kiritildi: 06:47, 21.09.2020.
O'qildi: 1939 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.