Kirish Ro'yxatdan o'tish
25/04 00:00 Sanderlend 0-5 Nottingem Forest
25/04 00:00 Betis 1-1 Real Madrid
25/04 16:30 Fulhem 1-0 Aston Villa
25/04 17:00 Alaves 2-1 Malyorka
25/04 18:00 Parma 1-0 Piza
25/04 19:00 Liverpul 3-1 Kristal Pelas
25/04 19:00 Vest Xem 2-1 Everton
25/04 19:00 Vulverhempton 0-1 Tottenhem
25/04 19:15 Xetafe 0-2 Barselona
25/04 21:00 Bolonya 0-2 Roma
25/04 21:30 Arsenal 1-0 Nyukasl
25/04 21:30 Valensiya 2-1 Jirona
25/04 23:45 Verona 0-0 Lechche
26/04 00:00 Atletiko 3-2 Atletik Bilbao
26/04 15:30 Fiorentina - Sassuolo
26/04 17:00 Rayo Valyekano - Real Sosyedad
26/04 18:00 Jenoa - Komo
26/04 19:15 Real Ovyedo - Elche
26/04 21:00 Torino - Inter
26/04 21:30 Osasuna - Sevilya
26/04 23:45 Milan - Yuventus
27/04 00:00 Vilyarreal - Selta
27/04 21:30 Kalyari - Atalanta
27/04 23:45 Lasio - Udineze
28/04 00:00 Man. Yunayted - Brentford
28/04 00:00 Espanyol - Levante

"Paxtakor" murabbiyi: "OFKdan hakamlar saviyasini oshirishni so‘rab qolgan bo‘lardim"

"Paxtakor" murabbiyi: "OFKdan hakamlar saviyasini oshirishni so‘rab qolgan bo‘lardim"

Baho:
+ | -

"Paxtakor" yordamchi murabbiyi Piter Xyuistra chorak final bahsidan keyin matbuot anjumanida qatnashdi.

- O‘yinni yaxshi boshladik. Hammasi biz kutgandek ketayotgandi, biroq kutilmaganda futbolchimiz qizil kartochka olib rejalarimiz o‘zgarib ketdi. Bir kishi kam bo‘lib qolishimizga qaramay oxirigacha kurashdik va buning uchun yigitlarga rahmat aytaman. O‘ylaymanki, Osiyo Chempionlar Ligasida o‘zimizni ko‘rsata oldik. Afsus, chorak finalda musobaqa bilan xayrlashyapmiz, lekin jamoa kelajakda ko‘p narsaga qodir deya olaman.

Men qizil kartochka berilgan vaziyatni to‘liq ko‘ra olmadim. Lekin VAR yordamida hakam qaror chiqarib "sariq"ni "qizil"ga o‘zgartirdi va futbolchimizni chetlatdi. Faqat shuni aytishim mumkin, xolos.

Jalol juda xafa. Nihoyatda tushkun kayfiyatda va jamoaga yordam bera olmaganidan afsusda. Albatta, Masharipov chetlatilishini hech kim kutmagandi. Lekin men bir jihatga e’tiboringizni qaratmoqchiman, bizdan oldin shu stadionda "Al Nassr" - "Al Ahli" uchrashuvi o‘tkazildi va unda ham VAR ko‘rib chiqsa bo‘ladigan xuddi shunday darajadagi qo‘pollik kuzatildi. Lekin negadir hech kim indamadi. Ammo bizning futbolchimiz shunday qo‘pollik qilganida darhol o‘yinni to‘xtatib VARga murojaat qilishdi. Natijada VARdan foydalanish bizda ikki xil taassurot uyg‘otdi. OFKdan hakamlar saviyasini oshirishni so‘rab qolgan bo‘lardim.

Biz Hojimatni anchadan beri bilamiz. Uni bekorga ijaradan qaytarib olmadik. Biz bu futbolchiga ishonamiz. Ikkinchi taymda uni maydonga tushirdik va o‘zidan kutilgan o‘yinni namoyish etdi. Bu o‘yindagi yoqimli jihatlardan biri bo‘ldi.

Manba: pakhtakor.uz
Kiritildi: 06:10, 01.10.2020.
O'qildi: 8055 marta.
Fikrlar: 6 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик