Kirish Ro'yxatdan o'tish
12/05 00:00 Tottenhem 1-1 Lids
12/05 00:00 Rayo Valyekano 1-1 Jirona
12/05 22:00 Selta 2-3 Levante
12/05 23:00 Betis 2-1 Elche
13/05 00:30 Osasuna 1-2 Atletiko
13/05 22:00 Espanyol - Atletik Bilbao
13/05 22:00 Vilyarreal - Sevilya
14/05 00:00 Manchester Siti - Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves - Barselona
14/05 00:30 Xetafe - Malyorka
14/05 22:00 Valensiya - Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona - Real Sosyedad

O‘rtoqlik o‘yini. Futzalchilarimiz Eronga yutqazishdi

O‘rtoqlik o‘yini. Futzalchilarimiz Eronga yutqazishdi

Baho:
+ | -

Futzal bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi Toshkentda Eronga qarshi dastlabki o‘rtoqlik uchrashuvini o‘tkazadi.

Uchrashuv davomida terma jamoamiz nomdor raqib bilan tengma-teng o‘ynashga intildi, xavfli vaziyatlar yaratish bo‘yicha forslar qolishmadi.

Ammo vaziyatlardan foydalanish bo‘yicha mehmonlar unumliroq harakat qilishdi. Birinchi bo‘limda Ibrohimiy penaltidan hisobni ochgan bo‘lsa, oradan 4 daqiqa o‘tib Ne’matiyan himoyadagi xatodan foydalanib, farqni oshirdi.

Ikkinchi taymda esa Xushnur Erkinov kuchli zarba bilan Eron darvozasini ishg‘ol qildi.

Qolgan daqiqalarda Bahodir Ahmedov shogirdlari hisobni tenglashtirish uchun harakat qilishdi, murabbiy so‘nggi ikki daqiqada beshinchi o‘yinchi taktikasidan foydalandi. Ammo uchrashuvda hisob boshqa o‘zgarmadi.

Futzal. O‘rtoqlik o‘yini
O‘ZBEKISTON - ERON - 1:2 (0:2)
Gollar: Xushnur Erkinov (27) — Ibrohimiy (9-penalti), Ne’matiyan (13)
O‘zbekiston: Ravshan Eliboyev, Mashrab Odilov, Dilshod Rahmatov, Sunnatilla Jo‘rayev, Akbar Usmonov
Zaxira: Akmaljon Hazratqulov, Ixtiyor Ropiyev, Husniddin Nishonov, Davron Choriyev, Konstantin Sviridov, Javlon Anorov, Xushnur Erkinov, Dilmurod Shavkatov, Elbek To‘lqinov, Dilmurod Jumayev, Avazbek Abduvaliyev

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 18:51, 07.10.2020.
O'qildi: 4390 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик