Kirish Ro'yxatdan o'tish
29/04 19:00 Qizilqum 0-0 Xorazm
29/04 19:00 Neftchi 4-0 Qo‘qon-1912
29/04 20:00 Bunyodkor 2-1 Navbahor
29/04 23:59 Atletiko - Arsenal
01/05 23:45 Piza - Lechche
02/05 00:00 Lids - Byornli
02/05 00:00 Jirona - Malyorka

Eduardo Kamavinga Fransiya terma jamoasi safida 106 yillik tarixiy natija qayd etdi

Eduardo Kamavinga Fransiya terma jamoasi safida 106 yillik tarixiy natija qayd etdi

Baho:
+ | -

«Renn» va Fransiya terma jamoasi yarim himoyachisi Eduardo Kamavinga Ukrainaga qarshi kechgan o‘rtoqlik uchrashuvida o‘z nomiga gol yozdirib qo‘ydi.

Shu tariqa, Eduardo 17 yosh-u 11 oyligida Fransiya terma jamoasi safida gol urgan ikkinchi eng yosh futbolchiga aylandi. Terma jamoa tarixidagi eng yosh gol muallifi Moris Gastiger sanaladi. U 1914 yilda 17 yosh-u 5 oylik vaqtida Shveysariya darvozasini ishg‘ol etgandi.

Fransiya terma jamoasi mazkur o‘rtoqlik o‘yinida Ukraina terma jamoasini yirik hisobda taslim etdi. «Uchranglilar» umumiy hisobda 7 bor raqiblar darvozasini ishg‘ol etgan bo‘lsa, ukrainlar bunga bitta to‘p bilan javob qaytardi — 7:1.

Kamavinga Fransiya chempionatining 2020/21 yilgi mavsumida olti uchrashuvda maydonga tushib, bittadan gol va golli uzatmaga mualliflik qildi.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 18:31, 08.10.2020.
O'qildi: 3218 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик