Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/12 01:00 Man. Yunayted 1-0 Nyukasl
27/12 16:30 Parma - Fiorentina
27/12 17:30 Nottingem Forest - Manchester Siti
27/12 19:00 Lechche - Komo
27/12 19:00 Torino - Kalyari
27/12 20:00 Arsenal - Brayton
27/12 20:00 Brentford - Bornmut
27/12 20:00 Byornli - Everton
27/12 20:00 Liverpul - Vulverhempton
27/12 20:00 Vest Xem - Fulhem
27/12 22:00 Udineze - Lasio
27/12 22:30 Chelsi - Aston Villa
28/12 00:45 Piza - Yuventus
28/12 16:30 Milan - Verona
28/12 19:00 Cremonese - Napoli
28/12 19:00 Sanderlend - Lids
28/12 21:30 Kristal Pelas - Tottenhem
28/12 22:00 Bolonya - Sassuolo

"Andijon" FK bosh direktori: "Abonement sotib olganlar masalasi rahbariyat tomonidan ko‘rib chiqilmoqda"

"Andijon" FK bosh direktori: "Abonement sotib olganlar masalasi rahbariyat tomonidan ko‘rib chiqilmoqda"

Baho:
+ | -

"Andijon" futbol klubi bosh direktori Doniyor Mullajonov ijtimoiy tarmoqlar orqali tarqatilayotgan turli xil fikrlarga o‘z munosabatini bildirdi.

"Avvalo bizga ishonch bildirayotgan va bizni qo‘llab-quvvatlayotgan muxlislarga minnatdorchilik bildiramiz. Tanganing ikki tarafi bo‘lgani kabi internetda har xil gaplar tarqatib, negativ fikr bildirayotganlar ham yo‘q emas. Muxlislik aslida bir taraflama bo‘lmaydi. Jamoa biror o‘yinda g‘alaba qozonsa zo‘r, keyingi o‘yinda yutqazsa yomon deb yozishadi. Asli muxlis jamoani har qanday holatda ham qo‘llab quvvatlashi kerak deb o‘ylayman.

Biz jamoani o‘z manfatimizni ko‘zlab emas, halqimiz uchun Andijon futbolini yuqori darajalarga olib chiqish va ularning kayfiyatini ko‘tarishni maqsad qilgan holda qabul qilib olganmiz. Futbol bu xalq oyini. Bizning asosiy maqsadimiz “Andijon” jamoasini o‘zbekiston chempionatida yetakchi o‘rinlar uchun kurasha oladigan va Xalqaro musobaqalarda ishtirok eta oladigan, rivojlangan infratuzilmaga ega jamoa qurishdan iborat.

Bilasiz bunday natijaga birdaniga erishib bo‘lmaydi. Biz bunday jamoa qurishni bosqichma-bosqich amalga oshiramiz. Mana hozirda jamoaning qarzdorliklarini to‘lab boryapmiz. Jamoaga yangi qon bolishni ko‘zlagan holda yangi mutaxassislarni jalb qilyapmiz. Mutaxassis yaxshi ishlashi va yaxshi natijaga erishishi uchun unda birinchi o‘rinda Vatan tuyg‘usi yaxshi shakllangan bo‘lishi, o‘zi tug‘ilgan joyi rivojlanishi, uning sha’ni uchun borini berib kurasha olishi kerak deb o‘ylayman, shuning uchun murabbiylikka ham jamoamizning sobiq futbolchilari bo‘lgan andijonlik mutaxassislarni jalb etdik. Bergan va’dalarimizni hammasini bajarib boramiz. Bir narsani ayta olamanki ikki yil ichida jamoada hamma narsa o‘z o‘rniga tushib ketadi.

Jamoa qarzdorliklardan qutilish maqsadida yangi MCHJ ochadi degan gap so‘zlarni eshitdim, agar biz qarzdorliklardan qochib shu yo‘lni tanlashni xohlaganimizda jamoani qabul qilib olgan paytda buni qilishimiz mumkin edi. Lekin biz hozirgacha jamoaning ancha qarzlarini to‘lab boryapmiz.

18-oktyabr kuni “Sog‘lom avlod” o‘yingohida bo‘lib o‘tadigan "Andijon" - "So‘g‘diyona" uchrashuviga muxlislar kirishi uchun hokimiyatning ko‘magi bilan ming dona muxlislar tashrifi uchun bepul taklifnomalar chiqariladigan bo‘ldi. Abonement sotib olganlar haqida gapiradigan bo‘lsak, hozirda rahbariyat bilan maslahatlashgan holda bu masala ko‘rib chiqilmoqda. Tez orada bunga oydinlik kiritib, ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarimiz orqali e’lon qilamiz"-dedi Doniyor Mullajonov.

Eslatib o‘tamiz, mavsum boshida sotuvga chiqarilgan 500 ming so‘mlik 8000 dona yillik chiptaning 1000 donasi bosh homiy - "UzAvtoMotors"ga bepul berilgan va 4500 donasi homiylik sifatida sotilgan edi. 

 

Manba: "Андижон" матбуот хизмати
Kiritildi: 12:16, 12.10.2020.
O'qildi: 2832 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.