Kirish Ro'yxatdan o'tish
03/03 00:45 Udineze 3-0 Fiorentina
03/03 01:00 Real Madrid 0-1 Xetafe
04/03 00:30 Bornmut 0-0 Brentford
04/03 00:30 Everton 2-0 Byornli
04/03 00:30 Lids 0-1 Sanderlend
04/03 01:15 Vulverhempton 2-1 Liverpul
04/03 18:45 Qo‘qon-1912 1-2 Paxtakor
04/03 19:15 Qizilqum 2-1 Andijon
04/03 23:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
05/03 00:30 Aston Villa - Chelsi
05/03 00:30 Fulhem - Vest Xem
05/03 00:30 Brayton - Arsenal
05/03 00:30 Manchester Siti - Nottingem Forest
05/03 01:15 Nyukasl - Man. Yunayted
05/03 19:00 Navbahor - Buxoro
05/03 19:15 Mash’al - Lokomotiv
05/03 19:30 Surxon - Neftchi

Kuman: "Hakamlarning ishi haqida gapirishni yoqtirmayman"

Kuman: "Hakamlarning ishi haqida gapirishni yoqtirmayman"

Baho:
+ | -

Kataloniyaning «Barselona» klubi bosh murabbiyi Ronald Kuman La Liganing 6-tur doirasida «Xetafe» (0:1) klubidan qabul qilib olingan mag‘lubiyat haqida o‘z fikrini bildirdi.

«Ikkinchi bo‘limni yaxshi boshlamadik. To‘pni yo‘qotdik va ikkita xavfli burchak to‘pi belgilanishiga yo‘l qo‘ydik. Penalti haqidagi gapiradigan bo‘lsam, uni belgilash haqidagi qaror adolatli bo‘ldimi yoki yo‘qmi, buni bilmayman.

Bizda imkoniyatlar kam bo‘ldi, birinchi bo‘limda esa yaxshi o‘ynagandik. O‘yin haqida aytish uchun ko‘p so‘zlar yo‘q.

Men hakamlarning ishi haqida gapirishni yoqtirmayman. Fol va kartochkalar borasida har kimning o‘z fikri bor. Ular haqida o‘z fikrimni bildirishni xohlamayman. Bu qiyin ish.

Biz o‘ynashga, ritmni ushlashga harakat qildik, biroq, raqib bor kuchimiz bilan o‘ynashimizga yo‘l qo‘ymadi va vaziyatlarni sodir etishimizga qarshilik ko‘rsatdi.

Men Bordalasga raqibning 12-raqamli futbolchisi (Allan Nyom – stadion.uz) hurmatsizlik qilganini aytdim. Uning aytganlarini takrorlash niyatim yo‘q», – dedi Kuman.

Kiritildi: 03:44, 18.10.2020.
O'qildi: 3488 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.