Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/11 16:00 Neftchi 2-0 Nasaf
22/11 18:15 Qizilqum 1-5 Navbahor
23/11 01:00 Xetafe 2-0 Valyadolid
23/11 15:00 Olimpik - Bunyodkor
23/11 17:15 Andijon - Dinamo
23/11 17:30 Lester - Chelsi
23/11 18:00 Valensiya - Betis
23/11 19:00 Verona - Inter
23/11 20:00 Bornmut - Brayton
23/11 20:00 Arsenal - Nottingem Forest
23/11 20:00 Aston Villa - Kristal Pelas
23/11 20:00 Everton - Brentford
23/11 20:00 Fulhem - Vulverhempton
23/11 20:15 Atletiko - Alaves
23/11 22:00 Milan - Yuventus
23/11 22:30 Manchester Siti - Tottenhem
23/11 22:30 Las-Palmas - Malyorka
23/11 22:30 Jirona - Espanyol
24/11 00:45 Parma - Atalanta
24/11 01:00 Selta - Barselona
24/11 15:00 Metallurg - Surxon
24/11 16:30 Jenoa - Kalyari
24/11 17:15 So‘g‘diyona - Lokomotiv
24/11 18:00 Osasuna - Vilyarreal
24/11 19:00 Sautgempton - Liverpul
24/11 19:00 Torino - Monsa
24/11 19:00 Komo - Fiorentina
24/11 20:15 Sevilya - Rayo Valyekano
24/11 21:30 Ipsvich - Man. Yunayted
24/11 22:00 Napoli - Roma
24/11 22:30 Leganes - Real Madrid

«Real» va «Barsa»ga nima bo‘ldi? Bu Messining so‘nggi «el-klasiko»simi?

«Real» va «Barsa»ga nima bo‘ldi? Bu Messining so‘nggi «el-klasiko»simi?

Baho:
+ | -

Stadion.uz kecha Ispaniya «La Liga»sida sodir bo‘lgan qiziqarli voqealar haqida fikr almashadi.

Hisobga emas, o‘yin sifatida e’tibor bering!

Ispaniyada «Real» va «Barselona»ning ochko yo‘qotishi deyarli odatiy tusga kirgan. Misol uchun, bundan 5 mavsum ilgari ular finishga 9-10 ta mag‘lubiyat bilan yetib kelgan edi. O‘tgan mavsumda esa, bu ko‘rsatgich 12-13 ta mag‘lubiyatni tashkil etdi. Shuningdek, darvozabonlarning ham yuqori saviya ekanligini unutmaslik lozim. Ayniqsa, o‘tgan mavsumda ZIdan Kurtua bir necha bor qo‘llab yuborgani bor gap. «Real»ning o‘tgan mavsumdagi 9 ta durangi Tibosiz aniq mag‘lubiyatga aylangan bo‘lar edi.

Afsuski, jamoa o‘yinidagi sifatni yo‘qolishi zich taqvim bilan bog‘liq masala. «Barselona» hozircha yangi o‘yin uslubiga moslashish uchun omadsiz urinishmoqda. «Real» esa, pragmatik futbol orqali ochkolar jamg‘arishga tushib ketdi. Ularni qaysidir ma’noda tushunish mumkin. Sababi, mavsum davomida 50 ta gol urishga qodir Ronaldu tarkibda yo‘q. Vingerlar esa, super darajaga ko‘tarilmadi. Azar, Vinisius, Rodrigo, Iskolardan yangi hujum uchligini yaratishning imkoni yo‘q.

Agar «Real» va «Barselona» 2:1 hisobida g‘alaba qozonganida ham, o‘yin sifati va futbolchilarning tezligi juda past darajada ekanligini aytib o‘tgan bo‘lar edik. Grandlarda bunday o‘yinlar bo‘lib turishi tabiiy hol.

Transferdagi omadsizliklar ularni birlashtirmoqda

«Real» so‘nggi 40 yil ichida transferlarsiz mavsumni boshladi. Florentina Peresning transfer siyosatiga qoyil qolish lozim. U bir necha mavsum davomida transferlarni amalga oshirishda adashmadi va ketma-ket sovrinlar yutdi. Afsuski, o‘tgan va yangi mavsumdagi omadsizlik sababli «Real» ancha zaiflashib qoldi.

«Kadis»ga qarshi bahsda yangilardan faqat Viniciusgina ko‘rinish berdi xolos. Tan olish lozim, Vinisius yangi Neymar yoki yangi Ronaldu emas. Jamoaning eski gvardiyasi esa ochiqchasiga aytganda charchab qoldi. Bu charchoqni kamaytirish maqsadida olingan Azar va Yovich nishonga tegmagandek foydasiz. Mendi yetakchilikka da’vogar emas. Boz ustiga, u hali Marselo bilan raqobatda ham yutib chiqqani yo‘q. «Barselona»da esa, nishonga tegmagan o‘qlar soni bir muncha ko‘proq. Kerakli kadrlar yetishmovchiligi esa, muxlislarni xavotirga solmoqda. Kecha De Yong penaltiga sabab bo‘ldi. Grizman ruhiy bosimdan chiqib keta olmayapti. 120 millionlik Dembeleni esa, yaqinda klubni tark etishi uchun pul taklif qilinishi ham mumkin.

Langle va Dest o‘z darajasidan kelib chiqib to‘p surmoqda. To‘g‘ri, ishonchli, ammo buyuk «Barselona»ning shonli daqiqalarini qaytarish uchun bu kamlik qiladi. Trinkan, Bretuyeyt va Koutinolar ham jamoani yangi darajaga olib chiqishiga ishonish mushkul. Kuman o‘z futbolchilari tez orada ishga tushishini va u yaratgan sxemaga biroz vaqt kerakligini aytmoqda. Xo‘sh, bu vaqt qanchaga cho‘ziladi? Umuman bu so‘zlar bilan murabbiy Bartameuning Kataloniyadagi daqiqalarini uzaytirmoqchimi? Tushunarsiz holat. Bartameuning omadsiz transferlari sababli «Barselona» kadrlar muammosiga duch keldi. Moliyaviy muammolarni hal etish maqsadida «Xetafe»ga qarshi o‘yinda g‘alaba kaliti bo‘lishi mumkin bo‘lgan Vidal, Rakitich Semedu singari yigitlarni ketkazib yubordi. Barchasi «Barselona»ning inqirozi sari ketmoqda. Bunda esa, klub Prezidentining hissasi bor ekanligini bilan hech kimning ishi yo‘q.

Ramos, Kurtua va Benzema butun jamoani o‘rnini bosmaydi

«Real»ning ayni damdagi holati «Barselona»nikidan farq qiladi. Sababi, futbolchilar o‘zlari ishongan murabbiy ostida to‘p surishmoqda. Boz ustiga, shonli g‘alabalarga erishgan «eski maktab» a’zolarining 70 foizi tarkibda. Zidan faktori ham yigitlarga yetarli adrenalinni ta’minlamoqda, ammo bu YCHLda zafar quchish uchun aniq kamlik qiladi. Zidanning 3 bor Yevropani zabt etgan sxemasiga qoyil qolish lozim, biroq bu sxema ayrim futbolchilar yordamidagina ishga tushishi mumkin. Oddiy misol. JCH g‘olibi Varan «Siti»ga qarshi uchrashuvda Ramossiz qanday tomosha ko‘rsatganini yodga oling! Shu o‘rinda Ramos ham Kroos va Modrichlarning yordamisiz avvalgi natijani ko‘rsata olmaydi. Birgina Kazemironing o‘zi maydon markazini boshqarishga qodir emas. «Real»ning oltin davrlarini ta’minlab bergan Modrich, Kroos, Iskolar endi avvalgidek foydali emas. Vaqt sayyoramizdagi barcha futbolchilardan kuchli. Buni tan olish lozim. Peres jamoani yoshartirish maqsadida qilayotgan ishlar hozircha foyda beryapti deb bo‘lmaydi. Vaskes va Azarlar kelasi yili 30 yoshni qarshi oladi. Rodrigo, Vinisius, Valverde va Edegorlar esa butun jamoani yelkasida ko‘tarib yurishga qodir emas.

Leo qishda ketishi mumkin

Gvardiola qishki transfer oynasi chog‘ida Leoni o‘z tarkibiga qo‘shib olish uchun qo‘lidan kelgan barcha ishni amalga oshiradi. "Daily Mail» «Siti» atigi 15 million yevro evaziga Messini qo‘lga kiritish rejasini tuzib qo‘ygani haqida ma’lumot tarqatmoqda. Qaysidir ma’noda bu ikki tomon uchun ham ajoyib tanlov. Gap shundaki, Leo avvalgidek mag‘lubiyatlarni og‘ir qabul qilmay qo‘ydi. Xuddi tez orada ketishi aniq bo‘lganini sezgandek sovuq xotirjamlik uning ko‘zlarida yaqqol namoyon. Qahramonimiz Bartameuning «Barselona»si a’zosi bo‘lishini istamayotganini bir necha bor ta’kidladi.

Uni «Barselona»da ushlab qolishga qodir hech narsa yo‘q. O‘zi uchun begona murabbiy Kuman. Eng yaqin do‘sti Luis Suares esa, klubdan jabr chekib "Atletiko«ga o‘tib ketdi. Hujumdagi sheriklari Dembele va Grizmanlar Messi bilan yaxshi aloqada emasligi hammaga ayon. Leo Ispaniya chempionatini juda yomon boshladi. 14 ta zarba va atigi 1 ta gol. Vaholanki, uning klassidagi futbolchilar uchun bu juda yomon ko‘rsatgich. Endilikda, Messini »Barselona" bilan bog‘liq hech narsa qiziqtirmay qo‘ydi. Mana gap nimada. Uni klub kuch bilan olib qolgani bois, endi avvalgi darajasida to‘p surishni talab qilish mumkin emas. U Bartameu va klubi kechira olmayapti. Doimo yopiq va xarakteri og‘ir sanalgan futbolchini kuch bilan jamoada ushlab qolish kutilganidan ham yomon effekt bermoqda. Bu esa, butun jamoaning natijalariga ham ta’sir ko‘rsatmay qolmaydi.

«El-Klasiko» oldidan chuqur nafas!

«Real» va «Barselona» 2003 yildan beri ilk bor «el-klasiko» oldidan bir vaqtda mag‘lub bo‘ldi. Ispaniya chempionatining 5 ta turi davomida «Real» ikki bor ochko yo‘qotdi. Kataloniyaliklarda esa, bitta durang va bitta mag‘lubiyat. «La Liga»dagi boshqa jamoalar endi bu klublardan qo‘rqmay qo‘ydi. O‘tgan mavsumdayoq bu omil ko‘zga tashlanayotgan edi. Shunday bo‘lsada, «Real» Kurtuaning 79 ta seyvi bilan chempion bo‘lgan bo‘lsa, «Barselona»ni Messi va Suaresning 47 ta goli ikkinchi pog‘onaga olib chiqdi.

O‘tgan mavsumdaku yulduzlar bir muncha tortib yurishdi, ammo endichi?! «Barselona»ning soliqlari 500-820 million yevro atrofida. Qarzlar shu qadar ko‘payib ketdiki, hatto jamoa Messiga yangi shartnoma taklif etishga ham hozir ojizlik qilmoqda. «Real» esa, ikki qadam oldinga tashlash uchun, bir qadam ortga chekindi. Peres kelasi mavsumda Xoland va Mbappe uchun shturm uyushtirish maqsadida. Bu shunchaki, kelajak rejasi. Unga qadar esa, bor tarkib bilan to‘p surishga to‘g‘ri keladi. Shunday bo‘lsada, muammolar «Real»da «Barselona»nikidan ancha kamroq. Peres va Zidan o‘rtasida nizo yo‘q. Ichki muhit ham a’lo darajada. Ramos shartnomani uzaytirish uchun maoshi kamaytirilishiga ham rozi. Umuman olganda, «Real»da hammasi o‘z o‘rnida. «Barselona»da esa, vaziyat biroz o‘zgacha. Messi yanvarda «tumanli albionda» to‘p tepishga tayyor. Pike hammaga asabiylashib e’tiroz bildirishga tushib ketdi. Grizman faqat terma jamoa safida xursand.

Umumiy qilib aytganda, negativ muhit, charchoq va zich taqvim Ispaniyaning eng kuchli klublariga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda. «Real» «Kadis»ga qarshi uchrashuvda raqib darvozalariga yo‘llangan zarbalar borasida 14:14 ko‘rsatkich qayd etdi! Aniq zarbalar borasida esa, 2:5! To‘p nazorati esa, to‘liqligicha «qirollik klubi» tomonida bo‘ldi. «Barselona» esa, to‘liqligicha o‘yinda mag‘lub bo‘ldi. Darvozaga yo‘llangan zarbalar borasida hisob 9:7 «Xetafe» foydasiga. Bordalas shogirdlari aniq zarbalar borasida ham 4:1 hisobda oldinda. E’tiborlisi shundaki, to‘p nazorati ham «Barselona»ning foydasiga.

Tez orada ushbu klublar o‘rtasidagi to‘qnashuvga guvoh bo‘lamiz. Afsuski, bunday paytda ikki tomon ham mag‘lub bo‘lmaslik uchun ehtiyotkor futbol namoyish etishga tirishadi. Yuqorida zikr qilingan muammolar sababli bu «klasiko»ni gollarga boy o‘tishi dargumon. Shunday bo‘lsada, bu o‘yin Messi va «Real» ijrosidagi so‘nggi to‘qnashuv bo‘lishi mumkin. Shunday ekan, o‘yinning ahamiyati juda yuqori.

Y . U

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 15:56, 18.10.2020.
O'qildi: 6693 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.