Madridning "Atletiko" hujumchisi Diyego Kosta "Selta"ga qarshi o‘yinning 50-daqiqasida son mushaklaridan jarohat oldi va zaxiraga olindi.
Ispaniya matbuotining yozishicha, 32 yoshli futbolchi ushbu jarohat tufayli kamida 3 haftani o‘tkazib yuboradi.
Shu tariqa Kosta madridliklarning keyingi 6 o‘yinida maydonga tusha olmaydi.