Kirish Ro'yxatdan o'tish
15/05 00:00 Tottenhem 0-2 Manchester Siti
15/05 00:30 Real Madrid 5-0 Alaves
15/05 01:00 Jirona 0-1 Vilyarreal
15/05 22:30 Sevilya 0-1 Kadis
15/05 22:30 Rayo Valyekano 2-1 Granada
15/05 23:45 Brayton 1-2 Chelsi
16/05 00:00 Man. Yunayted 3-2 Nyukasl
16/05 00:00 Reyms 1-0 Marsel
16/05 00:00 Nissa 1-2 PSJ
16/05 01:00 Selta 2-1 Atletik Bilbao
16/05 01:00 Xetafe 0-3 Atletiko
16/05 22:30 Las-Palmas - Betis
17/05 00:30 Almeriya - Barselona
17/05 01:00 Real Sosyedad - Valensiya
17/05 23:45 Fiorentina - Napoli

Diyor Imomxo‘jayev bir nechta savollarga oydinlik kiritdi

Diyor Imomxo‘jayev bir nechta savollarga oydinlik kiritdi

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

1. O‘zPFL shu yilning iyun oyidan buyon har bir masala yuzasidan futbol klublari bilan maslahatlashadi va keyin ham shunday bo‘ladi. Biz Superligani markazlashtirish masalasida ham, Pro liga va hatto Birinchi ligani qanday tiklash masalasida ham klublar bilan kengashdik. Nasib qilsa, yil so‘ngida ortib qoladigan mablag‘larni klublar o‘rtasida taqsimlash yoki kelasi yil ularning ishtiroklariga qarab mukofot pullari joriy qiladigan tizimga ham bosqichma-bosqich o‘tamiz, klublarga hisob beramiz. Shuningdek, 2021 yilgi mavsumda translyasiyalardan pul ishlash yo‘liga ham sekinlik bilan o‘tamiz.  

2. O‘zbekiston kubogi g‘olibi Chempionlar ligasida ishtirok etadi. Demak, kubok musobaqasida lisenziyalashning minimal talablariga javob beradigan klublarning ishtirok etishi mantiqan to‘g‘ri bo‘ladi. Bunday klublar soni ortirib borgani sayin, kubok ishtirokchilari soni ham ortib boradi. Yaxshi turnir uchun son emas, sifat muhim.

3. Kubok uchrashuvlarining guruh bosqichi ko‘rinishida o‘tishi masalasini O‘FA bilan kelishganmiz. Birinchidan, qiziqish oshadi. Ikkinchidan, mavsumiy o‘yinlar soni qisman oshadi, bu futbolchilarning jismoniy tayyorgarligi masalasiga ham ta’sir o‘tkazadi. Oddiy jamoa yil davomida faqatgina 27 uchrashuv bilan cheklanyapti. Bir yil uchun bu kam, OFKning eng minimal talabigagina javob beradi. Guruh bosqichi esa mana shunday o‘yinlar sonini 29 taga yetkazadi, Liga kubogi bilan minimum 30 ta. Klublar bu masalaga qarshilik bildirmagan.  

4. Katta jamoalar bilan o‘ynash istagidagi kichik klublarni ham shunday qoldirmadik va ular uchun Liga kubogi musobaqasiga asos soldik. Unga hattoki xalqaro maqom berishga ham tayyor edi, pandemiya bunga yo‘l qo‘ymadi.  

5. Lisenziyalash masalasida. O‘zimizni ham, OFKni ham aldamasak, OFK lisenziyasini olishi mumkin bo‘lgan jamoalarimiz juda kam. Yillar davomida buni to‘g‘rilash va kamida Superliganing barcha klubi OFK lisenziyasini olishi mumkin bo‘lgan darajaga chiqishimiz mumkin edi. Bizda mana shunday aniq reja bor. Buning uchun O‘FA, O‘zPFL va albatta klublarga biriktirilgan homiylar birgalikda, kelishib harakat qilishi kerak bo‘ladi. Aslida hukumat aynan shuning uchun ham homiylarni klublarga biriktirib qo‘ygan. Vaqti kelib bu yo‘q bo‘ladi, biz esa bor vaqtida infrastrukturani rivojlantirib olish uchun qayg‘urishimiz kerak.

6. Chempionat ikki qayta to‘xtaganidan keyin ham kubok uchrashuvlarini guruh bosqichi ko‘rinishida o‘tkazish uchun vaqtimiz yetarli edi. Biz faqatgina oktyabr hamda noyabr oylaridagi FIFA kunlari uchun milliy terma jamoaga yon berish masalasida Terma jamoalar markazi bilan kelishib oldik. Bu haqda fikr yozishdan avval faktlar va sanalarni aniq bilish maqsadga muvofiq bo‘lardi.  

7. Shuningdek, kamida 5 ta klub smetasi rasman 20 foizga yaqindagina qisqartirildi. Buni klublarning o‘zlari oshkor qilishlari mumkin, xat ularning nomiga yozilgan, O‘zPFLga emas. Biz esa iyun oyidan buyon har bir harakatimiz va har bir qarorimizni rasmiy sayt orqali atroflicha tushuntirib boryapmiz.

8. Ayollar chempionati masalasidagi fikrlarga mana shu havolada aniq-tiniq javob berilgan. Aslida ayollar futboli va futzal masalasini to‘liq isloh qilishimiz kerak. Bu borada ham O‘zPFL o‘z takliflarini Ijroqo‘mga kiritishga tayyorgarlik ko‘ryapti. Aslida bu ish bilan biz shug‘ullanishimiz kerak emas. Biz faqatgina musobaqa o‘tkazuvchi tashkilotmiz va hozircha buni eplayapmiz.

9. Biz so‘nggi to‘rt oy ichida futzal va Pro liga musobaqalarini ham translyasiyasini yo‘lga qo‘ya oldik. Sport-TV bilan kelishuv asosida 2021 yilda futzalni to‘liq translyasiya qilishga va uning nufuzini ko‘tarishga erishmoqchimiz. Biroq ayol futbolchilarning klublarga majburiy biriktirib qo‘yilishi hamda ayollar futboli rasmiy tashkilotining yo‘q bo‘lgani masalasini qayta ko‘rib chiqish kerak. Xalqaro tashkilotlar tomonidan ayollar futboliga ajratiladigan mablag‘lar bilan bu musobaqa nufuzini oshirishga erishishimiz mumkin.

Diyor Imomxo‘jayev.

Manba: @diyorimamkhodjaev
Kiritildi: 14:26, 19.10.2020.
O'qildi: 3029 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.