Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/05 00:00 Aston Villa 4-2 Liverpul
17/05 15:00 Komo - Parma
17/05 15:00 Jenoa - Milan
17/05 15:00 Yuventus - Fiorentina
17/05 15:00 Piza - Napoli
17/05 15:00 Roma - Lasio
17/05 16:30 Man. Yunayted - Nottingem Forest
17/05 18:00 Inter - Verona
17/05 19:00 Everton - Sanderlend
17/05 19:00 Brentford - Kristal Pelas
17/05 19:00 Lids - Brayton
17/05 19:00 Vulverhempton - Fulhem
17/05 21:00 Atalanta - Bolonya
17/05 21:30 Nyukasl - Vest Xem
17/05 22:00 Rayo Valyekano - Vilyarreal
17/05 22:00 Atletiko - Jirona
17/05 22:00 Osasuna - Espanyol
17/05 22:00 Atletik Bilbao - Selta
17/05 22:00 Elche - Xetafe
17/05 22:00 Levante - Malyorka
17/05 22:00 Real Sosyedad - Valensiya
17/05 22:00 Sevilya - Real Madrid
17/05 22:00 Real Ovyedo - Alaves
17/05 23:45 Kalyari - Torino
17/05 23:45 Sassuolo - Lechche
17/05 23:45 Udineze - Cremonese
18/05 00:15 Barselona - Betis
19/05 00:00 Arsenal - Byornli

Karrager "Liverpul"ni xavfdan ogohlantirdi

Karrager "Liverpul"ni xavfdan ogohlantirdi

Baho:
+ | -

Angliyaning «Liverpul» klubi sobiq futbolchisi Jimmi Karrager "Sky Sports" kanalida ekspert sifatida faoliyat olib borayotganidan xabaringiz bor. Jeymi «Liverpul» himoyachisi Virjil Van Deykning «Everton»ga qarshi uchrashuvda olgan jarohati haqida fikr bildirdi. Uning aytishicha, ushbu yo‘qotish «Liverpul»ning chempionlik uchun imkoniyatlarini keskin kamaytirib yuboradi.

"Ayni damda, «Liverpul» muxlislarining deyarli barchasining hayolida bir savol aylanmoqda: «Liverpul» Van Deyksiz chempion bo‘la oladimi? O‘ylashimcha, har bir chempion jamoaning tarkibida 3 yo 4 ta yetakchi bo‘ladi. Ularni o‘rnini to‘ldirish qiyin emas, biroq tarkibdagi asosiy figuraga aylangan, almashtirib bo‘lmas futbolchining yo‘qligini bildirmaslik imkonsiz. Tarkib qay darajada kuchli bo‘lsa ham, murabbiy zamonamizning eng iqtidorlisi bo‘lsa ham bu ishning imkoni yo‘q. Sababi, o‘yin manerasini boshqaruvchi, maydon ichidagi kichik murabbiyning o‘rnini hech kim bosa olmaydi.

Afsuski, Virjilning jarohat olishi APL chempionligi uchun boshqa jamoalarda imkoniyat yaratadi. Endi «Liverpul»ning chempionlik uchun imkoniyatlari keskin kamayib ketadi. Bu esa, qolgan raqiblarda qo‘shimcha imkoniyat paydo bo‘lganidan dalolat.
To‘g‘risi, mavsum boshida «Liverpul» bilan kuch sinashishga qodir klubni APLda ko‘rmayotgan edim. Endi esa, vaziyat tubdan o‘zgardi. Virjilning jarohati mavsum so‘nggiga qadar tiklanmasligi mumkin. Bu esa, «Liverpul»ning «o‘zgacha» statusidan mahrum qiladi.
Endi «mersesaydliklar» qishki transfer oynasida faol bo‘lishga majbur. O‘zi shundoq ham Lovrenning o‘rnini to‘ldirishga qodir futbolchi xarid qilinmadi. Qo‘shimchasiga, Virjil ham og‘ir jarohat oldi. Endi himoya «Liverpul»ning ustunligi emas, ojiz nuqtasiga aylandi.

Virjil uchun bu xabar tushkunlikka tushishga sabab bo‘lishi mumkin, shunday bo‘lsada unga tezroq sog‘ayib ketishini tilab qolaman. O‘ylashimcha, «Liverpul» va Yurgen endi yangi himoyachi varianti ustida bosh qotirishi lozim. Bu qarorni tezda qabul qilish va transferga qadar barcha muzokaralarni o‘tkazish lozim. Aks holda, qishki transfer oynasi juda qisqa. Hech narsaga ulgurmay qolish va yakunda mavsumni barbod qilish mumkin.

«Liverpul» 1 yanvar sanasida yangi transferni e’lon qilishi uchun klub kamida 50-60 million yevro sarf etishiga to‘g‘ri keladi. Bu summani jamg‘arish va yangi nomzod topish uchun harakatni bugundan boshlash lozim.",-deb ekspertning so‘zlaridan iqtibos keltirmoqda «Sky Sports» nashri

Manba: Sky Sports
Kiritildi: 15:25, 19.10.2020.
O'qildi: 6774 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик