Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/03 01:00 Arsenal 2-2 PSV
13/03 01:00 Aston Villa 3-0 Bryugge
13/03 01:00 Atletiko 1-0 Real Madrid
15/03 00:45 Jenoa - Lechche
15/03 01:00 Las-Palmas - Alaves
15/03 18:00 Valyadolid - Selta
15/03 19:00 Monsa - Parma
15/03 19:00 Udineze - Verona
15/03 20:00 Everton - Vest Xem
15/03 20:00 Ipsvich - Nottingem Forest
15/03 20:00 Manchester Siti - Brayton
15/03 20:00 Sautgempton - Vulverhempton
15/03 20:15 Malyorka - Espanyol
15/03 22:00 Milan - Komo
15/03 22:30 Vilyarreal - Real Madrid
15/03 22:30 Bornmut - Brentford

Transfer olamidagi yangiliklar

Transfer olamidagi yangiliklar

Baho:
+ | -

Ushbu ruknimizdagi eng so‘nggi yangiliklar bilan tanishtirishda davom etamiz.

Misrlik futbolchi "Al Attihad"ga o‘tadi

Misr terma jamoasi a’zosi Ahmad Xegazi faoliyatini Osiyoda davom ettirishi mumkin.

Goal nashrining ma’lum qilishicha, Xegazi «Vest Bromvich» jamoasi bilan o‘zining transferi borasida kelishib olgan. shu bois, jamoa himoyachining klubdan ketishiga to‘sqinlik qilmaydi.

Futbolchiga Saudiya Arabistoni klubi yiliga 5 million yevro maosh ko‘rsatilgan 2 yillik shartnoma taklif qilmoqda. Avvalroq, u bilan Misrning bir nechta klublari qiziqib qolgan edi.

Mahrez «Marsel»da?!

Angliyaning «Manchester Siti» klubi yarim himoyachisi Riyad Mahrez faoliyatini Fransiyada davom ettirishi mumkin.

Goal nashri bergan ma’lumotlarga qaraganda, futbolchi bilan «Marsel» va PSJ jamoalari jiddiy qiziqib qolgan. Futbolchi Parijda katta bo‘lgan bo‘lib, uning ota-onasi ham ayni damda Parijda istiqomat qilmoqda. Shu faktor, uning yakuniy qaroriga ta’sir etishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, futbolchi 2014 yilda «Marsel» jamoasidan taklif olgan, biroq o‘zini boshqa chempionatda sinab ko‘rishga qaror qilgan edi. Endilikda, uning agenti «Marsel» varianti ham ko‘rib chiqilayotgani haqida ma’lumot tarqatmoqda.

«Chelsi» qishga qoldirdi

Londonning «Chelsi» jamoasi «Vest Hem» yarim himoyachisi Deklan Raysni qo‘lga kiritish fikridan qaytgani yo‘q.

"Aristokratlar" klub tarbiyalanuvchisi sanalgan Deklanni qishgi transfer oynasida o‘z tarkibiga qo‘shib olish ishlarini boshlab yubordi. Ayni damda, uning agenti bilan transferning ayrim bandlari muhokama qilinmoqda.

Goal nashrining ma’lum qilishicha, «bolg‘achilar» o‘z sardorini jamoada saqlab qolish uchun unga yangi shartnoma taklif etish niyatida. Ma’lumotlarga qaraganda, agar Deklan yangi shartnomaga qo‘l qo‘ysa, uning haftalik maoshi 120 ming funtga aylanadi. Bu hozirgi maoshdan 3 barobar ko‘proq degani.

"Ayaks" futbolchisi nishonda

Gollandiyaning "Ayaks" jamoasi yarim himoyachisi Rayan Gravenberg faoliyatida grand klublardan birida davom ettirishi mumkin.

"Tuttomercato« nashrining ma’lum qilishicha, 18 yoshli futbolchining maydondagi harakatlari Pol Pogbani eslatib yuboradi. Shu bois, uni »yangi Pogba"deb atashmoqda.

Manbaning ma’lum qilishicha, gollandiyalik iqtidor egasi bilan «Manchester Yunayted», «Barselona» va «Yuventus» klublari jiddiy qiziqib qolgan. Shu bois, uni tarkibda uzoq ushlab qolishning imkoni yo‘q.

Eslatib o‘tamiz, Rayanning "Ayaks" bilan tuzgan shartnomasi 2023 yilda o‘z yakuniga yetadi.

«Sevilya» «Portu» futbolchisiga ko‘z tikdi

Ispaniyaning «Sevilya» jamoasi «Portu» yarim himoyachisi Otavio bilan shartnoma imzolash niyatida.

Bu haqida «Estadio Deportivo» nashri ma’lum qilmoqda. Manbaning ma’lum qilishicha, yarim himoyachi «Portu» bilan yangi shartnoma borasida kelisha olmagach, qishdayoq transferga qo‘yilishi mumkin.

Ispaniyaning «Sevilya» jamoasi Otavio bilan aloqaga chiqqan va uni qishda arzimagan pul evaziga o‘z safiga qo‘shib olmoqchi.Ushbu ruknimizdagi eng so‘nggi yangiliklar bilan tanishtirishda davom etamiz.

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 13:59, 26.10.2020.
O'qildi: 8072 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.