Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/12 17:30 Manchester Siti 1-1 Everton
26/12 20:00 Bornmut 0-0 Kristal Pelas
26/12 20:00 Chelsi 1-2 Fulhem
26/12 20:00 Nyukasl 3-0 Aston Villa
26/12 20:00 Nottingem Forest 1-0 Tottenhem
26/12 20:00 Sautgempton - Vest Xem
26/12 22:30 Vulverhempton - Man. Yunayted
27/12 01:00 Liverpul - Lester

Tur o‘yini prevyusi: Yomon "start", jiddiy yuqotishlar va raqamlar

Tur o‘yini prevyusi: Yomon "start", jiddiy yuqotishlar va raqamlar

Baho:
+ | -

Milliy chempioantlardagi navbatdagi tur bahslari, voqealar shoxidi bilan o‘tgan uyqusiz tunlar, seshanba va chorshanbaga ulanib ketadi. Bugun oqshomda, Turinda guruh bosqichi, 2 turining shubxasiz, eng markaziy to‘qnashuvi, “Yuventus“ “Barselona“ tomoshabinlarga futbol zavqini taqdim etadi.

«Yuventus»

Yaqin yillar mobaynida, qatorasiga 9 bora “skudetto“ga ega chiqib, faqat mamlakat doirasidagi titullar bilan maqtana olayotgan "zebralar" o‘z muxlislarini haminqadar zeriktirdi deyish mumkin. Haqiqiy potensialini ko‘rsatib, Yevropada ham tengsiz ekanligining rasmiy isboti bo‘lmish YECHL sovrinini Turinga olib kelish uchun, say-harakatlar katta ammo, samarasiz. "Keksa sinyore" ushbu turnir yevropa chempionlar ligasi nomini olganidan buyon faqat bir marta, 1995-96 yilgi mavsumda g‘oliblik shohsupasiga ko‘tarilishgan xolos. Shundan so‘ng klub, naq 4 marta finalda o‘ynagan bo‘lsada, yevropa chempioni nomiga sazovor bo‘la olmadi. Joriy mavsumda ushbu "missiya"ni bajarishga jiddiy bel bog‘langan. O‘z navbatida, bu uchun barcha resurslar yetarli deyish ham mumkin. Yaqin yillar davomida trendga chiqib borayotgan, jamoa murabbiylik borasida o‘z afsonasiga vakolat berishi “Yuventus“ rahbariyati uchun ham amal qildi. Murabbiyning jamoaga kirishib ketish jarayoni sekin astalik bilan kechmoqda, o‘yinni ham raqibga qarab o‘zgartirib bormoqda. Deyan Kulusevski va Federiko Kyeza kabi futbolchilar hujum hamda yarim himoya chiziqlarida rang-baranglik yuzaga keltiryapti. So‘nggi 20 yillikda eng kuchli yarim himoyachilar qatorida e’tirof etiladigan Andrea Pirlo bu safar bajarishi kerak bo‘lgan vazifa, har galgidan murakkab kechishi tayin. Boisiki, italiyalik mutaxassisga grand favoritlar yetarlicha bo‘lgan chempionlar ligasida zafar quchish barobarida, ancha qiyin va katta raqobat taklif etayotgan mamlakat chempionligi unvonini ham saqlab qolish zalvori yuklatilgan.

«Barselona»

Odatda grand klublar yangi mavsum avvalini sustroq bosib o‘tadi. Qizishib olish uchun yetarli vaqt esa kamida 2 oy. Ayni paytdagi “Barselona“ esa mana shunday qarashlar fonida o‘z holiga kelayotgani anglashiladi.

Ortda qolgan voqealardan so‘ng uchar gollandlarning sobiq ustozi yangi jamoasida yangi muhit hosil qilish orqali eski mavqeyni tiklashga bor diqqat e’tiborini qaratgan. Jamoa atrofida ro‘y berayotgan hodisalar, norozilik votumidan keyin to‘plangan ovozlar tufayli prezident Jozep Bartameu ning muddatidan avval iste’foga chiqishi bilan yakun topgunga qadar ham uzoq davom etgani ma’lum. Ko‘p ehtimolki, buning ta’siri niderlandiyalik mutaxassis jamoada yarata olgan immunitet sabab ijobiy kechdi. Kuzatuvlar ko‘rsatdiki, jamoaga hali o‘z falsafasini to‘laqonli singdira olmagan Kuman, qol ostidagi klubning asosiy kuchi to‘p nazorati, standartlar, qarshi hujumlar hamda kombinasion o‘ylanmanmalar kabi umumiy bir ustunlikda emas, ko‘proq ayrim futbolchilarning individual salohiyati evaziga namoyon bo‘lmoqda. Mutaxassis boshdan-bosh 4-2-3-1 taktik sxemasida yurish qilmoqda va ayrim savollar ham shu yerda yuzaga kelmoqda.

Hujumni qo‘llab-quvvatlovchi chiziqda kim ko‘proq asosiy figura sifatida? Dembele Trinkau yoki yosh Pedri?Maydondagi yagona “to‘qqizlik“ning eng maqbul egasichi? Messimi yoki Grizmann? Balki, Memfis Depaydir? Qisqa qilib aytganda bir-birini almashtira oladigan futbolchilar yetarli. Demakki, yuqorida ta’kidlaganidek umumiy ustunlikka ega bo‘lish uchun, yaxlit tarkibni shakllantirib olish, asosiysi.

Raqamlar nima deydi?

Tomonlar bugungi bahsga turlicha kayfiyat bilan yetib kelishdi. Guruh bosqichining dastlabki turida ikkala jamoa ham ishonchli natija qayd etdi. “Yuventus“ Kiyevda “Dinamo kiyev“ni 0:2 hisobida taslim etgan bo‘lsa, “Barselona“ o‘z uyida Vengriya chempioni “Feresvarosh“ darvozasiga 5 ta to‘p yo‘llab, ustunlikni ta’minladi. Umuman olganda, yangi murabbiylarning dastlabki o‘yinlardagi ko‘rsatgichlari o‘rtacha. Andrea Pirlo so‘nggi 5 ta o‘yindan 2 tasida g‘alaba, 3 tasida durang qayd etgan bo‘lsa, Ronald Kuman 5 o‘yinda 2 g‘alaba, 2 mag‘lubiyat va 1 durangni rasmiylashtirdi. Joriy mavsum “A seriya“dagi ortda qolgan 5 tur natijalariga ko‘ra Pirlo shogirdlari 9 ochko bilan 5 o‘rinni band etishdi.

Bu ko‘rsatgich esa, jamoaga Andrea Anyelli rahbar bo‘lganidan buyon, 2015-16 yilgi mavsumdan so‘ng qayd etilgan eng yomon ikkinchi ko‘rsatgich bo‘ldi. Janob Kuman, qo‘l ostidagi yigitlari bilan 5 turdan so‘ng 7 ochko to‘plab, 12 pog‘onadan joy olishgan.

Personallarga to‘xtaladigan bo‘lsak, Messini hali ham “chamadon kayfiyati“ tark etmagan chog‘i, umumiy 6 o‘yinda bor yo‘g‘i 2 ta gol urib, (ikkisi ham penaltidan) 2007 yildan buyon eng past natijani qayd etyapti. Umumiy assitlari soni esa 3 ta. Krishtianu Ronaldu bo‘lsa, joriy mavsum ichki chempionatda raqiblar darvozasiga 3 ta to‘p kiritishga muvaffaq bo‘lgan. E’tiborlisi, «byankoneri» Ronaldusiz “Krotone“ hamda “Verona“ga qarshi o‘tgan ikki bahsda ochko yo‘qotdi.
Ikkala murabbiy ham futbolchilik faoliyatida ushbu jamoalarga qarshi duch kelishgan. Jumladan Pirlo, 5 marotaba “Barca“ga, Kuman esa 2 bora “Yuve“ ga qarshi o‘yin o‘tkazgan.
Umumiy, tomonlar ushbu turnir doirasida o‘zaro 9 marotaba to‘qnash kelishgan bo‘lib, shundan 3 tasida kataloniyaliklarning qo‘li baland kelgan bo‘lsa, 2 o‘yinda turinliklar zafar qushishgan. 4 uchrashuvda esa murosa ko‘chasi tanlangan.

Tahminiy tarkiblar

«Yuventus»: Voysex Shesni 1, Danilo 13, Merix Demiral 28, Leonardo Bonuchchi 19, Artur 5, Adriyen Rabyo 25, Xuan Kuadrado 16, Deyan Kulusevski 44, Aron Remzi 8, Paulo Dibala 10, Alvaro Morata 9

«Barselona» Neto 13, Serjinyo Dest 2, Kleman Lengle 15, Ronald Arauxo 4, Jordi Alba 18, Serxio Buskets 5, Frenki De Yong 21, Anssumane Fati 22, Pedri 16, Lionel Messi 10, Antuan Grizmann 7

Yo‘qotishlar qurboni kim?

Bugungi muhim bahsda mehmonlarga Filippe Koutinyo yordam bera olmaydi. Braziliyalik yarim himoyachi “el-klassiko“da jarohat olib bir necha haftaga safdan chiqqanligi ma’lum bo‘ldi. 2 ta gol 2 assist qayd etgan futbolchi, Kuman jamoasi uchun hujumkor yarim himoyachi ro‘lida muhim figuralaradan biriga aylanib borayotgan edi. Bundan tashqari himoya qo‘rg‘onining asosiy egasi Jerar Pike ham o‘tgan turdagi qizil kartochka tufayli diskvalifikasiyaga uchragan. Jamoaning asosiy posboni Mark Andre Ter Shtegen esa ancha avval olgan jarohatidan forig‘ bo‘lganicha yo‘q.

Mezbonlar safida shubhasiz, jiddiy yo‘qotish Krishtianu Ronaldu. Asosiy yetakchining maydonda yo‘qligi qanday ta’sir etganining yuqorida guvohi bo‘ldik va bu grand klublarga qarshi yanada xavotirli va ancha qiyin bo‘lishi turgan gap. Shuningdek, Djordjo Kyellini ham jarohat sabab turinliklarga yordam bera olmaydi. Boshqa bir himoyachi Matteys De Ligtning uchrashuvdagi ishtiroki so‘roq ostida. Aleks Sandro esa lazaretdan chiqib, safga qo‘shilganicha yo‘q. Ammo, asosiy mudofaa vakili Leonardo Bonuchchi tiklanishga ulgurdi.

Murabbiylar fikrlari

Andrea Pirlo(Yuventus): “Barselona“ kuchli va ajoyib chempionlarga ega. Biz ajoyib o‘yin namoyish etishimiz kerak. Leo Messi hali ham yuqori pog‘onada, men u bilan futbolchi sifatida ko‘p marta to‘qnash kelganman va ertaga birinchi marta murabbiy sifatida u bilan to‘qnash kelaman. Men, hozir atigi mavjud bo‘lgan 4 himoyachi bilan o‘ynayman. Bizda mavjud bo‘lgan futbolchilarga ishonamiz. Futbolchilar, albatta, o‘zlarini qurbon qilishlari va ajoyib o‘yin namoyish etishlari kerak. Bu hal qiluvchi uchrashuv emas, ammo biz o‘z qadr-qimmatimizni isbotlay olamiz deb umid qilamiz. Biz shakllanyapmiz ammo, hamma joyda ochko yo‘qotishimiz mumkin emas. Fati va Kulusevski, ular katta istiqbolga ega bo‘lgan ikkita futbolchi. Ular zamonning ikki eng buyuk futbolchisi bilan o‘ynashadi va shu sababli har kuni ulardan saboq olish imkoniyatiga ega.”


Ronald Kuman(Barselona): “Yuventus“ Yevropaning top klubidir, u ertaga yetishmayotgan ba’zi muhim o‘yinchilariga qaramay juda kuchli o‘yin ko‘rsata oladi. Himoyasi borasida ham tajribali o‘yinchilariga ega. Ular hujumdagi o‘yinchilar bilan qanday qilib ustunlikka ega bo‘lishni bilishadi va Dibala muammo tug‘dirishi mumkin. Morata esa har doim gol urishga tayyor. Shuningdek, juda yaxshi o‘yin namoyish eta oladigan, muhim yarim himoyachilar ham bor. Biz imkon qadar ko‘proq golli vaziyatlar yaratmoqchimiz. Menga vaqt kerak, chunki biz ko‘p narsalarni o‘zgartirib yubormoqdamiz. Bizda katta ambisiyalarga ega jamoa bor. Bugun ushbu musobaqada ancha oldinda borishni istagan ajoyib jamoalar o‘rtasida, yuqori saviyadagi o‘yin kechadi. Yaxshi natijaga erishish juda muhim.”

Xulosa o‘rnida, ikki buyuk jangchi o‘rtasidsgi “duel“ning keyinga surilgani hech kimga xush kelmagani tabiiy. Umid qilamizki, kutilgan va sog‘inilgan "diydor" ikkisi uchun ham tanish bo‘lgan “Kamp Nou“da bo‘ladi. Aslida, ikkala klub ham ushbu musobaqa bosh sovrinini maqsad qilgan. Ko‘pchilik tomonidan keyingi bosqich chiqpatalari aynan ularga tegishli bo‘lishini tahmin qilinayotgan bo‘lsada, gardanda o‘zaro hisob-kitoblar, guruhning haqiqiy yetakchisi kimlgini ko‘rsatish kabi vazifalar turibdi. Ajabmaski, bu ikki o‘yin pley-offda yana ro‘baru kelinishdan avvalgi “razvedka“ bo‘lib xizmat qilsa.

Ustiga-ustak, muhim uchrashuv oldidan jiddiy yo‘qotishlar o‘rnini kim qanday yopa olishi barobarida qaysi jihatlar evaziga raqibdan ustunlik qilishining o‘zi ham ancha qiziqarli epizodlar taqdim eta olishi, shubhasiz.

Dadajon Foziljonov

Kiritildi: 13:41, 28.10.2020.
O'qildi: 5468 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.