«Barselona» darvozaboni Mark-Andre ter Shtegen umumiy guruh mashg‘ulotlariga qaytdi. Bu haqda klub rasmiy sayti xabar tarqatdi.
Germaniyalik posbonni tizzasidagi jarohat o‘tgan mavsum davomida bezovta qilib keldi. Shuning uchun u 18 avgust kuni jarrohlik stoliga yotishga majbur bo‘ldi.
Shuningdek, himoyachi Samuel Umtiti mashg‘ulotda qisman ishtirok etdi. Fransiyalik futbolchi iyun oyidan buyon maydon tashqarisida qolayotgan edi.