Kirish Ro'yxatdan o'tish
17/04 18:00 Lokomotiv - Navbahor
17/04 19:00 OKMK - Buxoro
17/04 20:15 Surxon - Qizilqum
17/04 21:30 Sassuolo - Komo
17/04 23:45 Inter - Kalyari
18/04 16:30 Brentford - Fulhem
18/04 18:00 Udineze - Parma
18/04 18:00 Neftchi - Nasaf
18/04 19:00 Lids - Vulverhempton
18/04 19:00 Nyukasl - Bornmut
18/04 19:00 Mash’al - Xorazm
18/04 20:15 Paxtakor - Dinamo
18/04 21:00 Napoli - Lasio
18/04 21:30 Tottenhem - Brayton
18/04 23:45 Roma - Atalanta
19/04 00:00 Chelsi - Man. Yunayted

Aziz G‘aniyevning ajoyib goli «Shabab al-Ahli»ga bir ochko keltirdi (video)

Aziz G‘aniyevning ajoyib goli «Shabab al-Ahli»ga bir ochko keltirdi (video)

Baho:
+1 | -

Birlashgan Arab Amirliklarining «Shabab al-Ahli» klubi milliy chempionatning 3-turi doirasida "Al-Vahda" klubi mehmoni bo‘lib, 1:1 hisobidagi durangga imzo chekdi.

Mehmonlarning goliga yarim himoyachi Aziz G‘aniyev mualliflik qildi.  O‘zbekistonlik futbolchi bahsning 73-daqiqasida belgilangan jarimani ajoyib zarba bilan golga aylantirdi. To‘p to‘singa tegib, to‘rga borib tushdi. Shu tariqa, o‘yinda hisob tenglashdi. Mezbonlar birinchi bo‘lim so‘ngida Ismoil Matarning goli evaziga hisobni ochishgan edi.

G‘aniyev uchrashuvni asosiy tarkibda boshlab, o‘yin oxiriga qadar maydonda harakat qildi. U bahsning 62-daqiqasida ogohlantirildi.

Ushbu durangdan keyin «Shabab al-Ahli» o‘z ochkolarini 5taga yetkazib oldi.

BAA Ko‘rfaz ligasi, 3-tur
«Al-Vahda» - «Shabab al-Ahli» - 1:1
Gollar: Ismoil Matar (45+1) — Aziz G‘aniyev (73)

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 21:59, 30.10.2020.
O'qildi: 4280 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик