Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/05 23:45 Fiorentina 1-1 Atalanta
23/05 21:00 Bolonya - Inter
23/05 23:45 Lasio - Piza
24/05 00:00 Betis - Levante
24/05 00:00 Jirona - Elche
24/05 00:00 Xetafe - Osasuna
24/05 00:00 Malyorka - Real Ovyedo
24/05 00:00 Real Madrid - Atletik Bilbao
24/05 00:00 Valensiya - Barselona
24/05 00:00 Alaves - Rayo Valyekano
24/05 00:00 Selta - Sevilya
24/05 00:00 Espanyol - Real Sosyedad
24/05 18:00 Parma - Sassuolo
24/05 20:00 Brayton - Man. Yunayted
24/05 20:00 Byornli - Vulverhempton
24/05 20:00 Kristal Pelas - Arsenal
24/05 20:00 Fulhem - Nyukasl
24/05 20:00 Liverpul - Brentford
24/05 20:00 Manchester Siti - Aston Villa
24/05 20:00 Nottingem Forest - Bornmut
24/05 20:00 Sanderlend - Chelsi
24/05 20:00 Tottenhem - Everton
24/05 20:00 Vest Xem - Lids
24/05 21:00 Napoli - Udineze
24/05 23:45 Torino - Yuventus
24/05 23:45 Verona - Roma
24/05 23:45 Cremonese - Komo
24/05 23:45 Lechche - Jenoa
24/05 23:45 Milan - Kalyari
25/05 00:00 Vilyarreal - Atletiko

Bugun “sherlar“ chempionlik na’rasini tortadimi? (prevyu)

Bugun “sherlar“ chempionlik na’rasini tortadimi? (prevyu)

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

Ancha qizg‘in voqealar va shiddatli o‘yinlarga boy bo‘lgan O‘zbekiston superligasi bahslari tobora o‘zining poyoniga yaqin kelmoqda. Yana 4 turdan so‘ng, milliy chempionatning 2020 yilgi mavsumi nihoyasiga yetadi. Bugun esa, Toshkentda 18 turning qoldirilgan qarama-qarshiligi kechadi. Tomonlarning birinchi davradagi to‘qnashuvida Shota Alveradzi shogirdlari raqiblari darvozasiga javobsiz 5 ta to‘p yo‘llashgan. Mavsumni yaxshi boshlagan “Bunyodkor“ ayni paytda 21 o‘yindan so‘ng 33 ochko jamg‘argan holda 5 pog‘onani band etgan. Vadim Abramov shogirdlari kelgusi turlarda faqat g‘alaba qayd etgan holda, chempionatni yuqori o‘rinlarda yakunlashni maqsad qilgani aniq. Qolaversa, dastlabki uchrashuvdagi mag‘lubiyat alami mezbonlar maydonida shiddat va keskinlikni ta’minlaydi.

Mehmonlar, so‘nggi o‘tkazilgan 5 ta o‘yinning barchasida g‘alaba qayd etishgan, mezbonlar esa, 5 ta uchrashuvdan 3 tasida mag‘lubiyat, 1 tasida durang qayd etib, bor yug‘i bir marotaba zafar quchishgan.

Xalqaro maydondagi ishtirokning omadsiz yakunidan so‘ng “Paxtakor“ chempionlik masalasini paysalga solmasligi, ko‘p ehtimol. Ushbu prinsipial to‘qnashuvda “sherlar“ zafar quchadigan bo‘lishsa, ochkolari sonini 59 taga yetkazib, eng yaqin ta’qibchi “Nasaf“ni 13 ochkolik tavfovut bilan ortda qoldirgan holda, o‘z tarixida 13 marotaba mamlakat chempionligi sovrinni boshlari uzra baland ko‘tarishadi.

Bugungacha o‘tkazilgan, o‘zaro 29 ta bellashuvdan 11 tasida “Paxtakor“ning qo‘li baland kelgan bo‘lsa, 9 tasi “qaldirg‘ochlar“ foydasiga hal bo‘lgan. Yana 9 o‘yinda jamoalar murosa yo‘lini tanlashgan. Dragan Cheran 19 ta, Nurillo To‘xtasonov 9 ta gol bilan ayni paytda jamoalarning eng yaxshi to‘purarlari bo‘lib turishibdi. Yaqindagina O‘zbekiston chempionatida o‘zining, yubiley 100 golini kiritgan Igor Sergeev esa, derbilarda to‘purarlik maqomida. Hujumchi hisobida ayni paytgacha 8 ta gol mavjud va u ham bu ko‘rsatgichni o‘zgartirishga urinib ko‘radi.

Bugungi o‘yinni boshqarib borish, hakamlar Ahrol Risqullayev, Ruslan Samandarov, Bektursin Kannazarov, Doston Mirzaraimov, nazoratchi G‘ayrat Karimov, komissar Abbos Ahrorovlardan tashkil topgan rasmiylar zimmasiga yuklatilgan. Har galgidek yaxshigina intriga taqdim etishi kutilayotgan poytaxt derbisi “Milliy“ stadiondan, to‘g‘ridan-to‘g‘ri “Sport“ telekanali orqali 17:00 dan boshlab efirga uzatiladi.

D.F tayyorladi

Kiritildi: 15:28, 05.11.2020.
O'qildi: 2897 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик