Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/02 13:00 Iroq 2-4 Eron
05/02 17:00 Indoneziya 5-3 Yaponiya
07/02 00:45 Verona - Piza
07/02 01:00 Lids - Nottingem Forest
07/02 01:00 Selta - Osasuna
07/02 17:00 Indoneziya - Eron
07/02 17:30 Man. Yunayted - Tottenhem
07/02 18:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
07/02 20:00 Bornmut - Aston Villa
07/02 20:00 Arsenal - Sanderlend
07/02 20:00 Byornli - Vest Xem
07/02 20:00 Fulhem - Everton
07/02 20:00 Vulverhempton - Chelsi
07/02 20:15 Barselona - Malyorka
07/02 22:00 Jenoa - Napoli
07/02 22:30 Nyukasl - Brentford
07/02 22:30 Sevilya - Jirona

Shohnazar Norbekov:”Noyabr oyining so‘ngi kunlarida mashg‘ulotlarga kirishaman”

Shohnazar Norbekov:”Noyabr oyining so‘ngi kunlarida mashg‘ulotlarga kirishaman”

Baho:
+ | -

Coca Cola superligasining 21-turidan o‘rin olgan “Qo‘qon-1912” – AGMK uchrashuvida jarohat olgan Shohnazar Norbekovning bugungi kundagi ahvoli, davolanish jarayonlari qay tarzda o‘tayotganligi bilan qiziqdik.

-SHohnazar sog‘liklaringiz yaxshimi? Davolanish jarayonlari qanday bo‘lyapti ?

- Assalomu alaykum. Sog‘ligim xozirgi kunda ancha yaxshi. O‘zimni juda yaxshi his qilyapman. Qiyin kunlar ortda qoldi deb o‘ylayman. Xudoga shukr , barchasi shifokorlarimiz o‘ylaganidan ko‘ra ancha yaxshi o‘tyapti. Davolanish jarayonlarini  Toshkent shahridagi klinikalarning birida  davom  ettirmoqdaman. Mutaxassis shifokorlar  tavsiya qilgan dori-darmonlarni qabul qilyapman.

-SHifokorlar sizga qachon mashg‘ulotlarga qaytishingiz mumkinligini aytishdimi?

- Avvalo hammasi Ollohdan. Shifokorlarimiz davolanish jarayonlari yaxshi ketayotganidan mamnunlar. Agar ularning tavsiyalariga to‘liq amal qilib , davolanish jarayonlarini davom ettirsam, mashg‘ulotlarga qaytishim uzoqqa cho‘zilmasligini aytishmoqda. Shifokorlarimiz 15 oktyabrda qayta ko‘rikdan o‘tishimni aytishgan. O‘sha ko‘rikdan so‘ng mashg‘ulotlarga qaytishim borasida ancha aniqlik kiritiladi menimcha. Noyabr oyining oxirgi kunlariga borib mashg‘ulotlarga ruxsat berib qolishsa kerak. Ochig‘i o‘zim ham juda sog‘indim. Uyda o‘tirish qiyin ekan. Jamoamiz o‘yinlarini televizor orqali kuzatish esa undanam qiyin bo‘lyapti. Yaxshiyam jamoadoshlarim, do‘stlarim xabar olib turishibdi. Barchalariga rahmat.

-Sizning va Suhrob Berdiyevning sog‘liklaringizni so‘rab bizga har kuni muxlislar murojaat qilib turishibdi. Barchalari sizlarga yaratgandan shifo so‘rashmoqda.

- Hammalariga rahmat. Meni o‘zimga ham  juda ko‘p insonlar telefon qilib ahvolimni so‘rashmoqda. Jamoamiz rahbarlariga, murabbiylarimiz, barcha klubimiz xodimlariga hamda hurmatli  muxlislarimizga shu fursatdan foydalanib o‘zimni minnatdorchiligimni bildirib o‘tmoqchiman. Yaqin kunlarda yana futbol maydonlarida uchrashamiz deb umid qilaman. Xudo xoxlasa yana chiroyli o‘yinlarimiz va g‘alabalarimiz bilan muxlislarimizni xursand qilamiz deb umid qilaman.

Kiritildi: 07:46, 14.11.2020.
O'qildi: 1844 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.