Kirish Ro'yxatdan o'tish
28/04 00:00 Man. Yunayted 2-1 Brentford
28/04 00:00 Espanyol 0-0 Levante
28/04 19:00 Andijon 2-1 Dinamo
28/04 19:00 So‘g‘diyona 5-2 Surxon
28/04 20:00 Paxtakor 2-2 Nasaf
28/04 23:59 PSJ 5-4 Bavariya
29/04 19:00 Qizilqum - Xorazm
29/04 19:00 Neftchi - Qo‘qon-1912
29/04 20:00 Bunyodkor - Navbahor
29/04 23:59 Atletiko - Arsenal

Xorvatiya terma jamoasi tarkibida koronavirus aniqlandi

Xorvatiya terma jamoasi tarkibida koronavirus aniqlandi

Baho:
+ | -

Italiyaning «Inter» va Xorvatiya terma jamoasi futbolchisi Marselo Brozovich koronavirusga chalinganligi haqida mamlakat futbol federasiyasi rasmiy sayti xabar bermoqda.

Xorvatiyalik futbolchilar Turkiya terma jamoasiga (3:3) qarshi o‘tkazilgan o‘rtoqlik uchrashuvidan keyin koronavirus uchun test topshirishdi. Birinchi bo‘limdan so‘ng himoyachi Domagoy Vida almashtirilgan edi, chunki o‘yin kuni uning test natijasi «potensial ijobiy» chiqqani o‘yin mobaynida ma’lum bo‘lgandi.

Test natijalariga ko‘ra, Brozovich va terma jamoaning yana bir xodimida koronavirus aniqlangan. Kasallikni yuqtirib olgan Brozovich va terma jamoa xodimi karantinga olingan. UYEFA protokoliga ko‘ra jamoaning boshqa a’zolari o‘ynashda davom etaveradi.

Xorvatiya terma jamoasi navbatdagi uchrashuvini Millatlar Ligasi doirasida 14 noyabr kuni Shvesiya terma jamoasiga qarshi o‘tkazadi.

Kiritildi: 10:59, 14.11.2020.
O'qildi: 2025 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик