Kirish Ro'yxatdan o'tish
17/04 18:00 Lokomotiv - Navbahor
17/04 19:00 OKMK - Buxoro
17/04 20:15 Surxon - Qizilqum
17/04 21:30 Sassuolo - Komo
17/04 23:45 Inter - Kalyari
18/04 16:30 Brentford - Fulhem
18/04 18:00 Udineze - Parma
18/04 18:00 Neftchi - Nasaf
18/04 19:00 Lids - Vulverhempton
18/04 19:00 Nyukasl - Bornmut
18/04 19:00 Mash’al - Xorazm
18/04 20:15 Paxtakor - Dinamo
18/04 21:00 Napoli - Lasio
18/04 21:30 Tottenhem - Brayton
18/04 23:45 Roma - Atalanta
19/04 00:00 Chelsi - Man. Yunayted

Millatlar Ligasi. Angliya safarda Belgiyaga imkoniyatni boy berdi, Italiya esa Polshadan ustun keldi

Millatlar Ligasi. Angliya safarda Belgiyaga imkoniyatni boy berdi, Italiya esa Polshadan ustun keldi

Baho:
+ | -

UYEFA Millatlar Ligasining 5-turidan o‘rin olgan so‘nggi uchrashuvlar 15 noyabr, yakshanba kuni bo‘lib o‘tdi.

Kunning markaziy o‘yini Belgiya va Angliya terma jamoalari o‘rtasida kechdi. Uchrashuvning 10-daqiqasidayoq Yuri Tilemans mezbonlarni oldinga olib chiqdi. 23-daqiqada Dris Mertens jarima zarbasini aniq ijro etgan holda ikkinchi golni urdi. Ushbu hisob o‘yin yakuniga qadar saqlanib qoldi. Ushbu g‘alabadan keyin belgiyaliklar o‘z ochkolarini 12taga yetkazishdi. Angliya esa final bosqichiga chiqish imkoniyatidan mahrum bo‘ldi.

Guruhning ikkinchi o‘yinida Daniya terma jamoasi Kristian Eriksenning dubli evaziga Islandiyani taslim etdi. Shu tariqa yarim final taqdiri so‘nggi turda Belgiya va Daniya o‘rtasidagi uchrashuvda hal bo‘ladi.

Italiya terma jamoasi o‘z uyida Polshani qabul qildi. Uchrashuvning 27-daqiqasida Jorjinyo penaltini aniq ijro etgan holda maydon egalarining dastlabki golini urdi. 77-daqiqada mehmonlar Yasek Guralskining chetlatilishidan keyin bir o‘yinchi kam bo‘lib qoldi. 83-daqiqada esa Italiya ikkinchi golini urdi.

Ushbu g‘alabadan keyin Italiya ochkolarini 9 taga yetkazib olgan holda A Liga 1-guruhida birinchi o‘ringa ko‘tarildi. Undan keyin pog‘onada Niderlandiya (8) bormoqda. Polshada esa 7 ochko mavjud.

Millatlar ligasi, 5-tur
15 noyabr, yakshanba

Belgiya — Angliya 2:0
Gollar: 1:0 – 10 Tilemans, 2:0 – 23 Mertens.
Belgiya: Kurtua, Denayer, Alderveyreld, Vertongen, MenYE, Tilemans, Vitsel, Azar, de Bryuyne, Lukaku, Mertens (Prat, 83).
Angliya: Pikford, Trippyer (Sancho, 70), Chiluell (Saka, 38), Uoker, Dayer, Maunt (Kelvert-Lyuin, 69), Rays, Grilish, Henderson (Uinks, 46), Mingz, Keyn.
Ogohlantirishlar: Vitsel (44), Alderveyreld (51), Menye (54).

Italiya — Polsha 2:0
Gollar: 1:0 – 27, penalti Jorjinyo, 2:0 – 83 Berardi.
Italiya: Donnarumma, Acherbi, Florensi (Di Lorenso, 89), Emerson, Bastoni, Barella, Lokatelli, Insinye (ash-SHaaravi, 89), Jorjinyo, Bernardeski (Berardi, 64), Belotti (Okaka Chuka, 79).
Polsha: Shchensni, Glik, Bereshinski, Bednarek, Retsa, Linetti (Milik, 74), Shimanski (Zelinski, 46), Yuzvyak (Grosiski, 46), Krixovyak, Moder (Guralski, 46), Levandovski.
Ogohlantirishlar: Krixovyak (26), Belotti (29), Guralski (62).
Chetlatish: Guralski (77).

Vengriya — Serbiya 1:1
Gollar: 0:1 – 17 Radonich, 1:1 – 39 Kalmar.

Sloveniya — Kosovo 2:1
Gollar: 0:1 – 58 Muriki, 1:1 – 62 Kurtich, 2:1 – 90, penalti Ilichich.

Moldova — Gresiya 0:2
Gollar: 0:1 – 32 Fortunis, 0:2 – 41 Bakasetas.

Chexiya — Isroil 1:0
Gol: 1:0 – 7 Darida.

Avstriya — Shimoliy Irlandiya 2:1
Gollar: 0:1 – 74 Majennis, 1:1 – 81 Shaub, 2:1 – 87 Grbich.

Daniya — Islandiya 2:1
Gollar: 1:0 – 12, penalti Eriksen, 1:1 – 85 Kyartansson, 2:1 – 90, penalti Eriksen.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 07:19, 16.11.2020.
O'qildi: 3263 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик