Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/02 13:00 Iroq 2-4 Eron
05/02 17:00 Indoneziya 5-3 Yaponiya
07/02 00:45 Verona - Piza
07/02 01:00 Lids - Nottingem Forest
07/02 01:00 Selta - Osasuna
07/02 17:00 Indoneziya - Eron
07/02 17:30 Man. Yunayted - Tottenhem
07/02 18:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
07/02 20:00 Bornmut - Aston Villa
07/02 20:00 Arsenal - Sanderlend
07/02 20:00 Byornli - Vest Xem
07/02 20:00 Fulhem - Everton
07/02 20:00 Vulverhempton - Chelsi
07/02 20:15 Barselona - Malyorka
07/02 22:00 Jenoa - Napoli
07/02 22:30 Nyukasl - Brentford
07/02 22:30 Sevilya - Jirona

Aziz G‘aniyev: «Iroq kuchli raqib, ammo ularga ham qiyin bo‘ladi»

Aziz G‘aniyev: «Iroq kuchli raqib, ammo ularga ham qiyin bo‘ladi»

Baho:
+ | -

BAAning «Shabob al-Ahli» klubi va O‘zbekiston terma jamoasi yarim himoyachisi Aziz G‘aniyev klubidagi faoliyati va terma jamoaning Iroqqa qarshi kechadigan uchrashuvi haqida fikr bildirdi.

"Boshida «Shabob al-Ahli»ga, murabbiylarga moslashish kerak bo‘ldi. Undan keyin o‘zimning yaxshi o‘yinlarimni ko‘rsatishga harakat qildim. Asta-sekin murabbiylar ishonchini qozondim va asosiy tarkibdan joy oldim. Shukurki, hozirda asosiy tarkibda harakat qilyapman, chempionatlar ham boshlandi, endi bundan keyin faqat o‘yinlar bo‘ladi.

Jarima zarbalari? O‘yindan avval jarima zarbalari tepish borasida mashg‘ulot bo‘ladi. 2-3 futbolchi kelib jarimalarni tepadi. Menda ko‘proq o‘xshagani uchun murabbiy meni jarima zarbalarining asosiy ijrochisiga aylantirdi. Shundan buyon standart vaziyatlarni men ijro etyapman.

Iroq terma jamoasi ham kuchli raqib. Ularning o‘yinlarini ko‘rib, kuchli va kuchsiz tomonlarini o‘rgandik. Ular uchun ham qiyin o‘yin bo‘ladi. Ularga qarshi o‘yin uchun tayyorgarlikni boshladik. Nasib qilsa, chiroyli o‘yin ko‘rsatib muxlislarni xursand qilishga harakat qilamiz", — dedi Aziz G‘aniyev.

O‘zbekiston terma jamoasi 17 noyabr kuni BAAda Iroq terma jamoasiga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazadi.

Eslatib o‘tamiz, 12 noyabr kuni O‘zbekiston terma jamoasi Suriyaga qarshi bahs olib bordi va 0:1 hisobida mag‘lubiyatga uchradi.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 07:47, 17.11.2020.
O'qildi: 3431 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.