Kirish Ro'yxatdan o'tish
17/04 18:00 Lokomotiv - Navbahor
17/04 19:00 OKMK - Buxoro
17/04 20:15 Surxon - Qizilqum
17/04 21:30 Sassuolo - Komo
17/04 23:45 Inter - Kalyari
18/04 16:30 Brentford - Fulhem
18/04 18:00 Udineze - Parma
18/04 18:00 Neftchi - Nasaf
18/04 19:00 Lids - Vulverhempton
18/04 19:00 Nyukasl - Bornmut
18/04 19:00 Mash’al - Xorazm
18/04 20:15 Paxtakor - Dinamo
18/04 21:00 Napoli - Lasio
18/04 21:30 Tottenhem - Brayton
18/04 23:45 Roma - Atalanta
19/04 00:00 Chelsi - Man. Yunayted

Umid Ahmadjonov BAA futbol assosiasiyasi prezidenti bilan uchrashdi

Umid Ahmadjonov BAA futbol assosiasiyasi prezidenti bilan uchrashdi

Baho:
+ | -
Bo'lim: OSIYO
Rukn: Yangiliklar

Osiyo Olimpiya Kengashi vise-prezidenti Umid Ahmadjonov Birlashgan Arab Amirliklarida bo‘lib, BAA futbol assosiasiyasi prezidenti va Ajman shahri meri Rashid bin Humaid Al-Nuaymiy bilan uchrashdi.

Ahmadjonovga Osiyo Olimpiya Kengashining xalqaro aloqalar qo‘mitasi a’zosi va Kurash xalqaro assosiasiyasi vise-prezidenti Ziyoviddin Xojiniyazov hamrohlik qildi.

Uchrashuv davomida tomonlar BAA futbol assosiasiyasi va BAAFA bilan uzoq yillik do‘stlik munosabatlariga ega bo‘lgan Umid Ahmadjonov o‘rtasidagi hamkorlik masalalarini muhokama qildilar.

Ahmadjonov uchrashuvda BAA futbol assosiasiyasi faoliyati nafaqat BAAda, balki Osiyo va dunyoda futbolni rivojlantirishga qaratilganini ta’kidladi.

Muzokaralar chog‘ida Umid Ahmadjonov O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan to‘rt yil avval boshlangan oshkoralik siyosati va keng ko‘lamli islohotlar sabab Yangi O‘zbekiston barcha sohalarda, jumladan, sport va futbolda jadal rivojlanib borayotganini qayd etdi.

Shuningdek, Ahmadjonov  Osiyo Olimpiya Kengashi shayx Ahmad al-Fahad as-Saboh boshchiligida koronavirus pandemiyasi oqibatlarini muammosiz bartaraf etish uchun butun Osiyo bo‘ylab sport harakatini va uning a’zolarini qo‘llab-quvvatlash uchun barcha sa’y-harakatlarni amalga oshirayotganini qo‘shimcha qildi.

Tomonlar o‘zlarini qiziqtirgan boshqa masalalarni ham muhokama qilib va samarali hamkorlikning davom etishiga umid bildirgan.

Eslatib o‘tamiz, Umid Ahmadjonov  2019 yilning mart oyida Osiyo Olimpiya Kengashi vise-prezidenti lavozimiga saylangandi.

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 15:14, 19.11.2020.
O'qildi: 6337 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик