Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/03 00:45 Torino 4-1 Parma
14/03 01:00 Alaves 1-1 Vilyarreal
14/03 18:00 Jirona 3-0 Atletik Bilbao
14/03 19:00 Inter 1-1 Atalanta
14/03 20:00 Sanderlend 0-1 Brayton
14/03 20:00 Byornli 0-0 Bornmut
14/03 20:15 Atletiko 1-0 Xetafe
14/03 22:00 Napoli 2-1 Lechche
14/03 22:30 Chelsi 0-1 Nyukasl
14/03 22:30 Arsenal 2-0 Everton
14/03 22:30 Real Ovyedo 1-0 Valensiya
15/03 00:45 Udineze - Yuventus
15/03 01:00 Vest Xem - Manchester Siti
15/03 01:00 Real Madrid - Elche
15/03 16:30 Verona - Jenoa
15/03 18:00 Malyorka - Espanyol
15/03 19:00 Nottingem Forest - Fulhem
15/03 19:00 Man. Yunayted - Aston Villa
15/03 19:00 Kristal Pelas - Lids
15/03 19:00 Piza - Kalyari
15/03 19:00 Sassuolo - Bolonya
15/03 20:15 Barselona - Sevilya
15/03 21:30 Liverpul - Tottenhem
15/03 22:00 Komo - Roma
15/03 22:30 Betis - Selta
16/03 00:45 Lasio - Milan
16/03 01:00 Real Sosyedad - Osasuna

Mirjalol Qosimov: "Dramatik o‘yin bo‘ldi"

Mirjalol Qosimov: "Dramatik o‘yin bo‘ldi"

Baho:
+ | -

AGMK klubi bosh murabbiyi Mirjalol Qosimov "Lokomotiv" klubiga qarshi bo‘lib o‘tgan uchrashuvdan so‘ng matbuot anjumanida ishtirok etdi.

- Dramatik o‘yin bo‘ldi. Havoning sovuqligiga qaramasdan, jamoalar qattiq kurashdi. Qolaversa, faqatgina g‘alaba uchun o‘ynashdi. Fursatdan foydalanib, so‘nggi daqiqada g‘alabani ilib ketgan "Lokomotiv"ni g‘alaba bilan tabriklayman. Temp bo‘yicha ham, kurash borasida ham yaxshi o‘yin bo‘ldi. Albatta, biz ham oldimizga muvaffaqiyat qozonishni maqsad qilib maydonga tushgandik. Bu futbol. Shunday paytlar bo‘ladi, jamoa oddiygina xatolarning ortidan mag‘lubiyatga uchraydi.

- "Bunyodkor"da ishlab yurgan paytingizda, asosan yosh futbolchilarni ko‘proq o‘ynatardingiz. AGMKda esa asosan tajribali futbolchilarga e’tibor qaratyapsiz. Jamoada yoshlar va yoshi kattalarning o‘rtasida uyg‘unlik yo‘qdek ko‘rinmoqda.

- "Bunyodkor", "Paxtakor", "Nasaf"ning akademiyasida yosh va iqtidorli futbolchilar juda ko‘p. Shuning uchun ham u yerda yoshlar bilan ishlash osonroq. Bizda ham yoshlar juda ko‘p. Ularni sekin-sekin asosiy jamoaga qo‘shyapmiz. Yoshlar jamoamizda yaxshi futbolchilar bor. Barchaning vaqt soati bor. Bugungi o‘yinda biz osongina g‘alabani berib qo‘ydik. Lekin shijoat va kuch-g‘ayrat jabhasida aytishim mumkin, biror futbolchimni yugurmadi deb bo‘lmaydi. Haqiqatdan ham agarda Bikmayev gol urgan vaziyatda jarimadan to‘pni noto‘g‘ri ko‘tardik, ketidan Rahmatov markazda Bikmayevni yiqitishi kerak edi, bu kichik fol deyilardi. Qolaversa, Saydullo to‘pni autga chiqarib yubormasdan, darvozabonga uzatishi mumkin edi. Yana bir oddiy xato - Saydullo autga chiqib ketgan to‘pga qaramadi, "Lokomotiv" futbolchilari tezkorlik bilan o‘yinni boshlab ketdi. Shu xatolar "Loko"ga 3 ochko taqdim qildi. Futbol shunday - oddiy xatolar shunchalik ko‘p bo‘lsa jamoaga qiyin bo‘ladi. Kecha bu borada ko‘p gaplashdik. Bugungi o‘yinda durang adolatli natija bo‘lardi.

- Zaxiradan tushgan futbolchilar o‘yinni kuchaytirmagandek. E’tiborni Saydullo Rahmatovga qaratmoqchiman. Unga qizil libos berib qo‘ysangiz bo‘ldi. U "Loko" uchun o‘ynagandek ko‘rindi.

- (kuladi) Ishlamagan odam xato qilmaydi. Bu mening xatoim. Almashtirish jarayonida xato qildim deb o‘ylayman. Zaxiradan tushgan boshqa futbolchilar o‘yinni kuchaytirdi, lekin Saydullo emas.

- Elguja Grigalashvili 90 daqiqaga tayyor emasmidi?

- Ikkinchi bo‘limda u yugurishni to‘xtatib qo‘ydi. Futboldagi birinchi eng kerakli jihat - yugurish. Faqatgina to‘p tushganda emas, balki hamma himoyaga yordam berishi kerak. Jamoaviy himoya degan faktor bor. Bir kishi himoyada ham hujumda ham yordam bermasa, muvozanat buzilmadi. Shuning uchun ham men uni olib, himoyaga Saydulloni tushurgandim.

Manba: АГМК матбуот хизмати
Kiritildi: 20:53, 19.11.2020.
O'qildi: 2038 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.