Kirish Ro'yxatdan o'tish
09/05 00:00 Levante 3-2 Osasuna
09/05 16:30 Liverpul 1-1 Chelsi
09/05 17:00 Elche 1-1 Alaves
09/05 18:00 Kalyari 0-2 Udineze
09/05 19:00 Fulhem 0-1 Bornmut
09/05 19:00 Brayton 3-0 Vulverhempton
09/05 19:00 Sanderlend 0-0 Man. Yunayted
09/05 19:15 Sevilya 2-1 Espanyol
09/05 21:00 Lasio 0-3 Inter
09/05 21:30 Manchester Siti 3-0 Brentford
09/05 21:30 Atletiko 0-1 Selta
09/05 23:45 Lechche 0-1 Yuventus
10/05 00:00 Real Sosyedad 2-2 Betis
10/05 15:30 Verona - Komo
10/05 17:00 Malyorka - Vilyarreal
10/05 18:00 Byornli - Aston Villa
10/05 18:00 Nottingem Forest - Nyukasl
10/05 18:00 Kristal Pelas - Everton
10/05 18:00 Cremonese - Piza
10/05 18:00 Fiorentina - Jenoa
10/05 19:15 Atletik Bilbao - Valensiya
10/05 20:30 Vest Xem - Arsenal
10/05 21:00 Parma - Roma
10/05 21:30 Real Ovyedo - Xetafe
10/05 23:45 Milan - Atalanta
11/05 00:00 Barselona - Real Madrid
11/05 23:45 Napoli - Bolonya
12/05 00:00 Tottenhem - Lids
12/05 00:00 Rayo Valyekano - Jirona

Jasur Hamroyev: «Nima ham derdim, bu – futbol»

Jasur Hamroyev: «Nima ham derdim, bu – futbol»

Baho:
+ | -

Pro liga 18-turi doirasidagi «Turon» - «Dinamo» (3:0) uchrashuvidan keyin samarqandliklar katta murabbiyi Jasur Hamroyev matbuot anjumanida ishtirok etib, o‘yin borasida o‘z fikrlarini bildirdi.

- Uchrashuv haqidagi fikrlaringiz?
- Bu o‘yin raqibimiz uchun ham, biz uchun ham pley-offga yo‘llanma beradigan Pro-ligadagi 2-o‘rin uchun kurash edi. O‘yinni yomon boshlamadik, ikki tomon ham tengkurash ko‘rsatayotgan edi. Ammo bo‘lim oxirida himoyadagi xatomiz tufayli gol o‘tkazib yubordik. Natijada raqib ustunlikni o‘z qo‘liga oldi.

Ikkinchi bo‘limda vaziyatlar yaratgan bo‘lsak-da, gol kiritish uchun yigitlarimizda mahorat yetishmadi. Vaziyatdan foydalanilganda ehtimol o‘yin boshqacha kechardi.

- «Dinamo» avvalgi ikki turda peshqadam «Neftchi»ni mag‘lub etdi, «Sho‘rtan» bilan yaxshi o‘ynab durang qayd etdi. Bugungi o‘yin va natija esa avvalgi ikki bahsdan katta farq qilgani sababi nimada?
- Mavsum yakunida jamoada charchoq va jarohatlar o‘z ta’sirini o‘tkazdi. Shu bois o‘yinimizda pasayish kuzatilgan bo‘lishi mumkin. Chunki har 3-4 kunda o‘ynayapmiz, qolaversa mavsum yakuni sababli aksariyat futbolchilar bardosh bera olishmaydi.

- «Dinamo» amalda Superligaga chiqish imkoniyatini yo‘qotdi. Keyingi ikki o‘yinda jamoani qanday ruhlantirmoqchisiz?
- Mavsum boshidan oxirigacha maqsadimiz Superligaga chiqish edi. Ammo jarohatlar pand berdi, deb o‘ylayman. Nima ham derdim, bu – futbol. Keyingi ikki o‘yinda ham maydonga tushib kurashamiz. Bu yil chiqmasak, keyingi yil Superligaga chiqish uchun kurashamiz.

Manba: fcdinamo.uz
Kiritildi: 22:10, 19.11.2020.
O'qildi: 1939 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик