Urugvay terma jamoasida koronavirus yuqtirib olish hollari davom etmoqda.
Payshanba kuni Darvin Nunyesning test natijalari musbat chiqqandi, undan keyin yana ikki futbolchida koronavirus borligi aniqlandi.
Urugvay terma jamoasining JCH-2022 saralash o‘yinlarida ishtirok etayotganlarning 15 tasida koronavirus borligi ma’lum qilingandi. Endi ushbu ro‘yxatda Gabriel Neves ("Nasyonal Montevideo") va Brayan Rodrigeslar ("Los-Andjeles") ham joy olishdi.













