Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/11 01:00 Xetafe 2-0 Valyadolid
23/11 15:00 Olimpik 0-1 Bunyodkor
23/11 17:15 Andijon 3-0 Dinamo
23/11 17:30 Lester 1-2 Chelsi
23/11 18:00 Valensiya 4-2 Betis
23/11 19:00 Verona 0-5 Inter
23/11 20:00 Bornmut 1-2 Brayton
23/11 20:00 Arsenal 3-0 Nottingem Forest
23/11 20:00 Aston Villa 2-2 Kristal Pelas
23/11 20:00 Everton 0-0 Brentford
23/11 20:00 Fulhem 1-4 Vulverhempton
23/11 20:15 Atletiko 2-1 Alaves
23/11 22:00 Milan 0-0 Yuventus
23/11 22:30 Manchester Siti 0-4 Tottenhem
23/11 22:30 Las-Palmas 2-3 Malyorka
23/11 22:30 Jirona 4-1 Espanyol
24/11 00:45 Parma 1-3 Atalanta
24/11 01:00 Selta 2-2 Barselona
24/11 15:00 Metallurg 1-0 Surxon
24/11 16:30 Jenoa 2-2 Kalyari
24/11 17:15 So‘g‘diyona 2-0 Lokomotiv
24/11 18:00 Osasuna 2-2 Vilyarreal
24/11 19:00 Sautgempton 2-3 Liverpul
24/11 19:00 Torino 1-1 Monsa
24/11 19:00 Komo 0-2 Fiorentina
24/11 20:15 Sevilya - Rayo Valyekano
24/11 21:30 Ipsvich - Man. Yunayted
24/11 22:00 Napoli - Roma
24/11 22:30 Leganes - Real Madrid
25/11 00:45 Lasio - Bolonya
25/11 01:00 Atletik Bilbao - Real Sosyedad
25/11 22:30 Empoli - Udineze

“Lokomotiv” shifokori fikrlari bo‘yicha O‘zPFL munosabat bildirdi

“Lokomotiv” shifokori fikrlari bo‘yicha O‘zPFL munosabat bildirdi

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

Milliy terma jamoa va “Lokomotiv” klubidagi faoliyati orqali tanilgan shifokor Abror Pirriyev telegramda kanal yuritishni boshladi. Sport medisinasiga befarq bo‘lmagan insonlar mazkur kanalni kuzatib borishlari mumkin. 

Kanaldagi so‘nggi postda kecha bo‘lib o‘tgan “Lokomotiv” — AGMK uchrashuvi haqida to‘xtalingan. Qorli sharoitda “Lokomotiv” futbolchilari uchun kiyimlarga mos gamashlar tayyorlab qo‘yilgani, ammo uchrashuv inspektori hamda komissari bunga ruxsat bermagani yozilgan. 

Birinchidan, klub ma’muri gamashlar qora ekanini ma’lum qilgan. Kiyim qizil rangda, gamash qora rangda bo‘lsa, bu holat “O‘yin qoidalari”ga to‘g‘ri kelmaydi. “O‘yin qoidalari (2020-21)”da shunday yozilgan: “shortlar ichidan kiyiladigan kiyimlar shu short va uning pastki qismi bilan bir xil rangda bo‘lishi kerak”. 

Tushuntirish. Agar ham “Lokomotiv”, ham AGMK futbolchilari bir xilda qora rangli gamashlardan foydalansa, bu futbolchilarning yakkakurashlarida hamda oyoq harakatlarida hakamlarning o‘yinni kuzatib borishlariga ta’sir o‘tkazadi. Futbol muxlislari yaxshi biladiki, aynan shu sabab bilan har ikki jamoa getralari ham bir-biridan farq qilishi shart. 

Ikkinchidan, O‘zPFL komissari mazkur masala bo‘yicha klub vakili hamda inspektorni yuzlashtirgan. Shundan kelib chiqilsa, “Lokomotiv” shifokorining komissar bo‘yicha munosabati to‘g‘ri emas. Shifokor bu e’tiborsizlik uchun komissardan uzr ham so‘radi. 

“O‘yin qoidalari 2020-21” mavsum avvalida tasdiqlangan. Professional klub sifatida “Lokomotiv” bunga tayyor turishi va sovuq kunlar uchun o‘z futbolchilariga formalar bilan bir xil rangdagi gamashlarni tayyorlab qo‘yishi lozim edi. Boisi, musobaqaning dekabr oyida ham davom etishi avgustdayoq ma’lum edi. 

O‘zPFL shifokorlar tavsiyalarini diqqat bilan o‘rganib chiqishga va futbolchilar salomatligi masalasidan kelib chiqib, bu boradagi takliflarni kiritishga tayyor. Ya’ni, har qanday masalani qayta ko‘rib chiqish mumkin. Biroq futbol qoidalariga ham birdek amal qilishi shart. Ayniqsa, o‘sha qoidalar yil avvalida tasdiqlab qo‘yilgan bo‘lsa. 

Biz Abror Pirriyevning kelgusi faoliyatiga omad tilaymiz hamda avval masalani tushunib, shundan keyingina uni e’lon qilish to‘g‘ri yo‘l deb bilamiz. Zero bu holat biror tashkilot obro‘siga putur yetkazishi mumkin. O‘zPFL eshiklari barcha shifokorlar va klublar vakillari uchun ochiq, ular o‘z takliflarini istalgan vaqtda bildirish imkoniyatiga egalar.

Kiritildi: 12:28, 20.11.2020.
O'qildi: 2102 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.