Kirish Ro'yxatdan o'tish
12/04 00:00 Sevilya 2-1 Atletiko
12/04 15:30 Jenoa 2-1 Sassuolo
12/04 16:00 Navbahor 2-0 Surxon
12/04 17:00 Dinamo 1-2 Lokomotiv
12/04 17:00 Osasuna 1-1 Betis
12/04 18:00 Parma 1-1 Napoli
12/04 18:00 Kristal Pelas 2-1 Nyukasl
12/04 18:00 Nottingem Forest 1-1 Aston Villa
12/04 18:00 Sanderlend 1-0 Tottenhem
12/04 18:15 Andijon 1-2 OKMK
12/04 19:15 Malyorka 3-0 Rayo Valyekano
12/04 20:30 Chelsi 0-3 Manchester Siti
12/04 21:00 Bolonya 2-0 Lechche
12/04 21:30 Selta 0-3 Real Ovyedo
12/04 23:45 Komo 3-4 Inter
13/04 00:00 Atletik Bilbao 1-2 Vilyarreal
13/04 18:00 Nasaf - Buxoro
13/04 19:00 Paxtakor - Mash’al
13/04 20:15 Qizilqum - So‘g‘diyona
13/04 23:45 Fiorentina - Lasio
14/04 00:00 Man. Yunayted - Lids
14/04 00:00 Levante - Xetafe
14/04 18:00 Xorazm - Qo‘qon-1912
14/04 20:15 Bunyodkor - Neftchi

Baxtiyor Ashurmatov:”Biz uchun chempionat endi boshlanayotgandek tuyulmoqda”

Baxtiyor Ashurmatov:”Biz uchun chempionat endi boshlanayotgandek tuyulmoqda”

Baho:
+ | -

Coca Cola superligasining 23-turidan o‘rin olgan "Paxtakor" - "Qo‘qon-1912" o‘yinidan keyingi matbuot anjumanining birinchi qismida mehmonlar ustozi Baxtiyor Ashurmatov ishtirok etdi.

- Avvalambor, “Paxtakor”ni bu yilgi mavsumdagi chempionlik bilan tabriklayman. Ular bu yilgi mavsumda chempionlikka munosib o‘yin namoyish etishdi va boshqa jamoalardan kuchli ekanliklarini isbotlashdi. Chempionlikka katta mehnat evaziga haqqoniy erishishdi. O‘yinga keladigan bo‘lsak, afsuski, “Paxtakor”ga qarshi bahsda shuncha imkoniyatga ega bo‘lib, himoyada bunday xatolarga yo‘l qo‘yish achinarli. Himoyada xatolarga yo‘l qo‘yganimiz tufayli bugun mag‘lubiyatga uchradik.

Bugungi bahsda vaziyatlar yaratish bo‘yicha ustunlik qilgan bo‘lsa-da, raqibimiz g‘alaba qozonishi bu ularning mahorat borida kuchli ekanligini anglatadi. Raqibimiz yarimta imkoniyatdan ham gol urmoqda. Vaziyat yaratgan o‘yinchilarimiz biroz shoshib qolgan bo‘lishlari mumkin. Himoyadagi xatolarga kelsak, futbolchilarimiz ongida “Paxtakor” kuchliroq jamoa degan fikr bo‘lgan bo‘lishi mumkin. Fakt shuki bugun mag‘lub bo‘ldik. Bugun alamli mag‘lubiyatni qabul qilib oldik, desam ham bo‘ladi. Biz ko‘p vaziyatlarga ega bo‘lgandik.

Qolgan o‘yinlarga yigitlarni qanday tayyorlashim mumkin. “Paxtakor” bilan o‘yin oldidan ham futbolchilarga biz uchun mavsum endi boshlandi deb aytgandim. So‘nggi turlarda chempionat bahslari ancha qiziqarli kechmoqda. Eng yaqin ta’qibchilarimiz ham g‘alaba qozonishmoqda. Xatolarni ustida ishlaymiz deyishimiz ham mumkin edi. Qolgan o‘yinlarda yanada kuchli ishtiyoq bilan maydonga tushib, Qo‘qon tarixidagi eng yaxshi ko‘rsatkichga ega bo‘lamiz. Oldinda bizni qiyin o‘yinlar kutib turibdi. “Loko” bilan bo‘ladigan bahs ham, “vodiy derbilari” ham oson bo‘lmasligi turgan gap. Jangavorlik va kuchli ruhiyat evaziga keyingi bellashuvlarda kutilgan natijaga erishishimiz mumkin. Aytganimdek, chempionat biz uchun endi boshlanyapti.

Yigitlarimiz har bir o‘yinda borlarini berib harakat qilishmoqda.

Kiritildi: 20:02, 20.11.2020.
O'qildi: 1425 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик