Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/06 06:00 AQSh 4-1 Paragvay
13/06 23:59 Qatar 1-1 Shveysariya
14/06 03:00 Braziliya 1-1 Marokash
14/06 06:00 Gaiti 0-1 Shotlandiya
14/06 09:00 Avstraliya 2-0 Turkiya
14/06 22:00 Germaniya 3-1 Kyurasao
15/06 01:00 Niderlandiya - Yaponiya
15/06 04:00 Kot-d'Ivuar - Ekvador
15/06 07:00 Shvesiya - Tunis
15/06 21:00 Ispaniya - Kabo-Verde
15/06 23:59 Belgiya - Misr

Simeone: «Urilgan gol bizga xotirjam harakat qilishga imkon berdi»

Simeone: «Urilgan gol bizga xotirjam harakat qilishga imkon berdi»

Baho:
+ | -

«Atletiko» bosh murabbiyi Diyego Simeone Ispaniya La ligasining 10-turi doirasida bo‘lib o‘tgan «Barselona»ga qarshi o‘yin (1:0) borasida o‘z fikrini bildirib o‘tdi.

«Futbolda uchrashuvdan uchrashuvga harakatlanish kerak. Ba’zida g‘alaba qozonamiz, ba’zida mag‘lub bo‘lamiz. "Barsa"ga qarshi so‘nggi o‘yinlarda biz hamisha g‘alabaga yaqin bo‘lgan edik.

Jamoaning harakatlaridan qoniqish hosil qildim. Jamoa himoyada va hujumda qanday o‘ynash kerakligini yaxshi tushundi. Bizda yaxshi imkoniyatlar bo‘ldi. Masalan, Lyorente gol urishi mumkin edi. Urilgan gol bizga xotirjam harakat qilishga imkon berdi. Ammo «Barselona»da g‘alaba qozonish uchun hamisha imkoniyat bo‘ladi.

Bizda yaxshi o‘yinchilar yig‘ilganini anchadan beri aytib kelyapman. Bu esa bizdan kutayotgan natijani qayd etish uchun imkoniyat beradi. G‘oyalar va ijrochilar o‘rtasida bog‘liqlik bo‘larkan, ajoyib narsa yuzaga keladi», — dedi Simeone.

«Atletiko» Ispaniya chempionatida ketma-ket 5ta o‘yindan beri g‘alaba qozonib kelmoqda. Jamoa 20 ochko bilan jadvalda 2-o‘ringa ko‘tarilib oldi. «Barselona» esa 11 ochko bilan 10-pog‘onada bormoqda.

Manba: sport24.ru
Kiritildi: 08:39, 22.11.2020.
O'qildi: 1535 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик