Kirish Ro'yxatdan o'tish
17/04 18:00 Lokomotiv - Navbahor
17/04 19:00 OKMK - Buxoro
17/04 20:15 Surxon - Qizilqum
17/04 21:30 Sassuolo - Komo
17/04 23:45 Inter - Kalyari
18/04 16:30 Brentford - Fulhem
18/04 18:00 Udineze - Parma
18/04 18:00 Neftchi - Nasaf
18/04 19:00 Lids - Vulverhempton
18/04 19:00 Nyukasl - Bornmut
18/04 19:00 Mash’al - Xorazm
18/04 20:15 Paxtakor - Dinamo
18/04 21:00 Napoli - Lasio
18/04 21:30 Tottenhem - Brayton
18/04 23:45 Roma - Atalanta
19/04 00:00 Chelsi - Man. Yunayted

Vadim Abramov O‘zbekiston terma jamoasining asosiy kamchiligi nimada ekanini aytdi

Vadim Abramov O‘zbekiston terma jamoasining asosiy kamchiligi nimada ekanini aytdi

Baho:
+ | -

O‘zbekiston terma jamoasi va «Bunyodkor» klubi bosh murabbiyi Vadim Abramov terma jamoaning asosiy muammosi haqida gapirdi.

"Ha, ko‘pincha gol o‘tkazib yuboramiz. Bunga sabab qilib himoyachilarning birga bir vaziyatda o‘ynay olmasligini ko‘rsatish mumkin. Muammo bolalar futbolidagi murabbiylarga borib taqaladi. Afsuski, ular bolalarni birga bir o‘ynashga o‘rgatmaydi. Bizda bolalar futbolida ham bitta hujumchi bilan o‘ynaladi va unga qarshi to‘rtta himoyachi o‘ynaydi. Shu sabab ular sifat emas, son evaziga himoyalanadi. Birga bir vaziyatda o‘ynashni o‘rganmagani kattalar futbolida ham o‘z ta’sirini ko‘rsatadi.

«Bunyodkor»da shunday salohiyatga ega futbolchi bormi? Albatta, menimcha, Islom Qobilov so‘nggi vaqtlarda bu borada o‘sishga erishdi. Klubga kelgan vaqtim himoyachilarni sinovdan o‘tkazdim. Shunday mashq bor, hujumchi va himoyachi birga bir vaziyatda bellashadi. To‘g‘risini aytsam, Qobilov to‘pni qanday olib qo‘yishni bilmasligi men uchun «syurpriz» bo‘lgan. Juda hayron qolgandim, bu meni shok holatiga tushirgandi. Axir, u olimpiya terma jamoasining asosiy futbolchisi edi", — dedi Vadim Abramov.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 08:08, 25.11.2020.
O'qildi: 5101 marta.
Fikrlar: 4 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик