Kirish Ro'yxatdan o'tish
12/03 01:00 Bude-Glimt 3-0 Sporting
12/03 01:00 PSJ 5-2 Chelsi
12/03 01:00 Real Madrid 3-0 Manchester Siti
12/03 19:30 OKMK 2-2 So‘g‘diyona
12/03 20:00 Dinamo 1-1 Nasaf
14/03 00:45 Torino - Parma
14/03 01:00 Alaves - Vilyarreal
14/03 18:00 Jirona - Atletik Bilbao
14/03 19:00 Inter - Atalanta
14/03 20:00 Sanderlend - Brayton
14/03 20:00 Byornli - Bornmut
14/03 20:15 Atletiko - Xetafe
14/03 22:00 Napoli - Lechche
14/03 22:30 Chelsi - Nyukasl
14/03 22:30 Arsenal - Everton
14/03 22:30 Real Ovyedo - Valensiya

O‘zbekiston U20 ayollar terma jamoasi qur’a tashlash marosimida 1-savatchadan o‘rin oladi

O‘zbekiston U20 ayollar terma jamoasi qur’a tashlash marosimida 1-savatchadan o‘rin oladi

Baho:
+ | -

2021 yili bo‘lib o‘tadigan ayollar o‘rtasida U20 Osiyo chempionati saralash bahslarining dastlabki bosqichi uchun qur’a tashlash marosimi 23 dekabr kuni OFK bosh qarorgohida o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

U20 Osiyo chempionati saralash bahslari reja bo‘yicha ikki bosqichda o‘tkaziladi. Kelasi yilning 17-21 mart kunlari dastlabki bosqichda jami 32 jamoa vakillari 8 guruhga bo‘lingan holda, navbatdagi bosqichning 8 yo‘llanmasi uchun bellashadilar.

Mazkur guruh uchrashuvlariga Avstraliya, Xitoy, Xitoy Taypeyi, Laos, Mongoliya, Myanma, Singapur va Tojikistan mamlakatlari mezbonlik qiladi.

Rustam Aripov murabbiyligi ostidagi U20 O‘zbekiston ayollar terma jamoasi qur’a tashlash marosimida 1-savatchadan o‘rin oladigan bo‘ldi.

Qur’a savatchalari:

Mezbonlar savatchasi: Avstraliya, Xitoy, Xitoy Taypeyi, Laos, Mongoliya, Myanma, Singapur, Tojikistan

1-savatcha: Vetnam, Tailand, Eron, O‘zbekiston, Nepal

2-savatcha: Livan, Qirg‘iziston, Iordaniya, Hindiston, Malayziya, BAA

3-savatcha: Bangladesh, Gongkong, Guam, Pokiston, Maldiv orollari

4-savatcha: Indoneziya, Iroq, Kuveyt, Shimoliy Mariana orollari, Falastin, Filippin, Shri Lanka, Turkmaniston

Manba: ufa.uz
Kiritildi: 18:22, 26.11.2020.
O'qildi: 1650 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.