Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/03 00:45 Torino 4-1 Parma
14/03 01:00 Alaves 1-1 Vilyarreal
14/03 18:00 Jirona 3-0 Atletik Bilbao
14/03 19:00 Inter 1-1 Atalanta
14/03 20:00 Sanderlend 0-1 Brayton
14/03 20:00 Byornli 0-0 Bornmut
14/03 20:15 Atletiko 1-0 Xetafe
14/03 22:00 Napoli 2-1 Lechche
14/03 22:30 Chelsi - Nyukasl
14/03 22:30 Arsenal - Everton
14/03 22:30 Real Ovyedo - Valensiya
15/03 00:45 Udineze - Yuventus
15/03 01:00 Vest Xem - Manchester Siti
15/03 01:00 Real Madrid - Elche
15/03 16:30 Verona - Jenoa
15/03 18:00 Malyorka - Espanyol
15/03 19:00 Nottingem Forest - Fulhem
15/03 19:00 Man. Yunayted - Aston Villa
15/03 19:00 Kristal Pelas - Lids
15/03 19:00 Piza - Kalyari
15/03 19:00 Sassuolo - Bolonya
15/03 20:15 Barselona - Sevilya
15/03 21:30 Liverpul - Tottenhem
15/03 22:00 Komo - Roma
15/03 22:30 Betis - Selta
16/03 00:45 Lasio - Milan
16/03 01:00 Real Sosyedad - Osasuna

Andrey Shipilov: “SHahzod uchun xursandman”

Andrey Shipilov: “SHahzod uchun xursandman”

Baho:
+ | -

“Metallurg” – “Surxon” (1:0) uchrashuvidan keyin dastavval mezbonlar bosh murabbiyi Andrey Shipilov o‘yin haqidagi o‘z fikr mulohazalari bilan o‘rtoqlashdi.

-  Qiziqarli, murosasiz o‘yinning shohidi bo‘ldik. Har ikkala jamoa hujumkor futbol namoyish etishdi. Shogirdlarimning harakatlaridan qoniqdim, e’tirozlarim yo‘q. Ob havoning keskin o‘zgarishi tufayli maydonni o‘yinga tayyorlash oson kechmadi. Uchrashuvgacha sifatli maydonni taqdim etganligi bois stadion ishchi va xodimlariga minnatdorlik bildiraman. Bugun shogirdlarim o‘z vazifalariga sidqidildan, professional tarzda yondoshishdi. Bor kuch va mahoratlarini ishga solishdi. Hujumda ham, himoyada ham tartibli o‘ynadik. Uydagi o‘yin uchun yetarlicha gollik vaziyatlarni yaratdik. Bugun kombinasion va hujumkor futbol namoyish eta olganligimiz bosi maqsadga erishdik. Standartdan gol urdik. Ikki oydan buyon uyda g‘alaba qozona olmayotgandik. Shahzod Ubaydullayev o‘zini ko‘rsatdi. Uning yana jismoniy holatini tiklab borayotganligidan xursandman. Chempionatda yana bitta uchrashuvimiz qoldi. Muborakda “Mash’al”ga qarshi o‘ynaymiz. Endi shu o‘yinga tayyorgarlikni boshlaymiz.

-  Yoshlar jamoangizning mamlakat birinchiligida g‘olib chiqqanligi bilan tabriklaymiz. Asosiy tarkibning bu yilgi mavsumdagi ishtirokidan ko‘nglingiz to‘ldimi? O‘zbekiston kubogida qanday natijalarni ko‘zlayapsizlar?
-  Tabrik uchun rahmat. Haqiqatan ham Bekobodda futbolni rivojlantirish uchun salmoqli ishlar olib borilayapti. Uch yil mobaynidagi mehnat va izlanishlar tufayli o‘ziga xos jamoani shakllantira oldik. Asosiy tarkibimiz ketma ket ikki mavsum beshinchi o‘rinni qayd etdi. Yoshlarimiz ham kuchli oltitalikdan pastga tushishmadi. Bu yil esa ular muddatidan oldin chempionlikni rasmiylashtirishdi. Bu bizning to‘g‘ri yo‘ldan ketayotganligimizni ko‘rsatadi. Natijalar qilayotgan mehnatlarimizning samarasi deb bilaman. Asosiy tarkibning ayni paytda egallab turgan o‘rnidan albatta qoniqmayapman. Biz sovrindorlar safiga kirmasakda, kuchli to‘rttalik, beshtalikda bo‘lishga loyiq edik. Ammo futbolda omad degan faktor ham bor. Ikkinchi davrada juda ko‘plab uchrashuvlarda bu omil bizdan yuz o‘girdi. Yutayotgan o‘yinlarimizda ochko yo‘qotdik. Shuning hisobiga o‘rtamiyona jamoalar qatoriga tushib qoldik. Oldinda “Mash’al”ga qarshi uchrashuv turibdi. Bor diqqat e’tiborimiz ushbu uchrashuvga qaratiladi. Undan keyin O‘zbekiston kubogidagi ishtirokimiz haqida o‘ylaymiz, deydi Andrey Sergeevich.

Manba: https://t.me/metallurguz
Kiritildi: 09:03, 30.11.2020.
O'qildi: 1946 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.