Kirish Ro'yxatdan o'tish
04/12 00:30 Arsenal 2-0 Brentford
04/12 00:30 Brayton 3-4 Aston Villa
04/12 00:30 Byornli 0-1 Kristal Pelas
04/12 00:30 Vulverhempton 0-1 Nottingem Forest
04/12 01:15 Lids 3-1 Chelsi
04/12 01:15 Liverpul 1-1 Sanderlend
05/12 01:00 Man. Yunayted 1-1 Vest Xem
06/12 01:00 Real Ovyedo - Malyorka
06/12 17:30 Aston Villa - Arsenal
06/12 18:00 Vilyarreal - Xetafe
06/12 19:00 Sassuolo - Fiorentina
06/12 20:00 Everton - Nottingem Forest
06/12 20:00 Manchester Siti - Sanderlend
06/12 20:00 Nyukasl - Byornli
06/12 20:00 Tottenhem - Brentford
06/12 20:00 Bornmut - Chelsi
06/12 20:15 Alaves - Real Sosyedad
06/12 22:00 Inter - Komo
06/12 22:30 Lids - Liverpul
06/12 22:30 Betis - Barselona

Maradoning vafotiga kim aybdor? Ish jiddiylashmoqda

Maradoning vafotiga kim aybdor? Ish jiddiylashmoqda

Baho:
+ | -

Stadion.uz  Diyego Armando Maradoning o‘limi haqidagi so‘nggi tafsilotlar bilan o‘rtoqlashadi.

Maradona 60 yoshda olamdan o‘tdi. Uning o‘limiga asosiy sabab deb  yurak yetishmasligi tashxisi qo‘yildi.

Shifokorlar futbolchining yurak tomirlarining kengayib ketganini va bu holat o‘lim qayd etilgan soatlarda normadan 3 barobar kattaroq bo‘lib ketganini aniqlashdi.

Shu bilan ish to‘xtab qolgani yo‘q. San-Isidro shahri prokurori sobiq futbolchining qizlari – Dalma va Jannini tomonidan kelib tushgan iltimosga binoan shaxsan shug‘ullanishga qaror qilgan. Ayni damda, Maradonaning o‘limida asosiy gumonlanuvchi uning shaxsiy shifokori – Leapold Lukeni sanaladi. Luke neyroxirurg bo‘lib, 3 yildan beri Diyego bilan hamkorlikda ish olib borayotgan edi.

Shifokorni qasddan qilinmagan odam o‘ldirishda ayblashmoqda. Polisiya allaqachon gumonlanuvchining uyida va uning klinikasida 30 kishidan iborat jamoa bilan tintuv ishlarini olib bordi. Bo‘lib o‘tgan voqeadan so‘ng, Luke darrov matbuot anjumanini tashkil etdi va o‘z versiyasi bilan o‘rtoqlashdi. Argentinaning eng katta axborot agentliklaridan biri – «Telam» o‘sha matbuot anjumanidagi ayrim so‘zlardan iqtibos keltiradi.

« 4 noyabr sanasida gematoma muvaffaqiyatli olib tashlandi. Operasiyadan so‘ng, argentinalik sobiq futbolchi intensiv terapiya oldi. Unga kamida bir oydan so‘ng, yana eski hayot tarziga qaytishi aytilgan edi.»

E’tiborlisi shundaki, shifokorning o‘zi voqealar rivojini umuman o‘zgacha ko‘rinishda ekanligini aytmoqda.

«Biz uni ketishiga ruxsat bermadik, ammo u uyga ketmoqchi ekanligini takrorladi. Kamida yana bir kun qolishini so‘radik. U rozi bo‘lmadi. Keyin esa, unda insonning ruhiy holatiga ta’sir ko‘rsatuvchi turli tabletkalarning xumori tutishni boshladi.SHu bois, yana bir hafta shifoxonada qolib ketishiga to‘g‘ri keldi.»

11 noyabr sanasida Maradona baribir shifoxonani tark etdi. Surishtiruv ishlari shifokorlar bunga rozi bo‘lmaganini aytmoqda, biroq polisiya ayrim hujjatlarni topgan va unda boshqacharoq ma’lumotlar keltirilgan edi. O‘sha qog‘ozda, futbolchiga shifoxonani tark etishga Agustin Kosachov bir nechta shart bilan ruxsat bergani yozilgan edi. Unga ko‘ra, Agustin Diyegoni 24 soat uyda shifokor e’tiborida bo‘lishini va uning psixotrop dorilarni ichmasligini nazorat qiluvchi insonlar e’tiboridan bo‘lishini lozim edi. Bu shartlarga Maradonaning o‘zi rozi bo‘lgan va u hujjatlarga qo‘l qo‘ygan.

Lukening aytishicha, bunday operasiyalardan so‘ng bemorlar odatda  2 kunda uyiga ketishi uchun ruxsat beriladi. Ba’zan bir kundan keyin ham qo‘yib yuborganmiz.

Maradonaning o‘limidan so‘ng, uning uzoq yillik do‘sti va advokati Matias Morla bayonot bilan chiqdi. Unda Matias afsonaning sog‘lig‘iga mas’ul bo‘lganlarni «o‘z kasbiga sovuqqonlik bilan qaragan ahmoqlar» deb atadi. Advokatning aytishicha, shifokorlar talab qilgan birorta vazifani sobiq futbolchi amalga oshirmagan.

Clarin  nashrining ma’lum qilishicha, Maradonaning uyga tez yordam mashinasi juda kech kelgan. Ilk yordamni qo‘shni tumandagi shifokor amalga oshirgan.

Lukeni sud va futbolchining qizlari Maradonaning solig‘i bilan jiddiy shug‘ullanmagani uchun ayblashmoqda. Guvohlarning aytishicha, shifokor deyarli bir hafta davomida bemorning ahvolini bilan qiziqmagan va uni ko‘rgani kelmagan. Ularning so‘nggi bor uchrashuvlari chog‘ida katta janjal ko‘tarilgach, sobiq futbolchi Lukeni uyidan quvib yuborgan. Aynan o‘sha voqeadan so‘ng, shifokor og‘ir ahvoldagi bemorini ko‘rgani tashrif buyurmagan.

Shunday bo‘lsada, surishtiruv ishlari chog‘ida 22 noyabr sanasida Maradonani ko‘rish maqsadida tashrif buyurgan Lukeni ko‘rgan guvohlari topildi. Shifokor Diyegoning o‘limidan 3 kun avval uni ko‘rgan kelgan va ancha vaqtga qadar suhbatlashib o‘tirgan.

Ushbu voqeaga izoh bergan shifokor bunda hech qanday o‘zgacha narsa yo‘qligini ta’kidlab o‘tdi.

«3 yillik hamkorligimiz davrida Maradona meni bir necha bor uyida haydab chiqargan va ko‘p o‘tmay o‘zi qo‘ng‘iroq qilgan. U bilan so‘nggi bor uchrashgan kunim yodimda. O‘sha kuni u hech kimni ko‘rishni istamagan edi. Hatto qizlarini ham oldiga yaqinlashtirgani yo‘q. Shu bois, u bilan yaqindan gaplashib qizlari bilan uchrashishini so‘ramoqchi edim. U esa, meni juda xunuk so‘zlar bilan haqorat qildi. Uning so‘zlariga xafa bo‘lmadim. Sababi, o‘sha daqiqalarda barcha uni tark etgan edi. Uni bunday ahvolda qoldirishni istamadim.»

20 noyabr kuni shifokor operasiyadan so‘ng qolib ketgan choklarni olish jarayonida o‘zi ishtirok etdi. Keyin, shifokor u o‘z ishini bajarganini, bo‘yog‘iga Maradonaning sog‘lig‘iga boshqalar mas’ul ekanligini aytadi.

“Biz barchamiz Maradona uchun muhim bo‘lgan qarorni qabul qilish uchun jamlandik. Oila a’zolari, psixolog va uning psixiatrlari Diyegoning sog‘lig‘i borasida fikr almashdik. Uyda davolanishdan tashqari, bizda uni ruhiy kasallar yotadigan shifoxonaga jo‘natish taklifi ham bor edi. Afsuski, mijozim bu variantni ko‘rib chiqishni ham istamadi. Shu bois, uni uyda davolanishiga umumiy kelishgan xolda ruxsat berildi. Biz qo‘limizdan kelgan barcha ishni amalga oshirdik. Uning hayot tarzini bilgan insonlarda yurak to‘xtab qolishini nima uchun sodir bo‘lganini  anglash qiyin emas.”

Matbuot anjumani chog‘ida jurnalistlardan biri Lukega Maradonaning o‘limida o‘zini aybdor his qilishi bilan qiziqdi. Shifokor esa, javob berish oldidan ho‘ngrab yig‘lab yubordi.

«To‘g‘risi, bilmadim… Men hozir u shu yerda bo‘lishini juda istar edim. Bu adolatdan emas. Shunday bo‘lsada, o‘zimni hech narsa aybdor his qilmayapman. Uning o‘limida hech kimning aybi yo‘q. U menga o‘z otamdek yaqin inson edi.»

Manba: Stadion.uz
Kiritildi: 14:58, 30.11.2020.
O'qildi: 4423 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.