Kirish Ro'yxatdan o'tish
18/05 19:00 Qizilqum 2-4 Olimpik
18/05 19:00 Andijon 1-1 Metallurg
18/05 21:00 Lechche 0-2 Atalanta
18/05 23:45 Torino 3-1 Milan
19/05 00:00 Alaves 1-0 Xetafe
19/05 15:30 Sassuolo - Kalyari
19/05 18:00 Monsa - Frozinone
19/05 18:00 Udineze - Empoli
19/05 20:00 Manchester Siti - Vest Xem
19/05 20:00 Sheffild Yunayted - Tottenhem
19/05 20:00 Arsenal - Everton
19/05 20:00 Brentford - Nyukasl
19/05 20:00 Brayton - Man. Yunayted
19/05 20:00 Byornli - Nottingem Forest
19/05 20:00 Chelsi - Bornmut
19/05 20:00 Kristal Pelas - Aston Villa
19/05 20:00 Liverpul - Vulverhempton
19/05 20:00 Luton - Fulhem
19/05 21:00 Inter - Lasio
19/05 22:00 Valensiya - Jirona
19/05 22:00 Vilyarreal - Real Madrid
19/05 22:00 Atletik Bilbao - Sevilya
19/05 22:00 Atletiko - Osasuna
19/05 22:00 Barselona - Rayo Valyekano
19/05 22:00 Betis - Real Sosyedad
19/05 22:00 Kadis - Las-Palmas
19/05 22:00 Malyorka - Almeriya
19/05 22:00 Granada - Selta
19/05 23:45 Roma - Jenoa
20/05 00:00 Loryan - Klermon
20/05 00:00 Monako - Nant
20/05 00:00 Lill - Nissa
20/05 00:00 Lion - Strasbur
20/05 00:00 Reyms - Renn
20/05 00:00 Lans - Monpelye
20/05 00:00 Tuluza - Brest
20/05 00:00 Gavr - Marsel
20/05 00:00 Mets - PSJ
20/05 21:30 Salernitana - Verona
20/05 23:45 Bolonya - Yuventus

Jarohatlar girdobida kolgan Klopp jamoasi Niderlandiya gol "mashina"siga qarshi

Jarohatlar girdobida kolgan Klopp jamoasi Niderlandiya gol "mashina"siga qarshi

Baho:
+ | -

Yevropa Chempionlar ligasi 5-tur uchrashuvlariga bugun tunda start beriladi. E’tibor markazida bo‘ladigan o‘yinlardan biri shubhasiz “Enfild”da “Liverpul” –“Ayaks” o‘rtasida bo‘lib o‘tadi.

“Liverpul” o‘tgan turda turnirdagi ilk mag‘lubiyatini qabul qilib oldi. “Atalanta”ga qarshi kechgan bahsda kuch tejashni niyat qilgan “qizillar” keyingi bosqich yo‘llanmasini naqd qilishi mumkin edi.YUrgen Klopp shogirdlarida bugun ham shunday imkoniyat mavjud, g‘alaba va 1/8 final yo‘llanmasida naqd qilinadi.

“Ayaks” Daniyaning “Mityulland”i bilan ketma-ket ikki o‘yindagi g‘alabalari evaziga guruhda ikkinchi o‘rinda boryapti.Guruhdan chiqish masalasini hal qilish niyatlari bo‘lsa, bugun faqat g‘alaba uchun maydonga tushishlari lozim. Hammasi amsderdamliklarning o‘z qo‘llarida emas,ular har qanday holatda ham “Atalanta” bilan hisoblashishga majbur.

“Liverpul”

Mavsumning yarmiga yetmasdan mersisaydliklarning deyarli barcha himoyachilari jarohatlari tufayli jamoaga yordam bera olmayapti.Tig‘iz taqvimning navbatdagi “qurboni” Kloppning ishongan tayanch yarim himoyachisi Jeyms Milner bo‘ldi. “Brayton” bilan kechgan bahsni yarim himoyada boshlagan Milner Neko Uilyamsning zaxiraga olinganidan keyin o‘ng qanot himoyasida o‘ynadi. Uchrashuv yakuniga yetmasdan o‘zi ham jarohat tufayli almashtirildi. Bu vaziyatda Kloppni yuzidagi ifodani ko‘rsangiz edi,achinarli. Yaqindagini koronavirusdan tuzalgan Muhammad Saloh ham mavsum boshidagi sport formasiga qaytganicha yo‘q. Murabbiy bunaqa tig‘iz taqvim uchun translyasiya qiluvchilarni ayblamoqda. Chempionlar ligasi va APL uchrashuvlari orasidagi dam olish vaqti juda kam bo‘lganidan norozi ekanligini yashirib o‘tirmadi.

Kloppni bunday tushkin holatdan uning yangi futbolchisi Diyego Jota olib chiqib ketishi mumkin. “Liverpul” safida debyut qilgandan beri o‘z hisobiga 9 gol yozdirib qo‘ygan portugaliyalikdan ko‘p gol urgan futbolchini “qizillar”safida uchratmaysiz. 24 sentabrda ilk uchrashuvida maydonga tushgan so‘ng Saloh 7 Mane 3 va Firmino 2 ta gol urishga erishgan. Trioni kvartetga aylanishiga sabab bo‘lgan Jota universal futbolchiligi bilan ham ajralib turadi. Germaniyalik mutaxassis uni istalgan vaqtda qanot yarim himoyasichi vazifasida qo‘llashi mumkin. Diyegoning jamoaga kelishi “Liverpul”ga 4-2-3-1 taktik sxemasida harakatlanish imkonini yaratdi.

Tahminiy tarkib: Bekker, Robertson, Fabinyo, Matip, Uilyams, Veynaldum, Henderson, Mane, Saloh, Firmino, Jota.

“Ayaks”

Erik ten Xag jamoasing bugungi uchrashuvdagi eng katta yutug‘i asosiy tarkib futbolchilarining hech birida jiddiy jarohatlar yo‘qligi,desak bo‘ladi. Birgina Muhammad Qudus ismli futbolchi “Liverpul”bilan bo‘lgan birinchi uchrashuvda jarohatlanganicha tarkibga qaytgani yo‘q. Chempionatdagi so‘nggi uchrashuvda asosiy tarkib futbolchilariga yaxshi xordiq chiqarish imkoniyatini yaratdi.

Jamoa hozirda super futbol namoyish etyapti. Oxirgi 7 uchrashuvning oltitasida g‘alaba.Har bir uchrashuvda raqib darvozasini kamida 3 bor ishg‘ol qilinishi “Ayaks”ning qanday holatda ekanligini yaqqol ko‘rsatib beradi. Dushan Tadich va yosh Lassina Traore juftligi ushbu gollarning aksariga mualliflik qilishgan. Burkina Faso va serbiyalik futbolchi joriy mavsumdan birgalikda maydonga tushishiga qaramasdan ko‘p yillik duyetlar kabi harakat qilishmoqda.Ancha zaiflashgan bugungi raqib himoyasi ularga qarshilik ko‘rsatishga qiynalishi turgan gap.

Tahminiy tarkib: Onana, Mazraui, Sxyurs, Martines, Talyafiko, Klassen, Blind, Gravenberx, Neres, Traore, Tadich.

Murabbiylarning fikrlari

Yurgen Klopp “Liverpul”: “ Men bugungi uchrashuvni stadiondan tomosha qiladigan ikki ming muxlis uchun xursandman. Bu hali boshlanishi deb umid qilaman.Jarohatlangan futbolchilarim qachon tarkibga qaytishini aniq ayta olmayman,buni vaqt ko‘rsatadi.Aleksandr-Arnoldni umumiy guruh mashg‘ulotlarida ishtirok etishiga ruxsat bermadim,u hozirda yakka holda shug‘ullangani ma’qul,deb o‘ylayman. Men har doim gapirib kelganman, bizda 11 nafar futbolchi bormi,demak,oxirigacha kurashamiz”.


Erig ten Hag “Ayaks”: "Biz maydonga raqibdan qo‘rqmasdan jasurroq bo‘lib tushishimiz kerak. Birinchi uchrashuvda biz ko‘plab vaziyatlar yaratdik,lekin bizga jasurlik yetishmadi.Ha,bir narsa aniqki “Liverpul”dan olingan ochkolar bizni guruhdagi vaziyatimizga ta’sir ko‘rsatmaydi. Bergamodagi vaziyatni kuzatishga majburmiz.Biz har qanday holatda ham o‘z o‘yinimizni ko‘rsatishimiz kerak,bizda bosim yuqori bo‘lishi tabiiy”.

Ruslan Maksimov

Kiritildi: 18:14, 01.12.2020.
O'qildi: 3452 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.