Kirish Ro'yxatdan o'tish
18/03 01:00 Arsenal 2-0 Bayer
18/03 01:00 Chelsi 0-3 PSJ
18/03 01:00 Manchester Siti 1-2 Real Madrid
18/03 19:15 Qo‘qon-1912 2-1 Navbahor
18/03 19:15 Xorazm 1-2 Bunyodkor
18/03 20:00 Qizilqum 0-1 OKMK
18/03 22:45 Barselona 7-2 Nyukasl
19/03 01:00 Bavariya 4-1 Atalanta
19/03 01:00 Liverpul 4-0 Galatasaroy
19/03 01:00 Tottenhem 3-2 Atletiko
19/03 16:00 Andijon 2-0 Mash’al
19/03 18:15 Buxoro - Dinamo
20/03 16:00 Neftchi - Lokomotiv
20/03 17:00 Nasaf - Surxon
20/03 18:15 So‘g‘diyona - Paxtakor
20/03 22:30 Kalyari - Napoli

Transfer olamidagi yangiliklar

Transfer olamidagi yangiliklar

Baho:
+ | -

Ushbu ruknimizdagi eng so‘nggi yangiliklar bilan tanishtirib o‘tishda davom etamiz.

"Aston Villa" voz kechdi

Birmingemning "Aston Villa« jamoasi »Verder" vingeri Milot Rashisni qo‘lga kiritish borasidagi fikridan qaytdi.

Bild nashrining ma’lum qilishicha, nemis klubi o‘z futbolchisini qishda transferga qo‘yishdan bosh tortgan.

Eslatib o‘tamiz, futbolchining «Verder» bilan shartnomasi 2022 yilda o‘z yakuniga yetadi.

Zakariya ketmoqchi emas

Germaniyaning «Borussiya M» jamoasi yarim himoyachisi Denis Zakariya o‘zining boshqa klubga o‘tishi borasida mish-mishlarga oydinlik kiritdi. 

«Bu shunchaki mish-mishlar xolos. Ularning hech birida zarracha haqiqat mavjud emas. Men ayni damda, 100 foiz e’tiborimni »Borussiya M«ga qaratganman.»

Eslatib o‘tamiz, bir necha kun avval shveysariyalik futbolchi bilan «Chelsi» klubi qiziqib qolgani haqidagi xabarlar tarqagan edi.

"Arsenal«ga »Norvich" futbolchisi kerak

Londonning "Arsenal« jamoasi »Norvich" klubi yarim himoyachisi Emiliano Buendiya bilan jiddiy qiziqib qoldi.

Ingliz nashrlarining ma’lum qilishicha, «Norvich» o‘z futbolchisini Londonga qo‘yib yuborishga qarshi emas, ammo buning uchun kamida 20 million yevro talab qiladi.

«Goal» nashrining ma’lum qilishicha, "Arsenal" yarim himoyachi borasida o‘zining rasmiy taklifini kelasi haftada jo‘natmoqchi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq futbolchi bilan "Atletiko Madrid" qiziqib qolgani haqida xabar bergan edik.

"Atalanta" tayyor

Italiyaning "Atalanta" jamoasi o‘z yulduzini transferga qo‘yishga tayyor.

Bergamoliklar hujumchisi Duvan Sapata borasida bir nechta grand jamoalardan takliflar kelib tushgach, klub shunday qarorga keldi. Unga ko‘ra, hujumchini qo‘lga kiritishni istagan jamoa 50 million yevro sarf etishi lozim.

Eslatib o‘tamiz, hujumchi bilan Turinning «Yuventus» va Madridning "Atletiko" klublari shartnoma imzolamoqchi.

«Inter» yanvarga tayyorlanmoqda

Milanning «Inter» jamoasi o‘z himoyachisi Milan Shkrinyarni transferga qo‘yishga tayyor.

«The Sun» nashrining ma’lum qilishicha, klub 25 yoshli futbolchini yanvar oyidayoq sotib yubormoqchi.

Ayni damda, Kontening rejalariga kiritilmagan futbolchi bilan bir nechta APL jamoalari jiddiy qiziqib qolgani bor gap. Ayni damda, asosiy da’vogar «Tottenhem» bo‘lib turibdi.

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 04:00, 04.12.2020.
O'qildi: 7221 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.