Kirish Ro'yxatdan o'tish
01/08 19:30 Andijon 0-0 Paxtakor
01/08 20:30 Buxoro 2-1 Lokomotiv
02/08 19:30 Navbahor - Xorazm
02/08 20:00 Mash’al - So‘g‘diyona
02/08 20:30 Qizilqum - Bunyodkor
03/08 19:30 Qo‘qon-1912 - Surxon
03/08 20:00 OKMK - Nasaf
03/08 20:30 Dinamo - Neftchi

«Paxtakor»ning Superliga-2020dagi to‘purarlari va assistentlari

«Paxtakor»ning Superliga-2020dagi to‘purarlari va assistentlari

Baho:
+ | -

"Sherlar" Superliganing 2020 yilgi mavsumida raqib darvozasiga 76 gol urishga erishishdi.

Eng ko‘p gol Dragan Cheran hisobiga yozildi. U 21 gol bilan nafaqat jamoamiz, balki Superliga to‘purariga aylandi. Igor Sergeev esa 16 marta raqib darvozasini ishg‘ol qilishga muvaffaq bo‘ldi. Eren Derdiyok va Doston Hamdamov 9 martadan to‘p kiritishga erishdi. Jaloliddin Masharipov 6 gol muallifiga aylandi. Gollardan ikkitasini raqib futbolchilari o‘z darvozasiga kiritib qo‘yishgan.

"Paxtakor"ning Superliga-2020dagi to‘purarlari:

21 - Dragan Cheran
16 - Igor Sergeev
9 - Eren Derdiyok, Doston Hamdamov
6 - Jaloliddin Masharipov
3 - Javohir Sidiqov
2 - Sardor Sobirxo‘jayev, Abror Ismoilov, Akram Komilov
1 – Sherzod A’zamov, Asad Sobirjonov, Farruh Sayfiyev, Diyor Xolmatov.

Eng yaxshi assistent o‘tgan mavsumdagidek Masharipov bo‘ldi. U 16 marta sheriklarining gol urishida oxirgi uzatmalarni amalga oshirdi. Dragan Cheran 8 marta bu vazifani uddalagan bo‘lsa, Hamdamov va Hamrobekovda bunday uzatmalar soni 5tani tashkil qildi.

"Paxtakor"ning Superliga-2020dagi assistentlari:

16 – Jaloliddin Masharipov
8 - Dragan Cheran
5 – Doston Hamdamov, Odil Hamrobekov
4 - Sardor Sobirxo‘jayev, Farruh Sayfiyev
3 - Hojiakbar Alijonov, Javohir Sidiqov, Eren Derdiyok
2 - Igor Sergeev, Yegor Krimes
1 – Anzur Ismoilov, Vladimir Kozak, Abror Ismoilov.

Manba: pakhtakor.uz
Kiritildi: 18:37, 07.12.2020.
O'qildi: 1865 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик