Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/05 00:00 Barselona 2-0 Real Madrid
11/05 23:45 Napoli 2-3 Bolonya
12/05 00:00 Tottenhem 1-1 Lids
12/05 00:00 Rayo Valyekano 1-1 Jirona
12/05 22:00 Selta - Levante
12/05 23:00 Betis - Elche
13/05 00:30 Osasuna - Atletiko
13/05 22:00 Espanyol - Atletik Bilbao
13/05 22:00 Vilyarreal - Sevilya
14/05 00:00 Manchester Siti - Kristal Pelas

No‘’mon Hasanov: «Biz bugun pressing qo‘llab, raqibga imkoniyat bermadik»

No‘’mon Hasanov: «Biz bugun pressing qo‘llab, raqibga imkoniyat bermadik»

Baho:
+ | -

O‘zbekiston kubogining 1/8 finalidan o‘rin olgan “Oq-tepa” – “Navbahor”(0:2) uchrashuvidan so‘ng namanganliklar ustozi No‘’mon Hasanov o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

"Bugungi g‘alaba bilan Namangandan tashrif buyurib, bevosita stadionda jamoamizni qo‘llab-quvvatlab turgan, shuningdek, "Navbahor"ning barcha muxlislarini tabriklayman.”Oq-tepa” jamoasi futbolchilari cho‘chimasdan, bir-birlariga aniq pas oshirib o‘ynashadi. Biz ham shunday futbol o‘ynashni yoqtiramiz. O‘yin ajoyib tarzda kechdi. “Oq-tepa” jamoasi ham bizga munosib qarshilik ko‘rsatishga intildi. Buning uchun raqib jamoaga o‘z minnatdorchiligimni bildiraman.               

Yigitlarga rahmat aytaman. Raqibdan ustun keldik. Ko‘p vaziyatlardan foydalana olmadik. Shu bizning kamchiligimiz bo‘lib qolmoqda. “Oq-tepa”ga ham tashkilotchilik va ajoyib maydon tanlashgani uchun minnatdorchilik bildiraman. Keyingi ishlariga muvaffaqiyatlar tilayman.

Jamoamizning o‘yinlarini kuzatayotgan bo‘lsangiz, ko‘plab uchrashuvlarda shunday vaziyatlardan foydalana olmayapmiz. Hamma narsani bittada o‘rgata olmayman. Ular ham futbolchi, men ham insonman. Jamoa ko‘ryapsizlar, chiroyli o‘ynamoqda, pressinglar qilmoqda. Yana o‘rgatadigan narsalarim bor. Sekin - asta men istagan o‘yin yuzaga keladi. Aslida 5-6 oyda o‘rgatadigan narsani bir oyda o‘rgatdim. Futbolchilarning aqli ham bor, texnikasi kuchli. Shu bois, ko‘rsatmalarni tezda o‘zlashtirishmoqda.

Azimjon Ahmedovni jamoaga kelganimdan beri markaziy himoyada o‘ynatmoqdaman. Birinchi bor 2013 yil jamoaga kelganimda ham o‘shanda Azimjonni markaziy himoyadagi o‘yinini ko‘rgandim, jamoani Superligada olib qolgandik. Hozirgi vaqtda jamoa boshqaruvimga o‘tganimdan so‘ng birinchi o‘yindanoq uni mudofaa chizig‘iga o‘tkazdim.

Bu kubok musobaqasi. “Oq-tepa”ning “Xorazm” va “Turon” jamoalariga qarshi kechgan o‘yinlarini ko‘rib, o‘rganib chiqdik. Jamoa yaxshi o‘yin o‘tkazmoqda. Biz bugun pressing qo‘llab, raqibga imkoniyat bermadik", — dedi No‘’mon Hasanov.

“Navbahor” PFK matbuot xizmati.

Manba: pfcnavbahor.uz
Kiritildi: 21:33, 07.12.2020.
O'qildi: 2037 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик