Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/01 00:45 Komo 1-3 Milan
16/01 16:30 Yaponiya 1-1 Iordaniya
16/01 20:30 Vyetnam 3-2 BAA
17/01 00:45 Piza - Atalanta
17/01 01:00 Espanyol - Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston - Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted - Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid - Levante
17/01 19:00 Udineze - Inter
17/01 20:00 Chelsi - Brentford
17/01 20:00 Lids - Fulhem
17/01 20:00 Liverpul - Byornli
17/01 20:00 Sanderlend - Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem - Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka - Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya - Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli - Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna - Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest - Arsenal
18/01 00:45 Kalyari - Yuventus
18/01 01:00 Betis - Vilyarreal
18/01 16:30 Parma - Jenoa
18/01 18:00 Xetafe - Valensiya
18/01 19:00 Bolonya - Fiorentina
18/01 19:00 Vulverhempton - Nyukasl
18/01 20:15 Atletiko - Alaves
18/01 21:30 Aston Villa - Everton
18/01 22:00 Torino - Roma
18/01 22:30 Selta - Rayo Valyekano

Baxtiyor Ashurmatov: "Futbolchilar ko‘rsatmalarimni ikkinchi bo‘limda to‘liq bajarishdi"

Baxtiyor Ashurmatov: "Futbolchilar ko‘rsatmalarimni ikkinchi bo‘limda to‘liq bajarishdi"

Baho:
+ | -

O‘zbekiston Coca Cola kubogi 1/8 final doirasidagi “Qo‘qon-1912” – “Surxon” uchrashuvidan keiyngi matbuot anjumanining ikkinchi qismida "Qo‘qon-1912 " jamoasi bosh murabbiyi Baxtiyor Ashurmatov qatnashdi.

- “Surxon” jamoasi bugun asosan, ikkinchi tarkib futbolchilari bilan maydonga tushdi. Ularda ishtiyoq kuchli edi. Birinchi bo‘lim davomida bu narsa yaqqol ko‘rindi. Ular birinchi bo‘limda bizga yetarlicha qarshilik ko‘rsatishdi. Bundan tashqari, futbolchilarimiz yosh futbolchilarni bemalol yutamiz deb o‘ylashdi shekilli. Qolaversa, Termizliklar qarshi hujumlarda yaxshi harakat qilishdi. Tanaffusda yigitlarga ta’kidlab o‘tdik. 45 minut tezda o‘tib ketadi. Tezroq harakat qilmasak , bunday o‘yin bilan gol ura olmasligimizni tushuntirdim. Futbolchilar ko‘rsatmalarimni ikkinchi bo‘limda to‘liq bajarishdi. Vaziyatlar yaratish, ishtiyoq borasida harakatlarimiz ancha o‘zgardi. Ikkinchi bo‘limda o‘yinimiz kuchadi va kerakli bo‘lgan g‘alabaga erishdi. Endi keyingi raqibimizni kutamiz. “Surxon”ni esa bugungi uchrashuvdagi o‘yinlari uchun minnatdorchilik bildiraman va ularga kelgusida omad tilayman.

Kuchli jamoaga qarshi futbolchilarni tayyorlash biroz osonroq bo‘ladi. Sababi futbolchilarni o‘zi kuchli raqibga qarshi o‘zlarini yaxshi tayyorlaydi. Kuchsizroq jamaoaga qarshi tayyorlash qiyinroq kechadi. O‘ylaymanki, keyingi bosqichda kuchsiz jamoa bo‘lmaydi va ishtiyoq jihatdan futbolchilarimizda muammo bo‘lmaydi.

Bizda mavsumni oxiriga kelib yosh futbolchilarni maydonga tushirishga majbur bo‘ldik. Ayni damga kelib tarkibimizda muammolar yuzaga keldi. Bek Abdullayev va Jasur Yoqubovlar mavsum davomida o‘rinbosarlarimiz tarkibida yaxshi o‘yinlarni namoyish qilishdi. Mashg‘ulotlarda astoydil ishlashdi. Bugun ularga imkoniyat berdik. Bek Abdullayevni bugun biroz issig‘i ham bo‘lgan ekan. Maydonga tushishga ishtiyoqi kuchliligidan buni bizga bildirmagan. Ikkinchi taymda Sardor Yetovqo‘ziyev, Muxsin Normatovlarni ham maydonga tushirdik. Ular ham yomon o‘ynashmadi. Ayniqsa Yetovqo‘ziyevning harakatlari bizga manzur bo‘ldi. Bu futbolchilarga qancha ko‘p imkoniyat bersak, shuncha yaxshi bo‘ladi.

Keyingi bosqichda qaysi raqib tushishini farqi yo‘q. Sababi qur’a istagan raqibni bizga to‘g‘rilab qo‘yishi mumkin. Ayni paytda "Paxtakor" va "Nasaf" jamoalari barchadan o‘yin bo‘yicha kuchli deb o‘ylayman. Lekin kubok bahslari bir o‘yindan iborat ekanligini xisobga olsak har qanday raqib bilan ham bemalol o‘ynash mumkin.

Kiritildi: 15:52, 08.12.2020.
O'qildi: 1815 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.