Kirish Ro'yxatdan o'tish
20/01 00:45 Lasio 0-3 Komo
20/01 01:00 Elche 2-2 Sevilya
20/01 01:00 Brayton 1-1 Bornmut
20/01 20:30 Qayrat 1-4 Bryugge
20/01 22:45 Bude-Glimt 3-1 Manchester Siti
21/01 00:52 Kopengagen - Napoli
21/01 01:00 Vilyarreal - Ayaks
21/01 01:00 Vilyarreal 1-2 Ayaks
21/01 01:00 Tottenhem 2-0 Borussiya D
21/01 01:00 Sporting 2-1 PSJ
21/01 01:00 Real Madrid 6-1 Monako
21/01 01:00 Olimpiakos 2-0 Bayer
21/01 01:00 Inter 1-3 Arsenal
21/01 01:00 Kopengagen 1-1 Napoli
21/01 22:45 Qorabog‘ - Ayntraxt F
21/01 22:45 Galatasaroy - Atletiko
22/01 01:00 Bavariya - Yunion
22/01 01:00 Marsel - Liverpul
22/01 01:00 Nyukasl - PSV
22/01 01:00 Slaviya - Barselona
22/01 01:00 Chelsi - Pafos
22/01 01:00 Yuventus - Benfika
22/01 01:00 Atalanta - Atletik Bilbao

Transfer olamidagi yangiliklar

Transfer olamidagi yangiliklar

Baho:
+ | -

Ushbu ruknimizdagi eng so‘nggi yangiliklar bilan tanishtirishda davom etamiz.

Sensi ketadimi?

Milanning «Inter» jamoasi yarim himoyachisi Stefan Sensi faoliyatini boshqa jamoada davom ettirmoqchi.

Italiya nashrlari bergan ma’lumotlarga qaraganda, futbolchi ko‘proq o‘yin amaliyotiga ega bo‘lishni istamoqda. Shu bois, boshqa klub safiga ijara asosida yo‘l olishga ham tayyor.

Ma’lumotlarga qaraganda, «Inter» Sensini sotib yubormoqchi emas. Hozirda, ikki tomon o‘rtasida muzokaralar ketmoqda.

Pikega o‘rinbosar izlanmoqda

Kataloniyaning «Barselona» jamoasi markaziy himoyachi izlashda davom etadi.

"Marca« nashrining ma’lum qilishicha, jamoa qishda »Marsel" himoyachisi Abubakar Kamarani qo‘lga kiritishi mumkin.

Manbaning ma’lum qilishicha, Kataloniya klubi Kamarani anchadan beri kuzatib yuribdi. Hatto uni, o‘spirinlik chog‘ida ham Kataloniyaga taklif qilishgan edi.

Alabaga kimlar da’vogar?

Myunhenning «Bavariya» jamoasi markaziy himoyachisi Davil Alaba o‘zi bilan qiziqayotgan jamoalar nomini oshkor qildi.

Futbolchining agenti bergan xabarlarga ko‘ra, ular ayni damda «Real», «Bavariya», «Chelsi» va PSJ klublari bilan muzokaralar olib bormoqda.

Eslatib o‘tamiz, yil yakunida Alabaning klub bilan tuzgan shartnomasi o‘z yakuniga yetadi.

«Yuve»ga O‘zil kerak edi

Turinning «Yuventus» jamoasi bir necha bor Mesutni qo‘lga kiritish uchun kurash olib borgani ma’lum bo‘ldi.

Italiya nashlarining ma’lum qilishicha, «zebralar» naqd besh bor germaniyalik futbolchi bilan aloqaga chiqishgan, ammo shaxsiy shartnoma borasida kelisha olishmagan.

Ayni damda, «Yuve» O‘zil uchun 6 bor urinib ko‘radi, biroq uning maoshi juda katta ekanligi bunga yo‘l qo‘ymasligi mumkin.

«Inter»dan sukut

Milanning «Inter» jamoasi qishki transfer oynasi chog‘ida hech qanday xaridni amalga oshirmoqchi emas.

Italiya nashrlarining ma’lum qilishicha, agar klub YECHLning pley-off bosqichiga chiqqanida, rahbariyat 100 million yevro ajratmoqchi edi, biroq jamoa guruhda qolib ketgan investisiyadan voz kechildi.

Eslatib o‘tamiz, «Inter» YECHLning so‘nggi turida «Shaxtyor»ni yenga olmadi va 4-o‘rinda qolib ketdi.

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 16:25, 11.12.2020.
O'qildi: 7145 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.