Kirish Ro'yxatdan o'tish
10/03 00:45 Yuventus 0-4 Atalanta
10/03 01:00 Real Sosyedad 0-1 Sevilya
11/03 00:45 Lasio 1-1 Udineze
11/03 01:00 Espanyol 1-1 Jirona
11/03 01:00 Vest Xem 0-1 Nyukasl
11/03 15:00 Yokogama Marinos - Shangxay Port
11/03 17:00 Johor Dorul Ta'zim - Buriram Yunayted
11/03 23:00 Al-Ahli (SA) - Ar-Rayyan
12/03 01:00 Al-Hilol - Paxtakor
12/03 15:00 Kvangju - Vissel Kobe
12/03 15:00 Kavasaki Frontale - Shanghai Shenhua

Buffon futbolni tugatgach nima qilmoqchi ekanligini bilasizmi? Bu sizni hayratda qoldirishi aniq!

Buffon futbolni tugatgach nima qilmoqchi ekanligini bilasizmi? Bu sizni hayratda qoldirishi aniq!

Baho:
+ | -

Stadion.uz maktabni «Yuventus» jamoasi afsonasi Jiji Buffonga oid qiziq bir tarixni oshkor qiladi.

Yaqindagina 42 yoshli Buffon Turin super klubi bilan o‘rtadagi shartnomani yana bir yilga uzaytirganidan xabaringiz bor. Endilikda, biz yana bir mavsum davomida darvozabonning o‘yinlaridan zavq olishimiz mumkin.

Qahramonimiz o‘zining instagram sahifasida olib borgan jonli efiri chog‘ida qiziq bir ma’lumotni oshkor qildi.

«Men futbolni tark etishim bilan, ta’til olaman. Men o‘zimga va oilamga vaqt ajratmoqchiman. Shuningdek, yuqori maktabda qolib ketgan 5 yilgi o‘qishimni tamomlab qo‘yaman. Ota-onam 30 yildan beri shu kamchilikni to‘ldirishim kerakligi haqida aytib kelishmoqda.»

E’tiborlisi shundaki, qahramonimiz maktabni bitirganligi haqida shahodatnomani hali olganicha yo‘q. Gap shundaki, futbol mashg‘ulotlariga berilib ketgach, u maktabni to‘liq tamomlay olgani yo‘q. Bor e’tiborini sportga qaratgan Buffon qachonlardir bu ishni yakunlab qo‘yishi kerakligini bilar edi, biroq bu qadar katta tanaffusdan so‘ng yana maktabga qaytish juda g‘alati bo‘lishi aniq. Futbolchi bu ishi uchun juda ham uyalishini bir necha bor ta’kidlab o‘tdi. Uning ota-onasi esa, qancha qistovga olgan bo‘lsada Jiji maktabni tamomlash borasida E’tiborsizlikka yo‘l qo‘ydi.

Qahramonimizning ota-onasi sportga befarq bo‘lmagan shaxslar sanaladi. Uning otasi - professional tarzda og‘ir atletika bilan shug‘ullangan bo‘lsa, onasi yadro uloqtirish bo‘yicha Italiya chempionligini qo‘lga kiritgan. Bunday oilaning farzandi bo‘la turib maktabni tamomlamaslik biroz g‘alati albatta. Shu bois, futbolchi ota-onasining oldida xijolatda ekanligi bir necha bor ta’kidlab o‘tgan.

"Agar futbolni tanlamaganimda, albatta jismoniy tarbiya o‘qituvchisi bo‘lgan bo‘lar edim. Xuddi ota-onam singari sport sirlarini bolalarga o‘rgatishdan zavq olaman."

21-asr boshida futbolchi sal qolsa qamalib ketishi mumkin edi. Uning ota-onasi bejizga maktabni tamomlashi haqida Jijiga bosim o‘tkazmagani ayon bo‘ldi. Gap shundaki, qahramonimiz 1997 yilda Parmadagi universitetning yuridik ishlar bo‘yicha ochilgan fakultetiga o‘qishga kiradi. O‘qishga kirish uchun esa, Buffon soxtalashtirilgan maktab shahodatnomasini taqdim etadi. Uning o‘qishga kirganidan xabar topgan maktab rahbalari darrov futbolchini sudga beradi.

Keyinroq ma’lum bo‘lishicha, Jiji bu diplomni Antonio Maneri maktabida olgani ma’lum bo‘ladi. Tergov-surishtiruv ishlari chog‘ida esa, Jiji o‘sha maktabda hatto ro‘yxatdan ham o‘tmagani ma’lum bo‘ldi. Oqibatda, futbolchini 3-5 yilgacha bo‘lgan qamoq jazosi kutayotgan edi. Vaziyat bu qadar jiddiylashib ketganidan xavotirga tushgan futbolchi, darrov omma oldida kechirim so‘radi va kattagina jarima to‘ladi.

«To‘g‘risi, ota-onam doimo maktabni bitirib qo‘yishim kerakligi haqida aytishganida, xafa bo‘lar edim. Professional futbolchi uchun bu hech qanday ahamiyat kasb etmaydi deb o‘ylagan edim. Bugun ularning qanchalar to‘g‘ri maslahat berishganini chuqur his etdim.»

Mana endi 42 yoshli Buffon futboldan so‘ng albatta o‘qishni tamomlab qo‘yishi haqida ma’lum qildi. Bu safar u hammasi haqiqatdan bo‘lib o‘tishiga so‘z berdi. Buning uchun esa, u avval futbolni tamomlashi kerak. Katta ehtimol bilan, qahramonimiz rejasida futbol bilan xayrlashish yo‘qqa o‘xshaydi. Uning so‘nggi intervyusiga e’tibor qarating:

"Mening ichimda qandaydir olov borga o‘xshaydi. Men o‘zimni maydonda juda yaxshi his etyapman. Shu bois, o‘ynashda davom etyapman. Doimo nimadir o‘rganishni va o‘zimni yanada kuchliroq bo‘lishimni istayman. Afsuski, so‘nggi 12 yil faoliyatim davomida asosan mag‘lubiyatlar haqida bosh qotirishimga to‘g‘ri keldi. Men g‘alabadan lazzat olmadim, asosan mag‘lubiyatlardan ezildim. Bu g‘alaba qozonishga o‘rganib qolgan inson uchun odatiy xol. Agar men mag‘lubiyatlarni qabul qilishni o‘rganmasam, hech qachon futboldan keta olmasligim mumkin. Mana shundan qo‘rqaman."

Nima bo‘lgan taqdirda ham, Buffon ayni damda deyarli 4 ta o‘n yillikni ko‘rgan yagona futbolchi bo‘lib turibdi. Uning imkoniyatlari bobida hech kimda shubha yo‘q. Balki, qahramonimiz azaliy orzusi Yevropa Chempionlar Ligasidagi g‘alabani kutayotgandir. Yana kim biladi deysiz. Shunday bo‘lsada, biz uning futbolda ko‘proq qolishiga sira qarshi emasmiz. Sababi, u singari mega yulduzlar har kuni ham futbolga kirib kelavermaydi.

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 14:24, 12.12.2020.
O'qildi: 11005 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.