Kirish Ro'yxatdan o'tish
21/11 18:00 Paxtakor 0-2 OKMK
22/11 16:00 Neftchi - Nasaf
22/11 18:15 Qizilqum - Navbahor
23/11 01:00 Xetafe - Valyadolid
23/11 15:00 Olimpik - Bunyodkor
23/11 17:15 Andijon - Dinamo
23/11 17:30 Lester - Chelsi
23/11 18:00 Valensiya - Betis
23/11 19:00 Verona - Inter
23/11 20:00 Bornmut - Brayton
23/11 20:00 Arsenal - Nottingem Forest
23/11 20:00 Aston Villa - Kristal Pelas
23/11 20:00 Everton - Brentford
23/11 20:00 Fulhem - Vulverhempton
23/11 20:15 Atletiko - Alaves
23/11 22:00 Milan - Yuventus
23/11 22:30 Manchester Siti - Tottenhem
23/11 22:30 Las-Palmas - Malyorka
23/11 22:30 Jirona - Espanyol

Erdog‘andan qo‘ng‘iroq va boshqa tafsilotlar. Hakam tomonidan «negr» deb atalgan Vebo hammasini aytib berdi

Erdog‘andan qo‘ng‘iroq va boshqa tafsilotlar. Hakam tomonidan «negr» deb atalgan Vebo hammasini aytib berdi

Baho:
+ | -

Stadion.uz Yevropa Chempionlar ligasi uchrashuvi chog‘ida zaxiradagi hakam tomonidan «negr» deb atalgan futbolchi - Pyer Vebo «Daily Mail» nashri uchun kattagina intervyu berdi. Stadion.uz esa, ushbu intervyuning eng muhim qismlarini e’tiboringizga havola etadi.

PSJ va «Istanbul» jamoalari o‘rtasidagi bahsning ilk daqiqalarida, Vebo o‘zini biroz agressiv tutdi. Buni payqagan uchrashuvdagi 4-hakam darrov asosiy hakamga buni yetkazdi. Vaziyatni hal qilish uchun zaxira o‘rindiqlari oldiga yetib kelgan bosh hakam qaysi futbolchi qoidani buzgani bilan qiziqdi. 4-hakam Sebastan Kolsesku esa, mana bu «negr» deb Veboni ko‘rsatadi. Rumin tilida so‘zlashgan bo‘lishsada, «qora» so‘zini Vebo eshitib qoladi va darrov janjalni boshlaydi.

Qiyin ahvolga tushib qolgani haqida

Bilasizmi, ruminiyalik hakam «qaysi futbolchi» deb berilgan savolga «huv ana o‘rtada o‘tirgani » deb javob berishi mumkin edi. Shu bilan hech qanday muammo bo‘lmagan bo‘lar edi. Bu juda oddiy narsaku. Menimcha, unga irqchilik qilish nisbatan osonroq shekilli. Afsuski, bu so‘zni uchrashuvni boshqarib borayotgan hakamlardan biridan eshitish juda alamli bo‘ldi. To‘g‘risi, shok holatiga tushib qoldim. Aynan irqchilikka qarshi kurash olib borishi shart bo‘lgan UYEFA hakami meni «qora» deb atagani sababli shok holatiga tushib qoldim. YCHL bu juda yuqori darajadagi musobaqa. Bu yerda, aynan shunday darajadagi futbol hakamlari bo‘lishi kerak deb hisoblayman.

Futbolchilar tomonidan qo‘llab-quvvatlanish haqida

To‘g‘risi, vaziyatni tomosha qilishga yuragim chidamadi. Kiyinish xonasiga ravona bo‘ldim. Ortimdan Rafael kirib keldi va o‘yinni yakunlashgani haqida aytdi. To‘g‘risi, uning so‘zlariga tushunganim yo‘q. Keyin ko‘p o‘tmay barcha futbolchilar kiyinish xonasiga yetib keldi. Ular mening qanday ahvolda ekanim bilan qiziqishdi. To‘g‘risi, g‘alati ahvolga tushib qolgan edim. Nima deyishni ham bilmayman. Hech kim bilan gaplashgim yo‘q edi. Darrov bir burchakka borib o‘tirdim. Juda ham asabiylashayotgan edim. Shu bois, hech kim bilan gaplashgim kelmadi. Shu payt «Istanbul» jamoasi prezidenti qo‘ng‘iroq qildi. Keyin 19 yoshli o‘g‘lim qo‘ng‘iroq qildi. Hatto, Turkiya prezidenti ham qo‘ng‘iroq qilib ahvolim bilan qiziqdi. To‘g‘risi, bu juda og‘ir hafta bo‘ldi. Seshanba kunidan boshlab uyqu dori ichib o‘ringa yotadigan bo‘ldim. Ochig‘i, o‘g‘lim bo‘lib o‘tgan voqeadan juda ta’sirlandi. O‘yindan so‘ng, o‘g‘lim bilan ko‘rishdim. U juda ezilgani ko‘zlaridan ma’lum edi. To‘g‘risi, uning kayfiyatini ko‘tarishga urindim.

PSJ qanday yo‘l tutdi?

Neymar, Markinyos va Leanardo meni chaqirishdi. Oldilariga chiqdim. Ular bilan koridorda suhbat qurdik. Barchasi uchun uzr so‘rashdi va bunday vaziyatda ular ham to‘p surishdan bosh tortishgani haqida aytishdi. To‘g‘risi, o‘sha paytdagina bu qanday katta masshtabdagi ish ekanligini anglab yetdim. Keyin, birin-ketin PSJning barcha futbolchisi chiqib keldi va ahvolim bilan qiziqdi. Shu o‘rinda, Parij klubi futbolchilarning ilq qarshi olishganlari uchun o‘z minnatdorchiligimni bildirib o‘tmoqchiman. Ular bilan faxrlanaman.

UYEFAning qarori haqida

Menimcha, UYEFA o‘z hakamlariga maxsus kurslar tashkil etishi lozim. Aynan shunday irqchilik kayfiyatiga to‘liq chek berish uchun hakamlarga alohida darslar o‘tish lozim. Vaholanki, har bir hakamning formasida "Respect« so‘zi tushirilgan. »Hurmat" yozuvi tushirilgan tasmani bog‘lash boshqa, unga rioya qilish boshqa. Tan olish lozim, ayni damda futbolda irqchilik ancha kamaygan. Bundan 15 yil ilgari bu muammo hech kimni qiziqtirmas edi. Shunday bo‘lsada, yana nimadir ish qilish lozim. Toki, men va oilam tushib qolgan ahvol qayta takrorlanmasin. Futbol bu buyuk narsa! U xalqlarni birlashtiradi. UYEFA nima qilish lozimligini juda yaxshi biladi. O‘ylaymanki, bu vaziyatdan ular to‘g‘ri qaror chiqarishadi.

Futbolchilarning bundagi roli haqida

Men avvallari ham bunday vaziyatlarga ko‘p duch kelganman. Ayniqsa, Ispaniyada to‘p surgan chog‘larimda. Bundan 13 yil ilgari u yerda bunday so‘zlardan so‘ng futbol uchrashuvi to‘xtatilmas edi. Hozir esa, futbolchilar bu muammo sababli birlashmoqda. Ular bir kuch bo‘lib harakat qilmoqda. Bu esa, irqchilikka qarshi kurashda g‘alaba qozonishdagi eng muhim omil sanaladi. Futbolchilarning huquqini himoya qiluvchi organlar ham bu borada olib borgan ishlari o‘z nafini bermoqda. Menimcha, UYEFA va FIFA ham futbolchilar bilan maslahatlashgan xolda qaror qabul qilishlari lozim. Aks xolda, futbolchilarsiz ular hech kim. Faqat maslahatchilarning fikri bilan ish ko‘rmaslik lozim. Bu biznesdagi eng muhim omil - futbolchilar sanaladi. Men harakat qilishdan to‘xtab qolmoqchi emasman. Yer yuzidagi barcha irqchi emasligini bilaman. Men barcha din va irq egalarini hurmat qilaman.

Manba: Daily Mail
Kiritildi: 21:10, 12.12.2020.
O'qildi: 9261 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.