Londonning "Chelsi" klubi sobiq darvozaboni Petr Chex YECHLning 1/8 final bosqichi uchun bo‘lib o‘tgan qur’a haqidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
"Juda qiyin qur’a, sababi, "Atletiko" YECHL va yevrokuboklarda katta tajribaga ega. "Atletiko" - har doim qiyin raqib bo‘lgan. Ular joriy mavsum Ispaniya chempionatida yaxshi ishtirok etishmoqda. Biz o‘tgan mavsum "Atletiko" bilan o‘ynadik, lekin ularga qarshi o‘yindagi qayd etilgan natija biz xohlagandek bo‘lmagan", - Chexning so‘zlaridan iqtibos keltirmoqla UYEFA rasmiy sayti.