Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/12 01:00 Man. Yunayted 1-1 Vest Xem
06/12 01:00 Real Ovyedo - Malyorka
06/12 17:30 Aston Villa - Arsenal
06/12 18:00 Vilyarreal - Xetafe
06/12 19:00 Sassuolo - Fiorentina
06/12 20:00 Everton - Nottingem Forest
06/12 20:00 Manchester Siti - Sanderlend
06/12 20:00 Nyukasl - Byornli
06/12 20:00 Tottenhem - Brentford
06/12 20:00 Bornmut - Chelsi
06/12 20:15 Alaves - Real Sosyedad
06/12 22:00 Inter - Komo
06/12 22:30 Lids - Liverpul
06/12 22:30 Betis - Barselona
07/12 00:45 Verona - Atalanta
07/12 01:00 Atletik Bilbao - Atletiko
07/12 16:30 Cremonese - Lechche
07/12 18:00 Elche - Jirona
07/12 19:00 Brayton - Vest Xem
07/12 19:00 Kalyari - Roma
07/12 20:15 Valensiya - Sevilya
07/12 21:30 Fulhem - Kristal Pelas
07/12 22:00 Lasio - Bolonya
07/12 22:30 Espanyol - Rayo Valyekano

"Navbahor" Babayanni bosh murabbiy etib tayinlanmaganiga sha’ma qildi

"Navbahor" Babayanni bosh murabbiy etib tayinlanmaganiga sha’ma qildi

Baho:
+ | -

So‘nggi kunlarda ijtimoiy tarmoqlarda “Navbahor”ga oid turli xabarlar chop etilmoqda. Go‘yoki, ko‘plab saytlar, shuningdek, blogerlar tomonidan ochilgan futbolga oid turli telegram kanallar jamoamiz borasida turli ma’lumotlar berish bilan kimo‘zarga piar uyushtirishda poyga o‘ynayotganga o‘xshashmoqda.

Albatta, “Navbahor” nafaqat yurtimiz,balki, Osiyo qit’asi va MDH mamlakatlarida o‘z nomiga, obro‘siga ega jamoa sanaladi.

Shuningdek, “Navbahor” milliy chempionatlarimizning muntazam ikki ishtirokchisidan biri (“Paxtakor” bilan birgalikda), bundan tashqari, bir marta O‘zbekiston chempioni (1996 yili), to‘qqiz karra bronza medali sovrindori (1993, 1994,1995, 1997, 1998, 1999, 2003-2004, 2018 yillarda), uch karra O‘zbekiston kubogi sohibi (1992, 1995, 1998 yillarda ), bir marta Superkubok sohibi (1999 yili) sanaladi.

O‘z o‘rnida ta’kidlash joizki, yurtimiz mustaqillikka erishganidan so‘ng, ilk O‘zbekiston kubogi hamda Superkubogining dastlabki sohibi ham “Navbahor” sanaladi.

“Navbahor”ning ashaddiy va fidoyi muxlislari borasida ham to‘xtalmaslikning iloji yo‘q. So‘nggi mavsumlarda eng ko‘p muxlis to‘plash borasida jamoamiz yetakchilikni qo‘ldan boy bermay kelayotganligi ham buning isbotidir.

Shu bois bo‘lsa kerak, ko‘plab klublarning rahbarlari hamda murabbiylari “Navbahor” muxlislariga havas qilishadi.

Albatta, shunday yutuq va sovrinlarga ega hamda ko‘p minglab ishqibozlari bo‘lgan jamoa haqidagi har qanday shov-shuvli xabar yoki yangiliklar ko‘pchilikni qiziqtirishi tabiiy. Bundan esa ko‘plab sayt ijodkorlari va blogerlar samarali tarzda foydalanib qolishga harakat qilishadi.

Biroq “Navbahor” PFK rahbariyati shuni ma’lum qiladiki, klub nafaqat bir nafar, balki ko‘plab taniqli murabbiy hamda futbolchilar bilan muzokara olib borayotgan bo‘lishi mumkin. Ammo o‘sha mutaxassis yoki o‘yinchi bilan yakuniy kelishuvga erishib, ular shartnomaga imzo chekishmagunicha, ular “Navbahor” a’zosi sanalishmaydi.

Ta’kidlash joizki, klubimizga oid turli shov-shuvli xabar va yangiliklar “Navbahor”ning zarariga ishlamoqda. Masalan, klub rahbariyati biror futbolchi bilan muzokara olib borayotganligini bilib qolgan biror sayt ijodkori yoxud bloger o‘z obunachilarini ko‘paytirish, operativ ma’lumot berish maqsadida, o‘z sayti yoki telegram kanalida bu haqda ma’lumot beradi.

Buning natijasida esa muzokara olib borilayotgan futbolchiga boshqa klublardan ham xaridorlar chiqib, bu uning transfer narxi oshib ketishi yoxud o‘sha o‘yinchida “Navbahor”dan boshqa jamoalarga o‘tish imkoniyatini hosil qilmoqda.

Piar orqasidan yuguradigan blogerlar shuni e’tiborga olishsa, yaxshi bo‘lardi.

Shuningdek, “Navbahor” muxlislaridan ham jamoamiz to‘g‘risidagi turli mish-mishlarga ishonmaslik, “Navbahor” borasidagi har qanday rasmiy xabar klubimizning rasmiy pfcnavbahor caytida e’lon qilinishini eslatib o‘tamiz.

“Navbahor” PFK matbuot xizmati.

Kiritildi: 14:19, 17.12.2020.
O'qildi: 5828 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.