Londonning "Tottenxem" ustozi Joze Mourinyo "Liverpul" bosh murabbiyi Yurgen Kloppning xatti-harakatlari yuzasidan qilgan shikoyatlarini izohlab berdi.
Eslatib o‘tamiz, "Enfild"dagi 2:1 hisobdagi mag‘lubiyatdan so‘ng, Mourinyo o‘zini Klopp kabi tutganida, albatta unga qizil kartochka ko‘rsatishlari borasida shikoyat qilgan edi.
"Tanaffusda biz o‘z o‘yinimizni yaxshilash uchun biroz moslashib oldik va bunga erishdik. Taktik o‘zgarishlar Jio Lo Chelsoga to‘pni yaxshiroq ushlab turish va qarshi hujum uchun ko‘proq joy topishda yordam berish uchun ishlab chiqilgan edi va biz buni darhol amalga oshirdik.
"Ammo uning sariq kartochkasi va Kloppni maydon chetida o‘zini tutishi orqali hakamlarga ajoyib bosim o‘tkazgandan so‘ng, men Jio ikkinchi sariq kartochkasini olishidan xavotirlandim.
"Jio aynan ularning zahira o‘rindig‘i yaqinida o‘ynadi va bu yerda o‘ta xavfli zonada edi. Shuning uchun men uning ikkinchi sariq kartochka olishidan qo‘rqdim va uni almashtirishga majbur bo‘ldim", - Mourinyoning so‘zlaridan iqtibos keltirmoqda Evening Standard.